Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish

Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish

Shu bois Oʻzbekistonda umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov batafsil ma’lumot berdi.  Ushbu hisobotdan ahamiyatga ega ayrim ma’lumotlarni keltiramiz:

 

Joriy yilning birinchi yarmida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 149 090 ta ish koʻrilib, ularning 89,4%i  boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar boʻyicha talablarning 88,1%i qanoatlantirildi.

Aynan  shu davrda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 40 008 nafar shaхsga nisbatan 30 198 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan, 66 ta ish boʻyicha 88 nafar shaхs oqlangan.

Yana bitta ijobiy koʻrsatkich: yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 6 993 nafar shaхs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.
Shuningdek, jinoiy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan yetkazilgan 290 mlrd. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini iхtiyoriy ravishda qoplagan 3 406 nafar shaхsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.

Bundan tashqari, sudlar tomonidan 223 793 nafar shaхsga nisbatan 189 344 ta ma’muriy ish koʻrib chiqildi. Iqtisodiy sudlar tomonidan 186 837 ta ish koʻrilib, ularning 97,9%i boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarildi. Mazkur qarorlar boʻyicha talablarning 93,6%i qanoatlantirildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida 13 899 ta shikoyat koʻrib chiqilib, ularga asosan 370 ta sud qarori oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan.

Ushbu muddat mobaynida sudlar tomonidan 128 274 ta sayyor sud majlislari oʻtkazildi va bu jarayonlarda jamiyatimizning keng qatlamlari ishtirok etdi.

 

 

Ma’ruf USMANOV.

Savollarga javoblar
Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish

manba:norma.uz