Stocklar qanday ishlaydi?

Stocklar qanday ishlaydi?

Stocklar qanday ishlaydi?

Stocklar qanday ishlaydi?

va dasturchi sifatida nimalarni bilishim kerak?

Har qanday IPO bo’lgan kompaniyaning stock exchange bozorida stocklari sotuvda bo’ladi. Deylik Uzum IPO qilishga qaror qildi va bozor uni $1000 deb baxoladi. Uzum boshliqlari har bir stockning narxi $10 bo’lishini xoxlashdi va bozorda 100ta «uzum» paydo bo’ldi. Uni siz ham men ham sotib olsak bo’ladi. Talab va taklifga qarab uzumning narxi ko’tariladi yoki tushadi.

Masalan, siz:

a) $100ga 10ta uzum sotib olsangiz, siz Uzumning 10%ga ega xisoblanasiz

b) $500ga 50ta uzum sotib olsangiz, siz Uzumning 50%ga ega bo’lasiz va Uzumning boshqaruvida rol o’ynaysiz (board of directors)

c) yoki, Elon Musk Twitterni sotib olgani kabi siz ham $1000ga Uzumni tag-pagi bilan sotib olib xoxlagan ishingizni qilasiz

Deylik siz Uzumga dasturchi sifatida ish taklifi oldingiz va $20 oylikga kelishdingiz. Ammo, Uzum sizning yarim oyligingizni uzum stocklari bilan to’lashni taklif qildi. Aniqrog’i, Uzum sizga har oy $10 va 1ta uzum beradi. Deylik, Uzumni kelajagiga ishongan xolda rozi bo’ldingiz. Bir yildan keyingi ehtimollar:

1. Uzum narxi 2x ko’tarildi, sizda $120 naqd pul va 12ta uzum ($240)

— exx, hamma oyligimga uzum so’rasam bo’larkan

2. Uzum narxi o’sha-o’sha, sizda $120 naqd pul va 12ta uzum ($120)

— pfff, ali-vali

3. Uzum narxi 2x tushib ketdi, sizda $120 naqd pul va 12ta uzum ($60)

— exx, hamma oyligimni naqd pulda olsam bo’larkan

O’zbeklar orasidan borgan sari ko’proq dasturchilar FAANGga kirishyapti va taabiyki stock masalasiga duch kelishyapti. Bu haqida ozgina tushuncha berishni o’rinli deb bildim. Savollaringiz bo’lsa, kommentariyada yozib qoldiring 🙂

P.s. Bu mavzuning mustasno (nuance) joylari ko’p, lekin tepada yozilgan gaplar umumiy xolatda to’g’ri.

Manba:

Moliya, Savdo
Stocklar qanday ishlaydi?

Оставьте комментарий