SPERMATOGENEZ

SPERMATOGENEZ

SPERMATOGENEZ (sperma va … genez) — hayvonlarda va koʻpchilik oʻsimliklarda dastlabki diploid jinsiy hujayralarni ixtisoslashgan erkaklik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi. Rivojlanayotgan jinsiy qujayralar oʻzaro sinsitial bogʻlangan. Spermatogenez koʻpayish, oʻsish, yetilish va spermatozoidlar shakllanishi davrlaridan iborat. Koʻpayish davrida diploid hujayralar — spermatogoniyalar bir necha marta mitoz boʻlinadi va oxirgi interfazada DNK replikatsiyalanadi. 2davrda ular oʻsib, 1tartib spermatotsitlarga aylanadi. 3davrda 2-marta boʻlinib yetilish, yaʼni meyoz sodir boʻladi. 1boʻlinishda har bir spermatotsitdan 2 tadan 2tartib spermatotsitlar; 2boʻlinishda 4 ta bir xil kattalikdagi spermatidlar hosil boʻladi; xromosomalar soni 2 baravar kamayadi. Spermatidlar Spermatogenezning 4davriga oʻtib, spermatozoidlarga aylanadi. Bu davrda ularning akrosomasi, xivchini va qoʻshimcha yadrosi hosil boʻladi; sitoplazmaning koʻp qismi ribosomalar, Golji kompleksi va endoplazmatik toʻr bilan birga chiqib ketadi. Spermatidlar ichidagi bunday oʻzgarishlar telokinetik harakatlanish deyiladi. Spermatogenez 3 kundan (boʻshliqichlilarda) 20 kungacha (odamda) davom etadi. Spermatogenez koʻpchilik hayvonlarda urugʻ yoʻlida, germafrodit hayvonlarda esa germafrodit gonadada, gʻovaktanlilarda mezogleyda roʻy beradi. Oʻsimliklarda spermatozoidlar anteridiyalarda hosil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
SPERMATOGENEZ