SOFIYA haqida to’liq ma’lumot oling

SOFIYA haqida to’liq ma’lumot oling

SOFIYABolgariya poytaxti. Sofiya soyligining jan. chekkasida, Vitosha togʻi etaklarida, 530—650 m balandlikda joylashgan. Sofiya viloyatining maʼmuriy markazi. Bankya, NoviIskir va b. shaharlar bilan aloxida maʼmuriy birlik — Katta Sofiyani tashkil etadi. Aholisi 1,09 mln. kishi (2001). Iqlimi moʻtadil kontinental iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2°, iyulniki 20°, yillik yogʻin 600—650 mm. Shaharning sharqiy chekkasidan Iskir daryosi oqib oʻtadi, shahar atroflarida mineral buloklar bor. S. Gʻarbiy va Markaziy Yevropa davlatlarini Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlab turuvchi vodiylar orqali oʻtgan qad. yoʻllar ustida joylashgan transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.

Shaharga Serdika nomi bilan mil. av. 1-a. da asos solingan va Rim, keyinroq Vizantiyaga qarashli Bolqon yerlarining muhim maʼmuriy markazi va savdo punkta boʻlgan. 809-y. da Sredes nomi bilan Birinchi bolgar qirolligi (681—1018) tarkibiga kirdi. 1018—1194-y. larda Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. 14-a. oxiridan Sofiya deb (Ayo Sofiya cherkovi nomidan) atalib kelinmoqda. 1382-y. da Sofiyani turklar bosib oldi va Rumayla beklarbekligining qarorgohiga aylantirildi. 16—18-a. larda S. Bolqon ya. o. ning Istanbuddan keyin 2oʻrindagi yirik hunarmandchilik va madaniy markazi boʻlgan. 1877—78 y. larda rus qoʻshinlari Sofiyani turklardan ozod qildi. 1879-y. dan Bolgariya poytaxti.

S — mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/6 qismi Sofiyaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlikning turli sohalari, xususan, elektrotexnika va radioelektronika, stanoksozlik va priborsozlik, koʻtarmatransport jihozlari ishlab chiqarish., rangli va qora metallurgiya, kimyo, rezina, sellyulozaqogʻoz, poligrafiya, oziqovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Bolgariya FA, un-t, intlar, geogr. jamiyati, konservatoriya, badiiy galereya, arxeologiya, etnografiya va b. muzeylar, teatrlar bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ayo Sofiya cherkovi (5—6-a. lar), Aleksandr Nevskiy maqbarahaykali (1904—12) va b. saqlangan.

Malumotlar
SOFIYA