SMIT
SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford un-tlarida oʻqigan. Glazgo untida prof. (1751—63). 1778-y. da Edinburgda bojxona komissari, 1787-y. da Glazgo un-ti rektori. 1759-y. da bosilib chiqqan «Axloqiy hissiyotlar nazariyasi» kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-y. da eng asosiy iqtisodiy asari «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot» nashr etiddi. Asar 5 kitobdan iborat. Asardaoʻshadavrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iktisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. Smit fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaatini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, «koʻrinmas qoʻl» uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. «Koʻrinmas qoʻl» — bu obyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. Smit foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. S qarashlarida kapitalistam jamiyat tabiiy tuzum; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i. ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromad (foyda, ish haqi, renta) ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. Smit qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i. ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi.
Ensiklopediya.uz
SMIT