SIVAS
SIVAS — Turkiyaning markaziy qismidagi shahar. Sivas elining maʼmuriy markazi. Aholisi 250,3 ming kishi (2000). Q. x. (donli ekinlar, chorvachilik) r-nining savdo markazi. Vagonsozlik, sement, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. un-t bor. S. ning qad. nomlari Kabira, Diaspolis, Sebastiya. 4-a. oxirlaridan — 11-a. ning 2-yarmigacha Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11 — 14-a. larda Saljuqiylar, xususan, 12-a. oxiri —14-a. boshlarida Koʻniya sultonligi qoʻl ostida boʻlgan. 14-a. dan Usmonli turk saltanati tarkibida.
Ensiklopediya.uz
SIVAS