Sistit jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

Sistit jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

Sistit jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Sistit infeksion xastalik emas. U jinsiy yaqinlik vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqmaydi. Ayrim holatlarda  jinsiy aloqadan keyin kasallikning xuruj qilishi nozik a’zolar mikroflorasining buzulishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni jinsiy a’zoda rivojlangan bakteriyalar aloqa vaqtida siydik yo‘liga, tushib sistit kasalligini keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari ayol immun tizimining sustligi, siydik yo‘llarining shamollashi, shaxsiy gigiyenaga amal qilmaslik ham sistitga olib kelishi mumkin. O‘zbilarmonlik bilan turli dori vositalarini qabul qilish yoki oxirigacha davolanmaslik kasallikning qaytalash ehtimolini oshiradi.

 

Sistit kasalligi belgilari

Surunkali sistit simptomlarsiz yoki qovuqni ta’sirlovchi turli simptomlar bilan kechishi mumkin. Bemorlarda ko‘pincha tez-tez siyish, diuriya va nikturiya kuzatiladi. Siydikning havo aralash chiqishi ichak-qovuq oqmasi yoki gaz hosil qiluvchi infeksiya borligi xaqida o‘ylashga undaydi. Fizikal tekshirganda ko‘p hollarda kasallik belgilari kuzatilmaydi.

Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish mumkinmi?

Sistit bilan og‘rigan ayollarni kasallik vaqtida turmush o‘rtog‘imga ham yuqishi mumkinmi degan savol o‘ylantiradi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, erkaklar kamdan kam holatlarda  sistitga chalinishadi. Bunga esa asosan surunkali prostatit xastaligining zo‘rayishi sabab bo‘ladi.

Kasallik vaqtida jinsiy aloqada bo‘lish tavsiya etilmaydi.  Bunday yaqinlikdan keyin siydik qopiga tushayotgan bosim kuchayadi va bemorning holati yomonlashishi kuzatiladi. Hatto davolanishning eng so‘nggi bosqichlarida ham kasallik qaytalashi kuzatilgan.

Sistitni davolash usullari

Surunkali sistitga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash darkor. Davolashning eng muhim jihatlaridan biri, kasallik sabablarini aniqlash va kasallikka olib keluvchi omillarni muvofiq ravishda bartaraf etishdir. Sistitni davolash uzoq vaqt talab qiladi. Avvalo, peshob tahlilidan so‘ng mikroblarga qarshi terapiya tavsiya etiladi. Fizioterapiya muolajalarini olish lozim bo‘ladi. Lazer ham juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Chunki peshob pufagi shilliq qavatiga o‘zini tiklashida yordam beradi. Uchinchidan, ko‘pincha peshob pufagiga gialuron kislotasi kiritish yaxshi natija beradi. U peshob pufagi shilliq qavati qoplab, yallig‘lanishning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi va himoyalaydi. Bundan tashqari, davolash kursini o‘tagandan keyin ayol o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lsa, uni qayta qo‘zg‘atuvchi stresslarga yo‘l qo‘ymasa, bakteriyalarning oldini olish uchun doimiy ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib borsa, kasallik xuruji ancha kamayadi, butunlay tuzalib ketish ehtimoli ham yuqori.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Issiq kunlarda yuz terisi parvarishi

Sistitni xalq tabobati usullari orqali davolash

  • Petrushkaning bir choy qoshiq urug‘iga 1 stakan qaynatib sovitilgan suv qo‘shiladi va salqin joyga 10 soatga bostirib qo‘yiladi. Darmondori tayyor bo‘lgach, har 2 soatda bir osh qoshiqdan qabul qilinadi.
  • Uy sharoitida sholg‘om sharbatini iste’mol qilish juda yaxshi samara beradi. Uni 5 daqiqa past olovda qaynatib va sovitib, 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, peshob yo‘lini tozalaydi va shamollashni oladi.
  • Malinaning qizil mevalari asal bilan qaynatib iste’mol qilinsa, sistitdan xalos bo‘lish osonlashadi.
  • Qora turp sharbatini teng miqdorda asal bilan aralashtirib, ovqatdan 30 daqiqa keyin 1 osh qoshiqdan ichilsa, peshob yo‘llaridagi shamollash bartaraf etiladi. Davolanish kursi 3 hafta.
  • Uy sharoitida sistitni davolash uchun smorodina yaxshi natija beradi. Sistit bilan og‘riganda mazkur mevani ko‘p miqdorda yeyish va undan tayyorlangan kompot yoki sharbatni iste’mol qilib turish juda foydali.
  • Dala qirqbo‘g‘ini sistitni davolovchi eng yaxshi dorivor o‘simliklardan biridir. Quritilgan qirqbo‘g‘in kukunidan 2 osh qoshiq olinib, sirli idishga solinadi va ustidan 0,5 litr sovuq suv quyiladi. So‘ng past olovda 15 daqiqa qaynatiladi. Tayyor qaynatmani sovitib, sizdirish va kun davomida ichib yurish tavsiya etiladi.

Sistitni oldini olish uchun foydali tavsiyalar

  1. Sovuq joyda o‘tirish mumkin emas. Ob-havoga mos kiyining.
  2. Achchiq, marinadlangan, dudlangan, qovurilgan mahsulotlar va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish yaramaydi.
  3. Ko‘proq suyuqlik iching. Peshob pufagi yaxshi “ishlashi” uchun kuniga 2 litr suv iching.
  4. Uzoq vaqt o‘tirmang. Agar o‘tirib ishlashga majbur bo‘lsangiz, har 30 daqiqada o‘rningizdan turib, biroz mashq qiling.
  5. Peshobni uzoq muddat majburan tutib turish mumkin emas. Shuningdek, sistitning oldini olish uchun ich qotishiga ham yo‘l qo‘ymang.

Diqqat! Sistitni albatta shifokor bilan birga davolash kerak. To‘liq davolanilmagan sistit buyraklar xastaliklariga sabab bo‘ladi.

Peshob pufagini mustahkamlash uchun mashqlar

  1. Polga o‘tirib, tizzalarni buking va ularni qo‘llaringiz bilan ushlab, gavdangizni orqaga-oldingi tarzida bir yotib, bir turib mashq qiling.
  2. Tizzalab o‘tiring. Qo‘llaringizni boshingizning orqa qismiga qo‘yib, avval oyoqlaringizga nisbatan o‘ng tomonga, keyin chap tomonga galma-galdan o‘tiring. Elkangizni to‘g‘ri tutishga harakat qiling.
  3. Yonboshlab yoting. Qo‘llaringiz tanangizning ikki chetida tursin. Endi tizzalaringizni bukib, ko‘krak tomonga ko‘taring. So‘ng yana to‘g‘ri yotib, yana mashqni takrorlang.
  4. Chalqanchasiga yotgancha qo‘llaringizni to‘g‘ri qo‘ying. Endi tanangizning tos sohasini ko‘taring va shu holda biroz turing. So‘ng uchgacha sanab, sekin avvalgi holatingizga qayting.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Progesteron — homiladorlik gormoni

Homiladorlikda sistit qanday kechadi?

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, homilador ayollarning 10-50 foizi sistit kasalligi bilan og‘riydi. Uning o‘ziga yarasha sabablari ko‘p, albatta. Birinchidan, bu ayollarning tashqi peshob ajratuvchi kanalining o‘ziga xosligi (kalta va keng) bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, homiladorlik davrida ayol immunitetining pasayishi (homilani saqlash maqsadida homilador ayol immuniteti birmuncha pasayadi) sabab bo‘ladi. Uchinchidan, bu davrda organizmdagi gormonal o‘zgarishlar ham asosiy omillardan biri bo‘lib sanaladi.

Sistit bilan og‘rigan ayol tez va og‘riqli peshob ajratishidan, og‘riqlar peshob ajratishning so‘nggida kuchayishidan shikoyat qiladi. Bundan tashqari, bemorlarda peshob ajratishga yolg‘on chaqiriqlar bo‘ladi. Homilador ayollarda me’yor vaqtida ham bunday holat kuzatilishi mumkin. Bu homila hisobiga kattalashayotgan bachadonning siydik qopini bosishi bilan bog‘liq. Ammo bu holatda peshob ajralishidan so‘ng og‘riq bo‘lmaydi.

O‘tkir sistitda, shuningdek, tana haroratining oshishi, qorin sohasida og‘riq bezovta qiladi. Surunkali sistitda esa yuqoridagi belgilar kamroq yuzaga chiqadi. Bunda ayolning siydigi biroz xiralashgan, ba’zan esa yiring yoki qon aralashgan kelishi mumkin.

Sistit jinsiy yo‘l bilan yuqadimi?