SIMVOLIZM haqida to’liq ma’lumot oling

SIMVOLIZM haqida to’liq ma’lumot oling

SIMVOLIZM (yun. symbolon — belgi, ramz, timsol) — 19-a. oxiri — 20a. boshlarida dastlab Fransiyada, keyin Yevropaning boshqa mamlakatlarida paydo boʻlgan adabiy oqim. «Simvolizm» yangi sheʼriy yoʻnalishni ifodalovchi termin sifatida ilk bor J. Moreasning «Kantilyonalar» (1886) kitobi soʻz boshisida qoʻllangan va u yozgan «Simvolizm manifesti» (1886)da asoslab berilgan. Simvolizmning yuzaga kelishi Parij Kommunasi tugatilgandan keyin fransuz voqeligida vujudga kelgan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bogʻliq. Shu davrda voqelikni inʼikos ettirish realistik tamoyillarining fransuz adabiyotidagi parnaschilar va naturalistlar oqimi tomonidan qadrsizlanishi va rad etilishi Simvolizmning paydo boʻlishiga zamin hozirladi. Moreas oʻz manifestida naturalizmni faqat inkor etuvchi oqim sifatida taʼriflagan va Simvolizmning naturalizmni siqib chiqarish maqsadida yuzaga kelganini aytgan. Uning fikriga koʻra, «pandnasihat berish, deklamatsiya, soxta hissiyot, mukammal tasvir» S. ga yot hodisalardir. U S. ning dastlabki namoyandalari sifatida U. Shekspir, oʻrta asrlardagi mistiklar, fransuz adabiyotida esa eng avvalo Sh. Bodler nomini tilga olgan. Simvolizm estetikasining asosiy aqidalari 60—70y. lar soʻngida P. Verlen, A. Rembo, S. Mallarme ijodida shakllangan hamda P. Valeri, M. Meterlink, A. de Renye va b. shoirlar ijodida oʻz ifodasini topgan. Fransuz simvolistlari davrasi 80y. larningoʻrtalaridan Mallarmening oʻlimi (1898)ga qadar davom etib, soʻng parchalanib ketgan. Ammo ularning estetik aqidalari Fransiyada davom ettirilibgina qolmay, qoʻshni mamlakatlarga ham yoyilgan.

Simvolizmning ildizlari romantizm bilan birga nemis idealistik falsafasi namoyandalari A. Shopengauer va E. Gartman asarlariga hamda F. Nisshe gʻoyalaridan mutaassir boʻlgan E. Po va R. Vagner ijodlariga borib takaladi. Simvolizm naturalistlarning hujjatparastlik va ijtimoiyfiziologik aqidalariga, shuningdek, realistlarning ijtimoiy-tarixiy aniklik haqidagi talablariga qarshi oʻlaroq ideal—chin dunyoni botiniy bir tarzda yaratayotgan, shuning uchun ham moddiy dunyo qonunlari bilan cheklanmagan poetik tasavvurning erkinligi uchun kurash olib bordi. Simvolizm «gʻayrinaturalizm» sifatida moddiy va ijtimoiy «muhit»ning naturalistik nazariyasidan erkirodaning hurligi gʻoyasini qatiy turib himoya qildi.

Simvolistlarning fikrlariga koʻra, kundalik turmushda uchrovchi narsalar zamirida faqat sanʼat, eng avvalo musiqa, shuningdek, nutqning musiqiy vositalaridan foydalanuvchi sheʼriyatgina ilgʻab olishi mumkin bulgan sirGʻoya mavjud; sheʼriyatning eng muhim xususiyati ana shu sirni sezishdir; sheʼriyat dunyoni bilishning eng oliy shakli sifatida dinga yaqinlashib boradi, binobarin, ijodkor (shoir) ilohiy kuch sohibidir. Simvolistlar sheʼriyatning asosiy vazifalaridan birini goʻzallik gʻoyasini topish va inʼikos ettirishda hamda bu gʻoya orqali ezgulikni tarannum etishda kurdilar. Simvolistlar nazdida, Bodlerning «Muvofiqlik» soneti (1855) da Platonga borib takaluvchi gʻoya ifodalangan bulib, bu goyaga kura, xid, rang va tovush (ohang) birbiri opkali ifodalanishi mumkin. Shoir Bodlerning fikriga kura, cheksizchegarasiz qiyoslar olamida mavjud boʻlgan uxshatish, sifatlash, istioradan, xuddi shifr singari, foydalanuvchi tarjimondir. Simvolizmda belgi, ramz (simvol) — poetik obrazlilikning chuqqisi, gʻoyaning eng mukammal ifodasi sifatida namoyon buladi.

Simvolizmning mohiyatini ifodalovchi barcha shartlar S. Mallarme ijodida uzining tula ifodasini topgan. Simvolistlarning ruhiy olami qanday boʻlishidan qatʼi nazar (mas, Remboda xudosizlik, E. Verxarnda ijtimoiylik, P. Klodedda esa katolitsizm akddalariga moyillik kuchli boʻlgan), S. adabiyot va sanʼatdagi oqim sifatida dunyo va madaniyatning Platon va xristian taʼlimotlariga xos ramziy konsepsiyalari bilan chatishib ketadi.

Simvolizm jamiyat va madaniyat tarixidagi tanazzul davrining mahsuli boʻlishiga qaramay, uning eng yirik namoyandalari ijodida umuminsoniy qadriyatlar — jamiyatdagi inson ruhini sindirishga karatilgan jarayonlardan norozilik, ruhiy erkinlik, asriy madaniy kadriyatlarga ishonch va hurmat tuygʻulari mahorat bilan ifodalangan.

Simvolizm adabiymadaniy okim sifatida 20-a. ning 20y. lariga qadar davom etdi. Ammo ayrim shoir va yozuvchilar sobiq sovet jamiyatida roʻy bergan fojiali ijtimoiy-siyosiy voqealarni tasvirlashda Simvolizm erishgan tajriba va vositalardan foydalanib keldilar. Simvolizmning 30—60y. larda oʻzbek shoirlari ijodida koʻzga tashlangan ayrim unsurlari xuddi shu holat bilan bogʻliq.

Ad.: Izzat Sulton, Adabiyot nazariyasi, T., 1986.

Naim Karimov.

Malumotlar
SIMVOLIZM