SIANIDLAR

SIANIDLAR

SIANIDLARsianid kislota (HCN) tuzlari. Umumiy formulasi MeCN (bu yerda Me — 1 valentli metall). Koʻpchilik oddiy Sianidlar rangsiz. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning S. i suvda eriydi. Ogʻir metallarning S. i (simob sianiddan tashqari) suvda oz eriydi. Sianidlar oksidlanganda sianatlar hosil qiladi. Sianidlar oltin va kumushni rudalardan ajratib olishda, fotografiyada qoʻllanadi. Sianidlar juda zaharli.

Ensiklopediya.uz
SIANIDLAR