Shuhratparastlik, takabburlik
Shuhratparastlik, takabburlik
DO`STLARGA ULASHING:
Shuhratparastlik eng kuchli xohishdir. Meni bu xohishdan xalos etgin, qolganlaridan esa o‘zim qutulaman.
R.ShERIDANShuhratparastlik odamlarning eng tabiiy xususiyatidir, lekin ayni paytda odamlarni tabiiylikdan mahrum etuvchi ham shu shuhratparastlikdir.
L. VOVENARGHech qachon, hech bir sharoitda o‘zingga manmanlik va takabburlikni ixtiyor etma.
A. P. ChEXOVTakabburlik — jonsiz bir mato: Yuvsa kalta, qilmagin xato.
V. ShEKSPIRKo‘kka parvoz qilmoqchi bo‘lgan odam kechki soyaga o‘xshab, bir soat ichidayoq uzayib, o‘z egasidan ham kattalashib ketadi; go‘yo xiralashgan sari cho‘zilayotganga o‘xshaydida, bir daqiqadan so‘ng qarasang — yo‘q.
E. SENANKURKishiga aql qancha yetishmasa, unda shuncha takabburlik bor.
A. POPKim o‘zini hurmat qilolmasa — u baxtsiz, ammo kim o‘zidan ortiqcha mamnun bo‘lib ketsa, u tentak.
G. MOPASSANO‘ziga bino qo‘yish va man-manlik baxtsizlikdir, u kishini ahmoq qilib qo‘yadi.
K. LIBKNEXTAhmoqlik va takabburlik og‘aini.
P. BOMARShEShuhratparastlikka berilish azaldan donolarpi beaql qilib kelgan.
I. KANTAgar shuhratnarastlik kimnidir baxtga yetkazgan bo‘lsa, hoynahoy o‘sha odam tentak bo‘lsa kerak.
J. J. RUSSOShuhratparastlik buyuklikdan ko‘ra ko‘proq ojizlik belgisidir.
J. SVIFTShuhratparast o‘zi bilan o‘zi shu qadar bandki, uning ko‘ngliga zig‘ircha ham begona narsa sig‘maydi.
T. PENO‘zidan boshqani bilmaydiganlar mislsiz fazilatlar axtaradilar.
J. LABRUEREski mo‘yna shamoldan hurpayadi, beaql kalla esa — takabburlikdan.
M. KLLUDIUSDoimo dimog‘dor yurish o‘rtahollikning niqobi, xolos.
F. VOLTERG‘o‘dayish — gavdaning shunday bir sirli xususiyatiki, shu bilan aqlning kamligi pardalanadi.
F. LAROShFUKONuqsosht bor, ayniqsa ruhiy nuqsonli kishilar doimo o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar. Go‘yo saxiy tabiat kimni boshida aqldan qisgan bo‘lsa, o‘sha kamchilikni to‘ldirish uchun manmanlikni qo‘shimcha chora sifatida yuborayetganday.
I. GYoTEIzzattalablik — bu aqlning kemtikligidir.
U. DEVENANTBa’zi kishilarning ulug‘vorligi dimog‘dorlik, qat’iyligi rahmsizlik, aql-farosati firibgarlik bilan aralashib ketadi.
J. LABRUERIzzattalablik pastkash yurakni halol yurakka qaraganda tezroq alanga oldiradi: xashak g‘arami yoki kapa saroydan ko‘ra tezroq yonib tugaydi.
N. ShAMFORAhmoq odam hatto amalidan — ministrmi yoki bosh mirzolikdan tushsa ham o‘zining butun kibru havosi va bema’ni takabburligini tashlamaydi.
N. ShAMFORShuhratiarast odam o‘zi haqida yaxshi gapirib ham, yomon gapirib ham huzurlanadi; kamtar odam esa o‘zini sira gapirmay qo‘ya qoladi.
J. LABRUERShuhratparast odam hamisha pastkash bo‘ladi.
P. I. ChAYKOVSKIYShuhratnarastlik bizning dilimizda va o‘zimizga qarshi harakat qiluvchi dahshatli kuchdir.
V.GYuGOShuhratparastlik bizni aql bovar qilmas darajada xohishimizga qarshi harakat qilishga majbur etadi.
F. LAROShFUKOShuhratparastlik o‘zimiz loyiq bo‘lmagan shon-shuhratga bevaqt ega bo‘lishga urinishdan boshqa narsa emas.
A. SMITDono odam o‘zi qilgan ishning yaxshiligiga ishonish uchungina e’tirof etishlarini istaydi; shuhratparast esa maqtov talab etadi.
P. BUASTMaqtov har qancha ortiqcha bo‘lgan taqdirda ham maqtaluvchida har qanday maqtovlardan o‘zining yuqori turishi va o‘z fazilatlari bilangina maqtov chilarning og‘zini ochib qo‘ygani haqida bosh qotirib ko‘rishdek ustunlik bor.
B. FONTENELSayoz va bo‘sh odam o‘zining yo‘q fazilatlari haqida yaxshi gan eshitsa, shuhratparastligi tutib taltayib ketadi, maqtanib, o‘z ishi va o‘z shaxsiga nisbatan zig‘irdakkina tanqidiy qaray olish layoqatini ham yo‘qotib qo‘yadi.
D. I. PISAREVAhmoq odam — yana buning ustiga boshi aylanib qolsami…
J. GOLSUORSIO‘ziga bipo qo‘ygan odam jamiyat ko‘ksida qotib qolgan shishdir.
M. GORKIYTakabburlik o‘ziga mahliyo bo‘lib o‘zgalarga past nazar bilan qarashdan kelib chiqadi.
M. MONTENMansabsiz odam qarshisida osmondan kelib, mansabdorlar qarshisida sharmandalarcha yerga egilishimizning birdan-bir sababi takabburligimizdir.
J. LABRUERKo‘pchilik ichida o‘zini kalondimog‘ tutib kekkaygan odam, agar u hurmat qilishlarini istayotgan bo‘lsa, ayni shu istagiga zid natijaga erishadi.
J. LABRUERSoxta hurmat hech bir ish qilmay turib manmanlikka berilishning jazosidir.
N. ShAMFORHammaning e’tiboriga tushishga intilish — o‘sha odamning o‘ziga ziyon, chunki hech bir narsa yurakni kishilarga yoqaman, deb urinishdek barbod etmaydi.
M. GORKIYShuhratparastlik kishi boshiga tushadigan og‘ir kulfat-larning manbai.
J. J. RUSSO…Kimniki izzattalablik alvastisi rom etgan ekan, uni boshqarishga endi aqlning kuchi yetmaydi va u tengsiz kuch, imlagan tomonga qarab chopaveradi…
K. MARKSMechkay shuhratparastlik odamning ongini zaiflashtiradi va u o‘ziga yaqinlashib kelayotgan xatarni sezmaydi.
EZOPShuhratparast kishilar donolar nafrati-yu, tentaklar hayratini uyg‘otib, tekinxo‘rlar sig‘inadigan kimsaga va o‘z ehtiroslarining quliga aylanadilar.
F. BEKONIzzattalablik aralashgan joyda samimiyatga o‘rin yo‘q.
O. BALZAKMen haddan tashqari izzat-talablik bilan shubha-gumonni doimo birga ko‘rganman.
G. LIXTENBERGBizning izzattalabligimiz boshqalarga zarar yetkazmasligi — juda kam, to‘g‘rirog‘i, snra uchramaydigan hodisadir.
M. SERVANTESShuhratparastlik kishini mahmadona qilib qo‘yadi.
L. ShOPENGAUERO‘z fazilatlarini o‘zgalar huzurida osmonga ko‘tarish qanchalar kulgili bo‘lsa, holilikda ularga tan berish shu qadar donolikdir.
F. LAROShFUKOHalol odam hammaning izzatini qozonaman, deya yelib-yugurishi shart emas: izzatning o‘zi uning ixtiyorisiz, o‘z oyog‘i bilan kelsip.
N. ShAMFORziyouz.uz
Shuhratparastlik, takabburlik