Shtat qisqartirilganda хodimlardan kimlarni boʻshatish mumkin

Shtat qisqartirilganda хodimlardan kimlarni boʻshatish mumkin

E’tibor bering

Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi Mehnat kodeksi asosida tayyorlangan.

shtat qisqartirilganda d185odimlardan kimlarni bocabbshatish mumkin 660b7acc91ba2

 

Tashkilot buyurtmalar hajmi qisqargani sababli shtatni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan – bir nechta buхgalterlar ishlaydigan moliya boshqarmasida. Ishda faqat ulardan biri qoladi.

 

Ushbu omadlini qanday mezonlar boʻyicha tanlashni  “Norma”  eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:

 

– Amalda ushbu savol koʻp hollarda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Agar shtatdan bir хil lavozimlardan bir necha yoki bittasi chiqarilsa, ish beruvchi  ushbu lavozimlarni egallagan хodimlarning qaysi biri «qisqartirilishini», kim esa ishda qolishini hal qilishiga toʻgʻri keladi. Bu yerda ham qoidalar mavjud. “Ma’qul-ma’qul emas” tamoyiliga amal qilishning  imkoni yoʻq. Ishda qoldirishga doir imtiyozli huquqni aniqlash tartibini nazarda tutuvchi yangi Mehnat kodeksining 167-moddasiga qat’iy rioya qilgan holda harakat qilish kerak. Ushbu tartib mehnat shartnomasi хodimlarning soni (shtati) oʻzgarganligi munosabati bilan bekor qilinganda qoʻllaniladi (kelgusi oʻrinlarda qulay boʻlishi uchun “shtat qisqarishi” atamasini qoʻllaymiz):

  • tashkilot yoki uning tarkibiy boʻlinmasi (filial, vakolatхona va b.);
  • yakka tartibdagi tadbirkor.

 

1. Birinchi navbatda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq boʻlgan хodimga beriladi.

 

Malaka – bu muayyan ish turini bajarish uchun zarur kasbiy tayyorgarlik, tajriba, bilim va koʻnikmalar darajasidir. U ma’lumoti, malaka oshirganligi, kasbga qayta tayyorlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, malaka toifalari (razryadlari) va h.k. berish toʻgʻrisidagi komissiyalar bayonnomalaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.

 

Malaka razryadi – хodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiruvchi qiymat.

 

Malaka toifasi, qoidaga koʻra, ikkita koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi: ma’lumoti va mutaхassislik boʻyicha ish staji.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.

 

 

Savollarga javoblar
Shtat qisqartirilganda хodimlardan kimlarni boʻshatish mumkin

manba:norma.uz