Shoxrukxon hayoti va ijodi to’liq malumot oling

Shoxrukxon hayoti va ijodi to’liq malumot oling

Shahrukh Khan ingl. Shahrukh Khan(hindi. शाहरुख़ ख़ान, urdu: شاہ رخ خان, [ʃaːɦ.ɾʊx.xaːn], ingl. Shahrukh Khan (talaffuzi: Shohruh Xon) — hind kino aktori, produser, ssenarist, teleboshlovchi. Bollivud qiroli taxallusi bilan tanilgan.
Mundarija скрыть

Shohruh Xon 1965-yil 2-noyabrda advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Xon Peshovaralik boʻlib Nyu Dehliga koʻchib borgan edi. Shohrux Xon oʻrta maktabni tamomlab Dehli 1988-yili Dehlidagi Dehli universitetini iqtisodiyot yoʻnalishinida magistraturani tamomlanadi. Ammo qiziqishi tufayli aktorlik kasbini tanladi.. Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Bombayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktabr kuni, Shohrux xon Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor.

1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Crazy Love“ oʻzb. Telba muhabbat filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993 yilda u ikki salbiy rollari uchun — „Qoʻrquv ostida yashash“ va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi. 1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.

Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“oʻzb. O’g’irlanmagan kelin filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil edti. Keyinchalik eng yaxshi aktor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Xon“ filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23 martda qoʻlga kiritgan.

Shoxrukxon hayoti va ijodi

2007-yildan boshlab, Sh.Xon „Kim millioner boʻlishni istaydi ?“ televizion oʻyinini Amitabx Bachchandan keyin olib bordi.

2008 — yildan boshlab esa Kim 5-sinfdan aqliroq ? Hind versiyasini olib bordi.

2004-yildan 2010-yilga qadar Sh.Xon Karan Joharning Karan Johar qaxvaxonasida degan koʻrsatuvda olti marta qatnashdi.

2011-yil fevral oyidan boshlab, Sh.Xon teleshou Zor Ka Jhatka bu koʻrasatuv juda qiziqarli va turli xil voqealarni oʻziga jam qilgan haqiqiy tok-shou. Koʻrsatuvning asil nomi Wipeout

Amitabx Bachchan hayoti va ijodi

Biografiya
Shoxrukxon hayoti va ijodi

Оставьте комментарий