SHOLGʻOM haqida to’liq ma’lumot oling

SHOLGʻOM haqida to’liq ma’lumot oling

SHOLGʻOM — butguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot oʻsimligi. Sh. Oʻrta Osiyo, Misr, Gretsiya va Italiyada qadimdan ekiladi. Shuningdek, AQSH, Yaponiya, Hindistonda koʻp tarqalgan. Oʻzbekistonda ham koʻp yetishtiriladi. Sholgʻom birinchi yili bargli poya va ildizmeva hosil qiladi; ikkinchi yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. Guli toʻrt boʻlakli, shingil toʻpgulga yigʻilgan, sariqqizgʻish, chetdan changlanadi. Mevasi qoʻzoq, dumaloqyassi, uzunchoq; oq, qizil, binafsha rangda. Urugʻi mayda, yumaloq, qoramtir. 1000 dona urugi ogʻirligi 1—4 g. Oʻzbekistonda iyulavg. boshlarida ekiladi. Urugʻi harorati 2—3° li tuproqda unib chiqadi, 18—20° da yaxshi rivojlanadi (bunda urugʻ 2—4 kunda toʻliq unib chiqadi). Sholgʻom namsevar, tuproqunumdorligi va uning mexanik tarkibiga talabchan. Sovuqqa chidamli (—4—5° da zararlanmaydi). Vegetatsiya davri 60—80 qun. Sholgʻom ildizmevasi tarkibida efir moylari koʻpligi hamda yengil hazm boʻlishi tufayli yil boʻyi isteʼmol qilinadi. Sholgʻom inson organizmi uchun zarur boʻlgan askorbin kislota, vitaminlar, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir tuzlari, ferment, fitonsidlarga boy. Sholgʻom bargida vitaminlar va askorbin kislota ildizmevasidagidan koʻproq.

Urugʻi sepilgandan keyin niholi 3—4 chinbarg chiqarganda birinchi marta, 2—4 haftadan soʻng ikkinchi marta yagana qilinadi.

Oʻsuv davrida qator oralari yumshatiladi, oʻtaladi. Oʻzbekistonda Sholgʻomning 3 navi — Namangan Sh. i (mahalliy tezpishar), Samarqand Sh. i (oʻrtapishar), Muyassar (tezpishar) navlari ekiladi. Hosildorligi 110—130 s/ga.

Zararkunandalari: qiziloyoq qoʻngʻizva Sholgʻom oqkapalagi. Kasalliklari: fomoz, fuzarioz va boshqalar Abdulaziz Abbosov.

Malumotlar
SHOLGʻOM