SHOFIRKON haqida to’liq ma’lumot oling

SHOFIRKON haqida to’liq ma’lumot oling

SHOFIRKONBuxoro viloyati Shofirkon tumaniyaagi shahar (1995-yildan), tuman markazi (1926-yildan). Viloyat markazi (Buxoro)dan 40 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Qiziltepa (32 km). Aholisi 17 ming kishi (2004), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.

Sh. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida yozilishicha , shahar nomi «Shopurkom», yaʼni Shopur qazdirgan ariq (kanal) soʻzlaridan kelib chiqqan. Keyinroq ariq yonida vujudga kelgan qalʼa ham «Shopurkom» deb atalgan deyiladi. Shofirkonda oʻrta asrlarda savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Shofirkon haqida ayrim maʼlumotlar Mahmud ibn Valining «Bahr alasror» («Geografiya») (17-asr) asarida ham keltirilgan. Ayniyning yozishicha, 19-asr oxirlari va 20asr boshlarida Shofirkon va uning atrofidagi qishloqlarni bir necha marta qum bosgan.

Shofirkonda vino z-di, gilam toʻqish f-kasi, Buxoro pillakashlik f-kasi filiali va boshqalar sanoat korxonalari, 4 qurilish tashkiloti, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, avtovokzal, mehmonxona, aloqa boʻlimi, turli banklar boʻlimlari, 100 dan ortiq savdo, jamoat ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 3 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, Muxtor Ashrafiy nomidagi sanʼat maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (q. x., maishiy xizmat koʻrsatish, iqtisodiyot kollejlari) bor. 9 kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, «Xotira» yodgorligi, stadion, 10 dan ortiq sport maydonchalari, 5 sport zali mavjud. Markaziy tuman kasalxonasi, 4 poliklinika, 10 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.

Ad. Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Maxmud ibn Vali, More tayn otnositelno doblestey blagorodnыx (Geografiya), T., 1977; Buxoro Sharqdurdonasi, T., 1997.

Malumotlar
SHOFIRKON