SHOʻRTEPA haqida to’liq ma’lumot oling
SHOʻRTEPA — oʻrta asrlar (78, qisman 10—12 va 15alar)ga mansub arxeologik yodgorlik, koʻshkli qishloq xarobasi. Toshkentning shim. sharqiy qismida, Qorasuv anhoridan Tovkat arigʻi bosh olgʻan yerda joylashgan. Bal. 7 m li koʻshk va unga tutashgan qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N. P. Ostroumov tomonidan qayd etilib, qazishlar oʻtkazilgan. 1949-yilda I. Baishev va V. M. Masson kuzatishlar olib borgan. 1968-yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sh. da olib borgan qazishlari tufayli 7—8-asrlarga mansub moddiymadaniyat ashyolari bilan bir qatorda koʻshkning meʼmoriy va qurilish jihatlari aniqlangan. Shoʻrtepa 8-asr boshlarida arab xalifaligi istilosi natijasida vayron boʻlib, ancha vaqt xaroba holida yotgan. 10—12-asrlar va 15-asrda Shoʻrtepada hayot qisqa vaqt tiklangan. 1865-yil 9 may kuni Shoʻrtepada Toshkent mudofaachilari bilan general Chernyayev boshliq rus qoʻshinlari oʻrtasida qattiq jang boʻlgan. Toshkentlik muarrix Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkand» nomli asarida bu jang haqida mufassal bayon qilgan.
Ad.: Buryakov Yu. F., Kasnmov M. R., Rostovsev O. M., Arxeologicheskiye pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; Oʻrinboyev A., Boʻriyev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983.
Malumotlar
SHOʻRTEPA