SHIMOLIY AMERIKA
SHIMOLIY AMERIKA — Gʻarbiy yarim sharning shim. qismidagi materik, Amerika qitasining shim. yarmi. Shim. dan Shim. Muz okeani chuqur kirib borgan Gudzon qoʻltigʻi bilan, sharq va jan. sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean va ularning qoʻltiqlari bilan oʻralgan. Chekka nuqtalari: shim. da Merchison burni (71°50 sh. k.), gʻarbda Shahzoda Uels burni (168° gʻ. u.), sharqda SentCharlz burni (55°40° gʻ. u.), jan. da Panama boʻyni orqali Janubiy Amerika materigi bilan tutash. Shimoliy Amerikaga Markaziy Amerikani ham kiritadilar. Mayd. 20,36 mln. km2, orollari bilan 24,25 mln. km2. Yirik orollari: Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagi, VestIndiya va materikning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi orollar: Aleut, Qirolicha Sharlotta, Vankuver va boshqalar Yirik yarim orollari: shim. da — Butiya, Melvill, sharqsa — Labrador, Florida, Yukatan, gʻarbda — Kaliforniya, Alyaska, Syuard. (61betdagi rangli xaritaga q.). Tabiati. Shimoliy Amerikaning qirgʻoqlari notekis parchalangan. Togʻli hududlar qirgʻoqlari (Grenlandiya, Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qismi, Kanada va Alyaska jan. ning Tinch okean sohil qismi) nisbatan kuchli parchalangan boʻlib, muzliktektonik va muzlikerozion tiplarga mansub, fyord koʻp. 43° shahrik. dan janubda Atlantika okeani qirgʻoqlari akkumulyativ, laguna tipli, estuariy va delta koʻp.
Ensiklopediya.uz
SHIMOLIY AMERIKA