SHEʼRSHUNOSLIK haqida to’liq ma’lumot oling

SHEʼRSHUNOSLIK haqida to’liq ma’lumot oling

SHEʼRSHUNOSLIKsheʼr tuzilishi, sheʼriy asarning gʻoyasi, badiiyati va shaklini oʻrganuvchi fan sohasi, adabiyotshunoslikning bir boʻlimi. Sheʼrshunoslik ilmiy jihatdan asosan 3 narsani: sheʼr sanʼati, sheʼr vazni va sheʼr qofiyasini oʻrganadi. Sheʼrning mazmun jihatlarini (maʼlum qadar, gʻoyaviy xususiyatlarini ham) oʻrganish esa adabiy tanqidning vazifasiga kiradi. Sheʼrshunoslik fonika (qofiya va tovush usullari), megrika (vazn) va strofika (band va qofiyalar tuzilishi) kabi qismlardan iborat. Sheʼrshunoslik sheʼr tuzilishining taraqqiyotini, uning milliy til hamda boshqa xalqlarning sheʼr tuzilishlari bilan aloqasini tekshiradi.

Sheʼrshunoslik qadimdan fan sifatida shakllangan. Yunonistonda mil. av. 4—3-asrlarda yuzaga keddi va uzoq davrlargacha sheʼr yozish qoidalarini oʻrganuvchi normativ va formalistik tarzdagi fan boʻlib qoldi. Hindistonda Sheʼrshunoslik 5-asrda paydo boʻldi. U sanskrit tilida yaratilgan, 2-ming yillikning oxiri —1-ming yillik avvaliga mansub veda adabiyotiga sharhlar yozish tarzida yuzaga keldi.

Oʻzbek Sheʼrshunoslik tarixi, asosan, 2 yirik davrga boʻlinadi:

1) 20-asrning boshlarigacha boʻlgan davr. Mazkur davr islomning Oʻrta Osiyoga kirib kelishidan boshlab juda katta muddatni oʻz ichiga qamrab olgan. Bu davr Sheʼrshunoslik iga doir manbalar Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari hamda Oʻrta Osiyo, jumladan, oʻzbek mutafakkir olimlarining nazm va aruz haqidagi arab, fors va turkiy (oʻzbek) tillarida yozgan risolalari, kitoblari va tazkiralaridan iboratdir. Tarixiy poetikaning ulkan bilimdonlari Abu Ali ibn Sino, Xalil ibn Ahmad, Shamsiddin Muhammad ibn Qays Roziy, Mahmud azZamaxshariy, Rashididdin Vatvot, Aruziy Samarqandiy, Yusuf Sakkokiy, Saʼdiddin Taftazoniy, Shayx Ahmad Taroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Muhammad Avfiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoulloh Mahmud Husayniy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari allomalarning nazm ilmi borasidagi risolayu kitoblari Sharq xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi sheʼriyati va uning nazariyasini ylmiy oʻrganish qadimdan rivoj topganligini koʻrsatadi.

9—13-asrlar davomida Forobiy, Ibn Sino, Zamaxshariy kabi mutafakkirlar oʻz risolalarida va poetikaga oid asarlarida sheʼriyatni tadqiq etishning oʻziga xos yoʻllarini koʻrsatib oʻtishgan. Mas, Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy turkiy tildagi «Fu nun ulbalogʻa» kitobida oʻz davri sheʼriyati, vazn, qofiya va sanʼatlar haqida muhim ilmiy maʼlumotlarni keltirgan. Alisher Navoiyning «Risolai mufradot», «Mezon ulavzon», «Majolis unnafois», Boburning «Muxtasar» asarlari ham Sharq sheʼriyatining turli muammolariga bagʻishlangan asarlar sirasiga mansub. Oʻtmishda Sharq, jumladan, oʻzbeq Sheʼrshunoslik ida sheʼriyatni turli sohalariga koʻra oʻrganish maʼqul koʻrilgan: «ilmi aruz», «ilmi qofiya», «ilmi badiʼ», «ilmi muammo» kabi; 2) 20-asrning 20—30-y. laridan to shu qungacha boʻlgan davr. Bu davrga kelib adabiyot darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarida oʻzbek sheʼriyatini oʻrganish, vazn va qofiyaga oid mulohazalar paydo boʻldi. 30—40-y. larda Fitratning A«ruz haqida», «Adabiyot qoidalari» risolalari bilan bir qatorda A. Saʼdiy, Oybek, Gʻafur Gʻulom, I. Sultonning darslik va ilmiy risolalari dunyo yuzini koʻrgan boʻlsa, oʻtgan asrning 60—90-y. larida Sheʼrshunoslik borasida koʻplab tadqiqotlar paydo boʻldi. M. Shayxzoda, A. Hayitmetov, A. Abdugʻafurov, Sh. Shomuhamedov, S. Mamajonov, O. Sharafiddinov, A. Rustamov, U. Toʻychiyev, A. Hojiahmedov, N. Shukurov, R. Orzibekov, U. Normatov, O. Nosirov, N. Karimov, T. Boboyev, Yo. Isʼhoqov, J. Kamol, B. Akramov, B. Sarimsoqov, I. Haqqulov va boshqalar olimlarning tadqiqotlarida oʻzbek Sheʼrshunoslik ining turli masalalari yoritildi.

Oʻtgan asrning 90-y. lar sheʼriyati, sheʼriyatdagi yangicha dunyoqarash va uning oʻziga xos koʻrinishda aks etishi, qahramon va uning ruhiyati, shoir va uning shuuriy darajasi muammolari ilmiy ishlar mavzulariga aylandi. Oʻzbek Sheʼrshunosliki qadim ildizlardan oziqlangan holda jahon adabiyotshunosligining eng ilgʻor jihatlaridan bahramand boʻlgan oʻzbek fanini qoʻplab yangi tadqiqotlar bilan boyitib bormoqda.

Otabek Joʻraboyev.

Malumotlar
SHEʼRSHUNOSLIK