Ayni dam kim ekan uning yonida,
Kim tutmoqda ekan uning qo`lidan?
Tark etding meni nimalar yo`lida?
Alam qilar yomon, yomon. (x2)
Kim uchun endi atalar kulgular,
Kim uchun endi atalar tuyg`ular?
Ikkimiz yaratgan bu muhabbat kinosida,
Yoningda o`zga inson bosh rolda, alam qilar.
Menga atalgan qo`llar endi o`zganiki,
Menga atalgan mehr endi o`zganiki.
Axir ikkimiz ham edik bir-birimizniki,
Barbod bo`lib ketdi necha yillik sevgi.
Ayriliqdan keyin, oz-moz bo`ldi qiyin,
Men mag`rur bo`ldim, qoidasiz o`yin.
Eng alam qilgani – senga esa oson,
Mening esa qalbim bo`lib ketgandi yakson.
Sen olg`a ketarsan orqaga qaramay,
Men esa ketarman umidimni uzmay.
Hatto o`rnim egallagan bo`lsa o`zga inson,
Shunda ham bag`rimga bosgim kelar seni tinmay.
Ayni dam kim ekan uning yonida,
Kim tutmoqda ekan uning qo`lidan?
Tark etding meni nimalar yo`lida?
Alam qilar yomon, yomon. (x2)
Balki menda yo`q narsa unda bordir,
Bir kam dunyo asli shuning uchun tordir?
Menchalik seni asrashiga shubha, gumondaman,
Bevafo bo`lsang ham xavotirdaman.
Bu ikkinchi bo`lsa ham, bo`lsin oxirgisi,
Tag`in yana kim bilar, men emas birinchisi.
Shunday bo`lgan taqdirda ham bo`lmasman hayron,
Chunki hayotning sovg`alari ko`p begumon.
Yigirma to`rt soat, ichida o`n soat,
Kamida u bilan birgaliging qilar alam.
Tunlari birga-bir yostiqqa bosh qo`yib,
Tongni birga kutib olishing qiladi alam. (x2)
Ayni dam kim ekan uning yonida,
Kim tutmoqda ekan uning qo`lidan?
Tark etding meni nimalar yo`lida?
Alam qilar yomon, yomon. (x2)
Alam qilar yomon, yomon. {x2}
Malumotlar
Shahboz va Navro’z — Alam qilar