SERPUXOV
SERPUXOV — RF Moskva viloyatidagi shahar. T. y. stansiyasi. Oka daryosidagi pristan. Aholisi 136,5 ming kishi (1998). Shahar 14-a. dan maʼlum. 1341 — 1456-y. larda Serpuxov udel knyazligi markazi. Tosh kreml (16-a. oʻrtalari) qurilishi bilan Rus davlatining jan. chegarasidagi muhim istehkom. 16—17 a. larda yirik savdo markazi. 1708-y. dan Moskva guberniyey tarkibida, 1781-y. dan uyezd shahri. 19-a. oʻrtalarida Moskva gubernyasining eng yirik toʻqimachilik markazi. Mashinasozlik va metallsozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, elektromexanika, charm z-dlari, mebel va qogʻoz f-kalari, uysozlik k-ti bor. Bir necha i. t., oʻrta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud.
Ensiklopediya.uz
SERPUXOV