SEMENTIT

SEMENTIT

SEMENTIT, temir karbidi (Gʻye3S) — temirttg uglerod bilan hosil qilgan kimyoviy birikmasi; tarkibida 6,67% uglerod boʻlgan murakkab panjarali struktura. S. juda qattiq (NV«800 kg/ mm2) va moʻrt (nisbiy uzayishi 6=0) birikma. S. marganes (Mp), xrom (Sg) va b. elementlarni maʼlum milorda erita oladi, lekin oʻzi maʼlum sharoitda parchalanib, undan grafit ajralib chiqadi: Gʻye3S—>ZGʻye+S. Shuning uchun Sementit beqaror birikma hisoblanadi. Sementit dagi uglerod atomlari oʻrnini metalloidlar, mas, azot yoki kislorod atomlari, temir atomlari oʻrnini esa metallar, mas, marganes, xrom, volfram atomlari olishi mumkin. Tarkibidagi temir atomlari oʻrnini boshqa metallarning atomlari olishidan hosil boʻlgan birikma legirlangan Sementit deb ataladi. Sementit metallning suyuq eritmalari, austenit va perlitpan ajraladi. Kristallanish sharoiti va keyingi ishlov turiga qarab har xil shaklda — teng oʻqdi donachalar, plastinalar shaklida boʻlishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
SEMENTIT