SEL haqida to’liq ma’lumot oling
SEL — togʻ vodiylari, soylar va jarlardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqatosh aralash kuchli suv oqimi. Qorlarning jadal erishi, kuchli jala yogishi natijasida togʻlarda»n boshlanadigan kichik dare va soylar havzalarida sodir boʻladi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Karpat, Sharqiy Sibir togʻlarida kuzatiladi. Sel tarkibiga qarab loyqatoshli, loyqali, suvtoshli, suvshoxshabbali turlarga; fizik turiga koʻra qovushoq va noqovushoq turlarga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoda Sel togʻ olditogʻli zonalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi, ChirchiqOhangaron havzasi daryolarining togʻli qismlari; Kirgʻizistonda Talas, Chu, Norin daryolari hamda Issiqkoʻl havzalari, Chatqol va Olay togʻlarining yon bagʻirlari; Tojikistonda Zarafshon, Surxob, Obixingov, Varzob, Vaxsh, Panj va b. daryo havzalari; Turkmanistonda Katta Bolxan va Kopetdogʻ yon bagʻirlari xavfli Sel mintaqalari hisoblanadi.
Sel xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; aholi punktlari, gidrotexnika inshootlari, yoʻl, koʻprik va h. k. ni vayron qiladi, q. x. ekinzor, bogʻ va yoʻllariga loyqa aralash tosh, toshshagʻal chiqarib tashlaydi, tuproq qatlamini yuvib ketadi. Selga qarshi kurashish uchun tashkiliyxoʻjalik, agrooʻrmon melioratsiyasi va gidrotexnika tadbirlari kompleksidan iborat seldan himoya vositalari qoʻllaniladi (q. Sel ombori).
Malumotlar
SEL