Sayt endi 48% ga tez ochiladi

Sayt endi 48% ga tez ochiladi

Ko’pchilik sayt ochadi va saytiga har xil manbalardan trafik jalb qiladi. 

Bazilarda sotuv bo’lmaydi sababini ham ko’p ehtimol bilan bilmaydi, reklamadagi so’zlar yaxshi emas deb o’ylaydi.

To’g’ri sotuv uchun qo’llanilgan matn ham rol o’ynaydi, lekin sayt bilan bog’liq bo’lgan holatda, saytni sog’lomligini ham inobatga olish kerak va saytga kirgan har bir odamni harakatini kuzatib borish kerak. 

Ko’p holatda saytga kirgan odam saytdan tezda chiqib ketadi sababi sayt sekin ishlashi bilan bog’liq bo’ladi ba’zida sayt telefonga moslashtirilmagan bo’ladi.

Do’stlar, saytingizni tez ishlashiga qattiq etibor bering, sayt sekin ishlashi 60-0% holatda rasm formati va hajmi bilan bog’liq bo’ladi.

Ko’pchilik eslashi mumkin, WhatsApp dan nima sababdan Telegramga ommaviy o’tib ketganimizni.

WhatsApp ishlatganlar biladi, rasm yuklashni juda ko’p kutar edik, sekin ishlashi hech kimga yoqmasdi, Telegramda shu muommo bo’lmagan, shu sabab ham tezda rivojlanib ketgan.

Hulosa quladigan bo’lsak, sayt tez ishlashi daromadinginiz oshiradi, shu sabab etiborli bo’ling!

P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring

Dasturlash, Sayt yaratish
Sayt endi 48% ga tez ochiladi