SAROY
SAROY — oʻzbeklar tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi. Saroylar etnik birlashma sifatida 14—15-a. lar davomida Dashti Qipchokda shakllangan boʻlib, 16-a. da boshqa oʻzbek qabilalari b-n hoz. Oʻzbekiston xududiga kelib joylashgan. Saroy larning kichik bir guruhi qozoqlarning argʻin qabilasi tarkibida ham mavjud boʻlgan. 1924—26 y. larda oʻtkazilgan aholi roʻyxatida Oʻzbekiston hududida yashovchi Saroy larning soni 50 mingdan ortiq boʻlib, ulardan 18 ming kishi Buxoro vohasida (Xarqonrud, Vobkentdaryo, Shahrud, Sultonravot, Poykend, Pirmait ariqlari boʻylab), 20 ming kishi Karmana vohasida, Narpay va b. ariqlar boʻyida yashaganlar. Saroy larning katta bir qismi (15,5 ming kishi) Qashqadaryo vodiysida (Shahrisabz va Qarshi vohalarida, Samar togʻining jan. yon bagʻirlarida, Qashqadaryoning yuqori oqimida) yashashgan. Saroy larning ayrim guruxlari Jom choʻlida (6 ming), Koʻhitang togʻ yon bagʻirlarida (1 ming), Miyonkolda (3 ming), Samarqandning jan. gʻarbida (1,5 ming), Nurota togining jan. yon bagʻirlarida (3 ming) Jizzax atrofida (1,7 ming) yashagan. Saroy larning kichik guruxlari Fargʻona vodiysida hamda Afgʻonistonda, Mozori Sharif va Balx atrofida istiqomat qilganlar.
Ensiklopediya.uz
saroy.