Said ibn al-Os
SAID ibn al-OS (625-679) — sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658) Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan. Islom ensiklopediyasidan
Said ibn al-Os
DO`STLARGA ULASHING:
Said ibn al-Os