Safiyya binti Huyay

Safiyya binti Huyay

Safiyya binti Huyay

Mundarija скрыть
Safiyya binti Huyay
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Safiyya onamizning otalari ismi: Huyay ibn Axtab ibn Sa’yah ibn Sa’laba ibn Ubayd ibn Ka’b ibn Xazraj ibn Abu Habib ibn Naziyr ibn Nihom ibn Noxum.
Onalarining ismi: Barrah binti Simvaal va u Rifo’a ibn Simvaal sahobiyning singlisidir.
Safiyya roziyallohu anho hijratning 7 (milodiy 628) yili Haybar kuni Islomni qabul qildilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xuddi shu yili oltmish yoshlarida Safiyya roziyallohu anhoga uylandilar.
Rivoyat qilinishicha, mehribon Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Safiyyaga uni ozod qilib, ahliga ketishi yoki o‘z huzurlarida qolishi ixtiyorini bergan edilar. Bu mo‘‘tabar ayol ham bundayin yaxshilikka o‘ziga yarasha javob qilib, Alloh va Uning rasulini ixtiyor etdi. U Islomni tanlaganini e’lon qildi va o‘zining Islomga nisbatan qadimdan bo‘lgan muhabbatini izhor etdi. Shuningdek, bu buyuk Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan ixlosu hurmati ustun bo‘lib, o‘z qavmi va ahliga  qaytishdan voz kechdi.
Ibrohim ibn Ja’far o‘z otasidan rivoyat qilib aytadiki: «Safiyya Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganida unga u zot aytdilar: «Sizning og‘angiz to o‘lguniga qadar yahudiylar ichida menga eng ashaddiy dushmanlardan bo‘lib o‘tdi». Shunda Safiyya aytdi: «Yo Rasululloh! Axir Alloh taolo o‘z kitobida «Qiyomat kunida hech bir gunohkor jon o‘zga jonning gunohini ko‘tarmas», degan-ku!» Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Sizning ixtiyoringiz o‘zingizda, agar Islomni ixtiyor etsangiz, men sizni olib qolurman, agar yahudiylikni tanlasangiz, ozod qilishim  mumkin va siz o‘z qavmingiz huzuriga qaytursiz». Safiyya shunday dedi: «Yo Rasululloh, men sizning qavmingizga kelganimdayoq, siz meni da’vat qilmasingizdan ilgari Islomga muhabbat qo‘ydim va sizni  tasdiq etdim. Endi mening yahudiylikka hech qanday ehtiyojim yo‘q va u yerda mening na otam, na akam bor. Siz mening kufrga qaytishim yoki Islomda bo‘lishimga ixtiyor berdingiz. Menga ozod bo‘lishim hamda qavmim huzuriga qaytishimdan ko‘ra Alloh va Uning rasuli mahbubroqdir».
Shundan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Safiyyani o‘z huzurlarida olib qoldilar. Safiyya bu javoblari bilan iymonlari baquvvat, o‘tkir zehnli va oliyjanob ayol ekanliklarini isbotladilar.
Ammo bu onamizning otalari hayotining oxirigacha Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga dushmanlik qilib o‘tdi. Qur’oni karim ularning naqadar xatarli ekanliklaridan ogohlantirib, haqiqiy qiyofalarini to‘la bayon etgan. Allohning yaratganini hech kim o‘zgartira olmaydi.
Safiyya binti Huyay roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘nta hadis rivoyat qildilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu ayolga uylanishlarida ko‘p ulug‘ hikmatlari bor, buni faqat aql va tafakkur sohiblarigina tushunib yetadilar.
Safiyya binti Huyay onamiz hijratning 50 (milodiy 661) yilida Madinai munavvarada vafot etdilar. O‘zlaridan Oisha binti Abu Bakr roziyallohu anhoga ming dinorni vasiyat qilib qoldirdilar. Ular Baqi’ qabristoniga, boshqa onalarimiz yonlariga dafn qilindilar.
Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li | muslimaat.uz
uzor
SAFIYA bint HUYAY, Safiya bint Huyay ibn Axtab al-Xazrajiyya (? — 670) — Rasululloh (sav)ning xotinlaridan biri. Johiliyat davrida zodagon oilada tarbiya topgan. Madina ahlidan bo‘lib, yahudiy diniga kirgan.
Yahudiy qabilasidan bo‘lmish Bani Qurayzalik Sallom ibn Mishkami unga uylangan, keyin undan ajralib, Kinona ibn ar-Rabiga turmushga chiqqan. Kinona Haybar jangida halok bo‘lgan. Undan so‘ng Rasululloh uni o‘z nikohlariga olganlar. 10 ta hadis rivoyat qilgan. Madinada vafot etgan.
Islom ensiklopediyasidan

Safiyya binti Huyay