SАBZI YeTIShTIRISh
SАBZI YeTIShTIRISh
DO`STLARGA ULASHING:
Аhamiyati.
Sabzi yangiligida va pishirib isteʼmol qilinadi, konservalanadi va quritiladi. Ushbu sabzavot sharbati bolalarga oziq sifatida beriladi. Kamqonlikda, qonbosimi kasalliklarida dorivor sifatida foydalaniladi. Sabzi urugʼidan efir moyi, likyor tayyorlashda va atir-upa – kosmetika sanoatida ishlatiladi.
Urugʼ tanlash.
Ushbu sabzavot urugʼi toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun va toʼla boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi.Yer tayyorlash.
Sabzi organik moddalarga boy, oʼtloqi, qumoq yoki soz tuproqlarda yaxshi oʼsadi. Dala oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan yaxshilab tozalanadi. Tuproq 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanib, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.Ekish muddati va sxemasi.
Mamlakatimizning janubiy viloyatlarida bahorgi sabzi urugʼi 15–28 fevralda, yozgisi 1–15 avgust, toʼqsonbosti muddatda 15–30 dekabrda sepiladi. Markaziy mintaqada joylashgan va vodiy viloyatlarida bahorgi sabzi 1–15 mart, yozgisi 10 iyundan-10 iyulgacha, toʼqsonbosti muddatda 10 noyabr–10 dekabr, shimoliy mintaqalarda bahorgisi 15–30 mart, yozgisi 10–20 iyun, toʼqsonbosti muddatda 1–30 noyabrda 1,5–2 sm chuqurlikka ekiladi. Sabzini qatorlar oasi 70-90 sm li
pushtalarga uch qator lentasimon usulda yoki soyama usulda ekiladi. Urugʼ sarfi 10 sotixga 500–600 g. Sepilgandan urugʼlar xaskash bilan tuproqqa ralashtiriladi.
Parvarishlash.
Sabzini parvarishlash jarayonidagi eng muhim tadbirlardan biri – bu urugʼni yerdan tekis undirib olishdir. Ushbu sabzavot urugʼi 10-15 kunda unib chiqadi. Ushbu sabzavot unib chiqishi bilan darhol begona oʼtlardantozalash va yagana qilish kerak. Sabzi 2-3 marta oʼtoq qilinadi yaʼni dastlabkisioʼsimlik bitta chinbarg chiqarganda, keyingilari esa 3–4 chinbarg chiqarganda oʼtkaziladi.Sugʼorish.
Sabzining ildizi yaxshi rivojlanadi, tuproqqa chuqur taraladi, barg yuzasi unchalik katta emasligidan suvni koʼp bugʼlantirmaydi, ammo tuproqning biroz chuqur qatlamidan nam tortib olish qobiliyatiga ega. Ushbu sabzavot urugʼini unib chiqishi uchun urugʼ suvi beriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda ertagi sabzi oʼsuv davrida 8, sizot suvi yuza dalalarda esa 5–6 marta sugʼoriladi.Oʼgʼitlash.
10 sotix maydonga sof holda 15 kg azot, 8 kg fosfor, 4,5 kg kaliy solish kerak. Oʼtloqi, oʼtloqi botqoq yerlarda yetishtirilganda sof holda 12 kg azot, 7 kg fosfor, 4 kg kaliy berish kerak. Oʼgʼitlarni berish muddatlari: fosfor oʼgʼitini yillik miqdorining 75 foizi bilan kaliyning hammasi shudgorlashda, fosforning qolgan qismini boronalab, egat olishda berish tavsiya etiladi. Аzotli oʼgʼitlarning oʼsuv davri mobaynida ikkiga boʼlib beriladi.Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Koʼp yillik begona oʼtlarga qarshi kuzda 10 sotixga Galomeks 104 g/l em.k. preparati solinadi. Bir yillik oʼtlarga qarshi ekishdan oldin 50 foizli Gezagard preparatini 200–300 grammmdan, begona oʼtlar urugʼi yerdan oʼngunga qadar qoʼllaniladi. Sabzi oʼsimligi un shudring kasallini bilan qisman kasallanadi. Unga oltingugurt kukuni va ISO preparatini qoʼllash samarali.
Hosilni yigʼishtirish.
Sabzi ildizmevasining diametri 1,5-2 sm boʼlganda kovlab olinadi. Takroriy muddatda ekilgan sabzi hosili qattiq sovuq tushmasdan yigʼishtirib olinadi, aks holda mevalar mazasini yoʼqotadi va uzoq saqlanmaydi. Sabzini xosili saralanadi va saqlash uchun xamda bozorda sotish uchun ajratiladi. Ildizmevalar iloji boricha shikastlanmasligi zarur aks xolda saqlashga yaroqsiz boʼlib qoladi.Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 600 g sabzi urugʼiga 100 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 716800 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 500 soʼmdan sotilganda 2 mln. 950 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 2 mln. 233 ming soʼm sof foyda olish mumkin.
SАBZI YeTIShTIRISh