RUS-AFGʻON MOJAROSI

RUS-AFGʻON MOJAROSI

RUS-AFGʻON MOJAROSI (1885 y 18-mart) , Pandi vohasi yoxud Toshkoʻprikdagi qurolli toʻqnashuv — amalda 19-a. ning 80-y. larida rusafgʻon chegarasi oʻtkazilishi munosabati bilan Buyuk Britaniya va Rossiya oʻrtasida kelib chiqqan mojaro. 19-a. ning 80-y. lari boshida Buyuk Britaniya Afgʻoniston b-n 1878—80 y. lardagi urush (q. Ingliz—afgʻon urushlari) natijasida bu davlatning tashqi siyosati ustidan nazorat qilishni oʻz koʻliga olib oʻz taʼsir doirasini Shim. Afgʻonistonga tarqatish va Rossiyani Oʻrta Osiyoda kuchayib, mustahkam oʻrnashib olmasligi uchun har qanday yoʻl bn harakat qilgan. Shu maqsadda Afgʻonistonni Rossiyaga qarshi gijgijlagan. 1884-y. yozidg. . chngliz zobitlari bosh boʻlgan afgʻonlar otryadi Turkmaniston hududiga kirib Pandi vohasini egallagan. Toshkoʻprik (Toshkepri) yonidagi qurolli toʻqnashuv natijasida afgʻon qoʻshinlari bu yerni tark etgan. 1885-y. 10 sent. dagi bitimga koʻra, EronAfganistan chegarasidan to Amudaryogacha boʻlgan oraliqdagi Rossiya va Afgʻoniston chegarasi belgilandi. RossiyaAfgʻoniston chegarasi haqidagi rusingliz protokolini imzolanishi bilan (1887) hal boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
RUS-AFGʻON MOJAROSI

Оставьте комментарий