RUMINIYA ZILZILASI

RUMINIYA ZILZILASI

RUMINIYA ZILZILASI, Vrancha zilzilasi — 1977-y. 4-martda Sharqiy Karpat togʻlarining Vrancha massivi (Ruminiyaning Vrancha uyezdi)da roʻy bergan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi 100—110 km chuqurlikda joylashganligi uchun silkinishlar juda katta maydonga tarqalgan. Seysmik tebranishlar Yevropaning bir qancha mamlakatlariga, jumladan, Finlyandiyaga qadar yetib bordi. Ruminiya poytaxti Buxarest sh. dagi turar joy binolari va b. inshootlar jiddiy zarar koʻrdi. Birgina Buxarest sh. ning oʻzida 1600 ga yaqin kishi xarobalar ostida qolib halok boʻldi. Zilziladan Moldaviya, Ukraina, Moskvada 2—3 ball boʻldi. Seysmik toʻlqinlarning yer ustida tarqalishini oʻrganish natijasida Ruminiya zilzilasiga Vrancha togʻ massividagi yoriqlar boʻylab togʻ jinslarining keskin siljishi sabab boʻlgan deyiladi.

Ensiklopediya.uz
RUMINIYA ZILZILASI

Оставьте комментарий