Reja: O’zbek xalq pedagogikasining ijtimoiy g’oyalari

Reja: O’zbek xalq pedagogikasining ijtimoiy g’oyalari

Sigir siypaganni bilmas,
Yomon — siylaganni.

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Avval o’yla, keyin so’yla.
Azadorni to’yga zo’rlama.

Ana-mana deguncha,
Yaxshi-yomonni bilgin.

Anglamay gapirgan og’rimay o’lar.

Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas.

Arzimasa arzonga ham olma.

Arpani xom o’rma,
Kelinni sepsiz ko’rma.

Ahmoq bilan gap talashguncha,
Moxov bilan uloq talash.

Ahmoq og’asini tanimas,
To’qmoq tog’asini tanimas.

Tavsiya etamiz :

Ahmoq qizning sabog’i uzun.

Betamizga besh kun hayit.

Betamizda bet bo’lmas,
Bezorida — uyat.

Betimning qalini — jonimning huzuri.

Befahmning dardi o’ziga yuk.

Bilib o’tir o’rningni,

Har yerga suqma burningni.

Bir gapning qirq fahmi bor.

Bir qarining gapiga kir,
Bir — panning.

Birovning bo’yi kalta,
Birovning o’yi kalta.

Bol yegan og’izga baliq yarashmas.

Boshi og’riganning oldida
Boshim og’ridi dema.

Bo’zchi ketidan yugurguncha,
Igna ketidan yugur.

Bo’ydoqning ko’zi — ko’r.

Gap bilmagan ma’raka buzar.

Gap tagida gap bor.

Gap egasini topar.

Gapirgani — so’kkani,
Osh ichgani — to’kkani.

Gapni gapir joyi bilan,
Nonni yegin moyi bilan.

Gapning tagini gap ochar.

Dala-tuzni suv olsa,
Qo’ng’ir g’ozning to’shidan.

Quloqsizga so’z aytsang,
Qulog’ining tashidan.

Dardingni dard bilganga so’yla.

Dardsizga dard aytma,
Ahmoqqa — pand.

Dardsizning oldida «boshim» dema.

Dushmanni farq etmagan,
Do’stlik qadrini bilmas.

Yetilmagan xamir tandirda turmas.

Yoriq ko’za bilan suvga borma.

Jarlining o’z molini o’ziga berib quvontir.

Itni siylasang, to’rga o’tar.

Karga eshittirib qoch,
Ko’rga — tutqazib.

Kurash bilmagan otasini yiqitar.

Ko’p bilan kengash,
Ma’quliga yondash.

Ko’pga kengash, o’z bilganingni qil.

Men nima deyman-u Xo’jam nima deydi.

Oz oshga yasovul bo’lma.

Oldingdagi ovni ko’rmasang ham,
Uzoqdagi yovni ko’ra bil.

Osh degan yerga quruq kalla yugurar.

Og’zimga keldi deb, dema,
Oldimga keldi deb, yema.

Parvonaning o’lgisi kelsa,
Sham bilan o’ynashar.

Poda boqishiga qaraguncha,
Haq olishiga qara.

Pul topadigan bo’lguncha,
Pulni tutishni o’rgan.

Pul topguncha, aql top.

Pulni pul topar,
Ketmonni ahmoq chopar.

Puch yong’oqqa qo’yin to’lg’azma.

Puchak pista og’iz ochsa,
O’z aybini oshkor etar.

Sahroyini urma-so’kma, so’zlat.

Semiz qo’yning dumbasi katta,
Semiz odamning — suhbati.

Sen baloga tegmasang,
Baloning senda ne ishi bor.

Sen gapir-u birov kulsin.

Sigir siypaganni bilmas,
Yomon — siylaganni.

Siylaganni sigir bilmas,
«Ho’k» deganni — ho’kiz.

Sipoh sirin bermas,
Ahmoq — to’rin.

Sichqonning o’lgisi kelsa,
Mushuk bilan o’ynashar.

Soni bor, salmog’i yo’q,
Bog’i bor, parvoyi yo’q.

Soyangga qarab to’n bichma.

Soyangga qarab bo’y o’lchama.

Soyangni saratonda sol.

Suv ichadigan qudug’ingga tupurma.

Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.

Suvni ich, chashmani bulg’ama.

Suvni sep singar yerga,
So’zni qu sig’ar yerga.

Suzishni bilmasang, suvga tushma.

Suymaganga suykanma, bahong ketar,
Ming tillolik boshingni bir pul etar.

Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma
Sutini ich-u, sigirini surishtirma.

So’z aytganda o’ylab ayt,
Oqibatin bo’ylab ayt.

So’z bilmasang, so’zlama.

So’zga quloq os,
O’ylab qadam bos.

Tavsiya etamiz :

So’zi so’zga o’xshamas,
Og’zi so’zdan bo’shamas.

So’zing kumush bo’lsa,
Tinglovchi tilla bo’lsin.

So’zlaganga qarama,
So’zlatganga qara.

So’zlagani — so’kkanday,
Yelpigani — to’kkanday.

So’zlamay so’zingga boq,
Avval o’yla, o’zingga boq.

So’qir tovuqqa hammasi tariq.

Tanlaganim toz,
Toz qiladi noz.

Taom — o’sha taom, illati moshga,
Eshak — o’sha eshak, to’qimi boshqa.

Taryokingga ishonib zahar ichma.

Taroziga qarab tosh qo’y.

Telba tengi bilan,
Etagi yengi bilan.

Telba to’ningni teskari kiyma.

Telbaga tilmoch kerakmas.

Telbaning terisi qalin.

Tentak chinini aytaman deb, sirini aytar.

Tentak horiganini bilmas,
Ko’sa — qariganini.

Tentakdan so’ramasang ham, o’zi aytar.

Tentakka yo’l ber,
Ikki qo’liga bel ber.

Tentakka tunda ham to’y,
Kunda ham to’y.

Tentaklik — boshda,
Azobi — oyoqda.

Tentakni tentak desang,
Arpa bo’yi o’sar.

Tentakning aqli tushdan keyin kirar.

Tentakning o’ti tepasida yonar.

Terakday bo’y berguncha,
Ninaday aql bersin.

Til — aqlning qilichi, farosat — g’ilofi.

Til bilgan navkar — bol bilan shakar,
Til bilmas navkar — obro’ni to’kar.

Tilni tiyishni ham bil, deyishni ham bil.

Tilning suyagi yo’q.

Tilning uzuni dallolga kerak.

Tovoq kelganda, saboqni qo’y.

Tovoqqa qarab oshini ol.

Toledan karam tilama,
Gadodan diram tilama.

Topgan topib gapirar,
Topmagan qopib gapirar.

Toshga qoqilsang, toshni tepma,
Boshni tep.

Tulki iniga qarab ulisa, qo’tir bo’ladi.

Tulki inidan nolisa, o’ziga nomus.

Tulki quyrug’in maqtar,
Ahmoq — urug’in.

Tuya qo’tir bo’lsa, bo’tasini bulg’ar.

Farosat va farosatsizlik haqida maqollar

Tuyaga o’yna desang, hamma yemi payhon qilar.

Tuyaning hazili botmon g’o’zani buzar.

Tuqqanida so’ramasang, o’lganida so’rama.

To’ydan keyin nog’ora.

To’rdagi bilan so’zlashguncha,
Eshik oldidagi bilan chiqish.

To’rg’ay qutursa, burgutga chopar.

To’qol sigir — suzong’ich,
Oqsoq biya — tepong’ich.

Uzoqdagi ovni ko’rib,
Yaqindagi yovni ko’rmas bo’lma.

Uzumini ye, bog’ini so’rama.

Uyga kelganga uy bo’yi gap aytma.

Uying minor tagida bo’lguncha,
Qulog’ing so’z anglasin.

Uyingga o’t qo’ymoqchi bo’lgan,
Sendan gugurt so’ramas.

Ulug’ning gapini olmagan uvlar.

Urishganga bir o’lim,
Orachiga — ikki.

Usta, haqini berib qista.

Farosatni befarasotdan o’rgan.

Farosatsiz odamdan til bilmas hayvon yaxshi.

Farosatsiz falokatga yo’liqar.

Filbonga oshna bo’lsang,
Darvozangni katta qil.

Xom tarvuzni qo’litig’ingga olma.

Xom o’rik qorirmi dam qilar,
G’o’r masala — boshni kalava.

Xotin aynisa, er aljiydi.

Chala tentak otini maqtar,
Toza tentak — xotinini.

Chaqirilgan yer uzoq bo’lsa ham bor, erinma,
Chaqirmagan yerga borma, ko’rinma.

Chaqmoq,
Chaqmoqni o’tga almashgan ahmoq.

Chaqmachoq olov yoqar,
Tomga chiqib bitin boqar.

Chillasi chiroq ko’rmaganning
Sochi taroq ko’rmas.

Chiroq soyasini ko’rmas,
Qozon — qorasini.

Tavsiya etamiz :

Chuvrindi gadoyga kular.

«Cho’k» desa, tuya ham cho’kar.

Shamol kuni chaqirma,
Tovushing zoye ketar.

Shamolga qarshi tupurma,
Yuzingga tushar.

Shap-shap deguncha, shaftoh degin.

El keldi kelin ko’rmakka,
Kelin ketdi tezak termakka.

Elakka borgan ayolning
Ellik og’iz gapi bor.

Epi bilan so’zlaganning qurboni bo’l.

Esarning ertasi ko’p.

Esi past uyatni bilmas.

Esi pastning ishi past.

Esing borida etagingni yop.

Etik oyog’ingni qisganda,
Bosh kiyimingdan gapirma.

Eshak buloqni bulg’ab suv ichar.

Eshak yig’ilib ot bo’lmas,
O’z urug’iga yot bo’lmas.

Eshak to’shakni bilmas.

Eshak to’qim tanlamas.

Eshak egasini tanimas,
Mushuk — bekasini.

Eshak eshakdan qolsa, qulog’ini kesar,
Xotin xotindan qolsa, oyog’ini kesar.

Eshak hangramasa, hangi demaslar.

Eshakka atlas to’qim ursang ham, bari bir eshak.

Eshakka gilam to’qim ham bir, juldur to’qim ham.

Eshakni siylasang, oxurni bulg’ar.

Eshakning yomoni qoziq bulg’ar,
Otning yomoni — oxur.

Eshakning tanlagani sho’ra.

Eshakning hangrashi to’yda avjga chiqar.

Eshitmas quloq elni buzar.

Yaxshi kishiga bir so’z kifoya,
Yomon kishiga ming so’z befoyda.

Yaxshi otga — bir qamchi,
Yomon otga — ming qamchi.

Yaxshi otga — siylov,
Yomon otga — qamchi.

Yaxshi payqab gapirar,
Yomon chayqab gapirar.

Yaxshi topib so’zlar,
Yomon — qopib.

Yaxshi hazil go’sht keltirar,
Yomon hazil musht keltirar.

Yaxshi hazil xush bo’lar,
Yomon hazil musht bo’lar.

Yaxshiga aytsang, bilar,
Yomonga aytsang, kular.

Yaxshiga — ishorat,
Yomonga — kaltak.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami

Reja: O’zbek xalq pedagogikasining ijtimoiy g’oyalari

Xalq pedagogikasi mazkur xalq paydo bo’lgan kundan boshlanib, nihoyatda keng qamrovli va serjilo, serqirra bo’ladi.

Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlarda va Qur’oni Karim hamda payg’ambarimizning hadislarida o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan.

O’zbek xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo’lmaydi. Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkada qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi, shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanadi. Xalq pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash kabilar tarbiyada muhim o’rin tutadi. Masalan, dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandalarga bag’ishlangan folklor namunalari bularning zaminida ekologik tarbiya yotadi.

«O’zbek xalq pedagogikasi» xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalq paydo bo’lgan butun davrni o’z ichiga oladi.
O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASINING IJTIMOIY G’OYALARI.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining yetakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to’plangan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo’nda, ammo bag’oyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. Ilk bor yaratilayotgan «O’zbek xalq pedagogikasi»da dono xalqimizning ta’lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an’analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi ta’limotiga bog’liq holda, muqaddas Qur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad Rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyangan holda yoritish mo’ljallangan. Tadqiqotda Ollohning ilohiy mo’jizasi – hayot sarvari Insonning ona qornida paydo bo’lishidan tortib, to tug’ilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga etguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo’lgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog’liq o’yinlar, xalq pedagogik an’analarining hozirgi zamon yosh avlod ta’lim-tarbiyasida tutgan o’rni hamda ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Shu bilan birga o’zbek an’anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o’ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag’oyat dolzarb mavzularni yoritishga ham harakat qilinadi.
Ma’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma-dastur yoxud darsliklar shaklida yetib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan hamda Ollohning so’zi bilan bo’lgan Qur’oni karim va hadisu-shariflarda o’z ifodasini topgan. Demak, xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi asosan og’zaki tarzda bo’lib, u har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha yetib kelgan. Bugungi kunda esa shu uzoq asrlar davomida ta’lim-tarbiya qo’llanmasi, vositasi bo’lib kelgan xalqning pedagogik qarashlarini to’plash, o’rganish va chop etish vazifasi turibdiki, bu vazifani bajarish yo’qolish arafasiga kelib qolgan milliy qadriyatlarimiz, axloqimiz, urf-odat, rasm-rusumlarimizni, udumlarimizni, an’analarimizni asrab qolish va tiklash uchun nihoyatda zarurdir.
O’zbek xalq pedagogikasi an’analari o’quv qo’llanmasi uzoq yillik ilmiy, pedagogik izlanishlar, amaliy faoliyatlar natijalaridan kelib chiqqan holda jonli, ilmiy-ommaviy tilda yozilgan. Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, ta’lim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yo’l-yo’riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar – dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qo’shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi so’zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar o’yinlari, allalar, to’y va aza qo’shiqlari, aytimlari, olqish va qarg’ishlar, suyush-erkalash qo’shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, o’yin-kulgular bilan bog’liq lapar, aytishuv, o’lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo’shiqlari ramazon, boychechak, yomg’ir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masxaralamalar, «Navro’z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo’shiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bog’liq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qur’oni karim, hadis hamda Sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlariga doir parchalar ham mazkur qo’llanmaning sahifalarini bezashi tabiiydir. «O’zbek xalq an’anaviy pedagogikasi»ga oid materiallarni bamisoli ummonga qiyos qilish mumkin. Biz ushbu tadqiqotni faqat debocha deb bilib, shu ummondan olingan qatralar orqali xalqimizni, uning ayrim sahifalari bilan tanishtirishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Ko’p jildlarga va ko’p yillarga mo’ljallangan — O’zbek xalq pedagogikasi katta kuchni, jamoa mehnatini talab qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo’lib tug’ilmaydi — u birday tug’iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros—oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y-harakatlari hal qiluvchi o’rin tutadi. Xalq ta’kidlashicha, bola boshdan to’g’ri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson bo’lib yetishadi, egri yo’lda tarbiyalansa — yomon kishiga aylanadi. Zero, «ko’chat boshdan, bola yoshdan» maqoliga amal qilish xalq an’anaviy pedagogikasining bosh yo’nalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya’ni birlamchi-ikkilamchisi bo’lmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e’tiborga olingan holda, yetti o’lchab bir kesishga amal qilinadi. Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o’ylab ish tutadi, ya’ni tarbiyani o’tmishni unutmaslik, bugunni qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi. Xalq pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanishdir.
Kezi kelganda xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutishini aytib o’tish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandaga bag’ishlangan folklor namunalarida yaqqol ko’rish mumkin. Xalqning bunday qarashlari tag-zaminida to’rt unsurni asrash, avaylash, ya’ni ekologik tarbiyani anglash qiyin emas.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq an’anaviy pedagogikasida yaxshi so’z, duo-olqishning ta’sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson ma’naviy ustuvorligi, iymon-e’tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o’rni va roliga alohida ahamiyat beriladi. El-yurt uchun har tomonlama mukammal Insonni tarbiyalashga qaratilgan O’zbek xalq pedagogikasi ham ayrim shaxslar yoxud bir-ikki jamoa — ular qanchalik iqtidorli-iste’dodli bo’lishmasin,— tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan o’lchanuvchi hayotida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. Ayni choqda o’zbek xalq pedagogikasi o’z rivojida, boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, ya’ni mumtoz adabiyot, san’at, og’zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo’ladi, eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib oladi.
Hamisha safarlarda bo’lib, o’zga yurt kishilari bilan muloqotlarda bo’lish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o’zbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o’ziga e’tiqod qilib olgan o’zbek xalq pedagogikasi ayni choqda Sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo’lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go’zal namunalarini o’ziga qabul qilib olgan. Shunday qilib, o’zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar — ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, xalq pedagogikasidagi eng yaxshi namunalar, allomalaru adabiyot va folklor ijodkorlari-ijrochilarining bu boradagi sa’y-harakatlari, yaratgan asarlari bilan qo’shilgan holda shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini e’tirof etish birdan-bir to’g’ri yo’ldir.
XALQ PEDAGOGIKASI ASRLAR DAVOMIDA YASHAB KELDI. AJDOD-AVLODLARNING AXLOQIY,

Ma’rifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol o’ynadi. Oddiy insonlarmi yoxud buyuk allomalar, shunchaki fuqaromi va yo yurt sultonlari, kichik suvoriymi yoki ulug’ sarkardami, baribir xalq tomonidan yaratilgan, amalda bo’lgan xalqona tarbiya an’analariga to’la amal qilgan, unga suyangan, tayangan holda yashasa, faoliyat ko’rsatsa kam bo’lmagan, el-yurt nazariga tushgan, olqishiga sazovor bo’lgan. Xalq pedagogikasining bunchalik ta’sir kuchi, ahamiyati nima-da? Yashovchanligi, «umri» ning shunchalar uzoq muddatlar bilan o’lchanishi, uni hech qanday kuch-qudrat bilan tenglashtirib bo’lmas-ligining boisi qaerda? O’zbek xalq an’anaviy pedagogikasini uzoq yillar o’rganishimiz, har bir nuqtalariga chuqur diqqat-e’tibor berganimiz oqibat-natijasida shunday xulosaga keldik. Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, fuqaro, Vatan taqdirida hal qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, ta’sirchanligi, serqirra, serma’noligida bo’lsa, ikkinchidan, uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an’analarda yaratilishi, yashashi, hayot, inson muammolarini qamrab olishi, tarbiyaning eng dolzarb masalalari yechimini hal qilishga qaratilgani, uchinchidan, umuminsoniy yo’nalishga, umumbashariy g’oya-maqsadlarga qaratilgan bo’lganligidir. Shu bois, boshqa dunyoqarash, mafkura, ma’naviyat omillari kabi, xalq pedagogikasi tarix to’fonlari-yu ur-yiqitlariga, to’s-to’polonlarga bardosh berib, tajriba-sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tib, toblanib, sayqallashib, hech bir payt, hech bir davrda — u qanchalik og’ir, murakkab, qiyin bo’lmasin, baribir o’z «faoliyatini» to’xtatmasdan, aksincha faol xizmat qilib, avlodlar tarbiyasi, kamoloti borasida hal qiluvchi rolni o’ynab keldi.

Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, xalq pedagogikasi bamisoli jonli organizm, qaynar buloq, o’lmas, o’chmas, doimo boyib, ko’payib boruvchi ilohiy, mo’jizaviy tarbiya sohasidir. Xalq bor ekan, el yashar ekan, bu soha yashayveradi, o’zining avlod-ajdodlarga beminnat «xizmati»ni o’tayveradi. Zero, xalq orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, g’am-g’ussasi-yu armonlari, shodlik, baxtiyorlik onlari-yu qadr-qimmatlari, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, dunyoqarashi, falsafiy-axloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalari xalq pedagogikasida zuhr etiladi. O’zbek xalq pedagogikasi o’zining yo’nalishi, ibratli xulosalarga boyligi, bebaho asarlari, ma’no-mantiq jihatdan mukammalligi, teranligi, uslubi, odobnomasi, odatnomasi, ibratnomasi bilan har qanday millat, el havas qilsa arziydigan buyuk merosdir.
Mustaqillikka erishib, o’zimizning yorqin milliy istiqlolimizga ega bo’lgach, umuminsoniy va o’zbekona qadriyatlarni har tomonlama chuqurroq anglay boshladik. Mustaqil Vatanga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon-e’tiqodi butun, o’z xalqi, o’z ona-Vataniga fidoiy, jismoniy barkamol kishilar yetkazish uchun ularning axloqiy-jismoniy tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, Vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi — yangi avlod tarbiyasi birinchi o’ringa chiqdi. Juda qiyin, o’ta mas’uliyatli, katta g’ayrat-shijoat, kuch-quvvat, mehnat talab etadigan bu vazifani uddalashimizda og’zaki ijod, mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, marosimshunoslik qatorida xalq pedagogikasining o’rni va roli beqiyosdir. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan harakterlanadi. Uning oldiga qo’ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni choqda xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir.

Har qanday boylikning nihoyasi bo’ladi, oltin, zar, zarbobga o’ralishning umri qisqa. Osmono’par binolar qulashi, sulolalar kelib-ketishi, avlodlar ketidan yangilari kelishi tabiiy, ammo xalq pedagogikasi hayqirib oquvchi daryoday uyg’oq, musaffo chashmaday betinim, quyosh taftiday issiq, oy nuriday nurafshon, hayotning o’ziday go’zal, bedor insonlarday uyg’oq holda avlodlar tarbiyasida hamisha o’z vazifasi — aytilgandek, Inson odobi, xulqi, kamoloti borasidagi xizmatini o’tayveradi, hech qachon «toliqmaydi» — «charchamaydi».

Biz xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, oilaviy-maishiy yo’nalishlari, xalqning o’ziga xosligining milliy to’ylarimiz, ommaviy bayram-sayllari, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi, xalq sport, jismoniy tarbiyannng tutgan o’rni, milliy maktab muammolari kabi shu kunlarda juda dolzarb, zarur va kerakli masalalar haqida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim deb topdik.
Bular: xalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do’st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik.va yomonlikning, yaxshi va yomon so’zning oqibati, halollik, to’g’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, do’st-birodarlik, og’a-inichilik va kon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo’rqoqlik, odob-odobsizlik, mehmon va mehmondo’stlik, saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabr-qanoat va sabrsizlikning oqibati, qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, tajribakorlik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, reja va rejasizlik, me’yor va me’yorsizlik, mas’uliyat va mas’uliyatsizlik, vaqt va fursat, foyda va zarar, sog’lom tarbiya, tozalik va ozodalik, tabiatni e’zozlash, dehqonchilik va chorvachilik qadriyatlari, hayvonlar, qushlar, yer-suvni e’zozlash, kattaga hurmat, yoshga mehr-shafqat, yo’l va yo’ldosh, sevinch va g’am, to’y va motam, farzand va farzandsizlik, kiyinish, so’zlashish, yurish-turish, salomlashish, ko’cha odobi, ovqatlanish madaniyati, muomala, sayohat qoidalari, uxlash, yuvinish, jamoat va kattalar oldida o’zini tuta bilish, kitob o’qish madaniyati, kattalarga qarashish, uy yumushlarini bajarish, dars tayyorlash, o’zbek to’ylari axloqiy, aqliy va jismoniy maktab ekanligi kabi qadriyatlardir. Shuningdek, o’zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik did asoslarini shakllantirish va takomillashtirish; estetik tarbiyada bolalar o’yin folklorining o’rni va ahamiyati, bolalar folklor-etnografiya dastalari — estetik tarbiya markazi ekanligi, vorislik, ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-estetik ahamiyati, yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish hamda badiiy-estetik tarbiyalashda xalq ommaviy tomosha san’ati, — sirk, dorbozlik, askiya, baxshi-shoirchilik, dostonchilik, ertakchilik, qiziqchilik, taqlidgo’ylik, maddohlik, qiroatxonlik, qissaxonlik, otunlik, voizlik, bo’za-xo’rlik

alyorlari kabi san’atlarining tutgan o’rni va pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq an’anaviy sporti, farzandlar jismoniy baquvvatligi va yetukligining garovi ekanligi, chaqqonlik, epchillik va har tomonlama garmonik rivojlanishning sinalgan vositasi ekanligi, bolalar o’yin folklorining pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati, xalq pedagogik tarbiyasida turizm va sayohatning, savdo-sotiq va tijoratning o’rni, jismoniy tarbiya va sport ko’nikmalarida xalq qiziqarli tomosha san’ati, axloq-odob va ta’limning uyg’unligi va o’ziga xosligi xalq sport va jismoniy tarbiyasida jinsiy tafovutlarga ahamiyat berishning, axloqiy-aqliy ahamiyati; xalq an’anaviy pedagogikasida tabiat va inson uyg’unlashuvi muammolari, tabiat va tarixni e’zozlash, saqlash va qadrlashning ahamiyati, hayvonlar dunyosi, qushlar olami hamda dov-daraxtlar, o’simliklar va giyohlarga: yer, suv, borliq-atrofga insoniy munosabat — xalq pedagogikasining ekologik tarbiyasi asoslarining asosi ekanligi, odatlar, udumlar, rasm-rusmlar, marosimlar, irim-sirimlar, qarg’ish va olqish-duolar, tabiat, diniy bayramlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, xalq ommaviy bayram-sayllari «Navro’z», «Mehrjon» «Ramazon Hayiti», «Qurbon Hayiti» va boshqalarning, bolaning dunyoga kelishi, qulog’iga azon aytish, tish chiqishi, ilk qadami, beshikka solish, birinchi kiyim-bosh kiydirish, besh, yetti kun, o’n bir kunligi, bir yilligi, uch, to’rt, besh yilligining alohida bayram qilinishi, maktabga borishi, sunnat qilinishi, kokil qo’yish, kokil oldirish, mo’ylov oshi, uylanish— nikoh to’yi, birinchi farzand ko’rish, qirq, ellik, oltmish yoshlar tantanalari, payg’ambar yoshi, yetmish, sakson, to’qson yillik yubileylari, kumush to’y, oltin to’y, marvarid to’y va boshqa bayram-sayllar, to’y-tomoshalar, odatlar, udumlar, marosimlar va an’analarning ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik yo’nalishi va ahamiyati va shu kabilar. Sanab o’tilgan va boshqa yuzlab udumlar, rasm-rusmlar, odatlar, marosimlar, an’analar, boshqacha ibora bilan aytganda, qadriyatlar, xalq pedagogikasining qirralari naqadar ko’p va xo’bligini taqozo etadi. Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir. O’zbek milliy maktabini yaratishda ta’lim-tarbiya ishiga xalq pedagogikasini joriy etish masalasi asosiy muammolardan biridir. Shunday ekan, xalq pedagogikasining zamonaviy maktab oldidagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ularni mumkin qadar to’laroq amalga oshirishdagi imkoniyatlarini aniqlash juda muhimdir. Yoki, xalq pedagogikasining o’quvchilarni tarbiyalashdagi va ularga ta’lim berishdagi imkoniyatlirini qay darajada ekanligini bilish lozim. O’zbek xalqining har bir avlodi xalq ommasining bir necha asrlar mobaynida to’plagan tarbiya an’analarini bolanya hayotga va mehnatga tayyorlashda qo’llab kelgan. Yani, xalq pedagogikasining imkoniyatlaridan amalda foydalangan. Bizning oldimizda esa zamonaviy o’zbek maktabi o’quv-tarbiya jarayonida milliy tarbiya madaniyatini qo’llash uchun ularning imkoniyatlarini aniqlash masalasi turibdi. Xalq pedagogikasining tarbiya ishini amalga oshirishdagi imkoniyatlari deganda nima tushuniladi?

Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va ko’nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy imkoniyatlari maktabda tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi – har tomonlama yetuk insonni(shaxsni) shakllantirish. Uning tarkibiy qismlari esa rivojlanayotgan va shakllanib kelayotgan shaxsning aqliy, jismoniy, axloqiy mexnat va nafosat torbiyalaridir. Maqollar esa, tarbiyaviy jarayonda shaxsni shakllantirishning sanab o’tilgan tarkibiy qismlarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit yarata oladilar. Jumladan, xalq maqollaridan aqliy tarbiyaga oid, jismoniy tarbiyaga xos, axloqiy, mehnat va nafosat tarbiyalariga taalluqli o’nlab namunalarni tanlab olish mumkin. Ular esa o’qitishda, sinfdan tashqari tarbiyaviy faoliyatda va maktabdan tashqari tarbiya ishida yuqorida keltirilgan shaxsni shakllantirishning o’zaro bog’liq bo’lgan barcha yo’nalishlarini amalga oshirish uchun lozim bo’lgan tadbirlarda keng qo’llanilishi mumkin. Xalq pedagogikasinnig manbalari ma’lum tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo’lib, ular eng avvalo maktabning (yoki oilaning) oldida turgan maqsad va vazifalaridan, so’ngra esa aniq pedagogik jarayonda hal etiladigan masalalaridan kelib chiqadi. Xususan, o’quv jarayonida yoki sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlariga murojaat etish mumkin. Masalan, boshlang’ich sinflarda, aniqrog’i 3-sinfda o’zbek xalq maqollari o’rganiladi. Mazkur sinf uchun “O’qish” darslaridan birida “O’zbek xalq maqollari” mavzusi bor. Dars jarayonida foydalanish uchun xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlanadi. O’qituvchi xalq tarbiya an’analari imkoniyatlarini aniqlashda darsnpng maqsadlariga e’tibor beradi. YA’ni, “O’zbek xalq maqollari” mavzusidagi darsning quyidagi maqsad va vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin: xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, maqollarnii o’rgatish va ular haqida tasavvur hosil qilish; maqollarning mazmunidan foydalanib, o’quvchilarni mehnatsevarlikka, kamtar va odobli bo’lishga, o’zidan kattalarni hurmat qilishga undash; xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plash va ularni asrashga chaqirish.

O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA OILAVIY TARBIYANING AKS ETISHI
Yurtimiz O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko’tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yo’yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Ovrupocha madaniy hayotga tezroq ko’niktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, ma’naviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha o’zgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib etdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yo’qotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va an’analar ham, ma’naviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham depsaldi, yo’qotildi.
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to’liq javob berish uchun an’ananing o’zi nima? degan savolga javob izlab ko’raylik. . An’ana nima?
«An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o’rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg’or, hayotda o’zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo’llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo’llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoda necha millat, necha xalq bo’lsa, hammasining o’ziga xos turmush tarzi, o’tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog’liq an’analari mavjuddir. O’zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag’zi to’qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg’alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususai, o’zbek xalqiga xos bo’lgan ibratlya tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo’lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo’stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug’lash, farzandga mehrli va fidoyi bo’lishlik kabi fazilatlardunyoga tanilgan bo’lsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o’rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo’lish yo’llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradn.
Qadim zamonlardan, hatto o’zbek xalqining yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o’rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo’lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko’ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko’rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo’lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Xalq tajribasida tarbiya uslubi Sharq xalqlari, jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati to’g’ri baholangan. Yoshga monand ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalari yaratilgan. Kerak bo’lganda rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo’lsa jazolangan. «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yo’l qo’ygan bola u kimligidan qat’i nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlarni qisqa va lekin o’ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «yomon bo’ladi» iborasi bilan tavsiflangan.

Xalqimizning qadimdan amal qilib kelayotgan odob-axloq qoidalariga ko’ra nonga hurmat ulug’langan va non ushog’i bexosdan erga tushib ketsa, «yomon bo’ladi» deb, uni qo’lga olib ko’zga surtib o’pib, og’izga solingan yoki chetga olib qo’yilgan. Suvga tuflash -«gunoh» bo’ladi, «yomon bo’ladi» deb tushuntirishgan. qadimda hovuzlarning suvi haftalab, oylab toza turgan. Biroq, kishi uni «harom» qilishga botinolmagan. Bolalarga bu «yomon bo’ladi» iborasi orqali etkazilgan. Qozonga mushuk yoki it, sutga sichqon tegsa o’sha idishlar «harom» hisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Qechqurun qozon yuvuqsiz qolsa «harom» bo’lgay. Kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo’yilgan. Ikki qo’lini orqaga tirab chalqancha yotish, barmoqlarni zanjir qilish, oyoqlarni chalishtirib, ko’pchilik oldida uzatib o’tirish odobsizlik hisoblangan. «YOmon bo’ladi» iborasi orqali kattalarga hurmat, kichiklarga g’amxo’rlik tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga musibat tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga tik qarash, ularga ters javob berish, qizlarga, umuman xotin-qizlarga bexayolik qilish «yomon bo’lish»ini yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolaning yoshi, xatti-harakatlari, o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarning yomonligi Qur’oni karim, hadislardan misollar keltirish, hikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona, aka-uka, opa-singil, qo’ni-qo’shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan. Bunday axloqiy fazilatlar bola aqlini tanimasdan, gapirishni bilmasdan oldin ota-onalar turmush tarzida ifodalangan. Keyinchalik esa, «yomon bo’ladi» iborasi orqali davom ettirilgan.
Masalan, musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, «yomon bo’ladi», erta saharda eshik ochilmasa, «yomon bo’ladi», «kunlik rizqimizdan benasib qolamiz» iboralari bolalarni erta turishga undagan. Kechki payt quyosh botish arafasida uxlasa, «yomon bo’ladi» deb uqtirilgan. Hayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, «yomon bo’ladi», mevalarni tishlab tashlama, «yomon bo’ladi», qush uyasini buzma, ekinlarni payhon qilma, «yomon bo’ladi», kabi iboralari orqali ona tabiatga hurmat, uni avaylab-asrashga o’rgatilgan, hozirgi so’zimiz bilan aytilganda ekologik tarbiya asoslari berilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Karimov I.A. «Tarixiyxotirasizkelajakyo’q». Toshkent. SHarq,

1998 yil.
2. Karimov I.A. «Vatansajdagohkabimuqaddasdir». Toshkent. 1998 yil.
3. RazzoqovH.,T.Mirzaev,O.Sobirov
«O’zbekxalqog’zakipoetikijodi». Toshkent. O’kituvchi, 1980 yil.
4. Qurboniyozova Z. «Dostonlarvositasidamilliyo’zliknianglash». Toshkent. Tilvaadabiyot, 2001 yil.
5. Jalilov T. «An’analarhayotsabog’i». Toshkent. O’zbekiston, 1992 yil.
6. Hoshimov K. Pedagogikatarixi.
7. Jumaniyozova R. Xalqijodi. Toshkent. O’zbekiston, 1989 yil.
INTERNET SAYTLAR

Farosat va Farosatsizlik haqida sara maqollar to‘plami

Фаросат турли даражаларда бўлади. Ва у шаклланиши учун инсон кўп нарсаларга муҳтож. Негаки, фаросат йиллар давомида кишининг ҳаётий тажрибалари, одамлар билан муомаласи, сафар-саёҳатлари давомида шаклланади.

Киши қанчали кўп инсон билан муомала қилса, улфат бўлса, аҳли илм, аҳли фазл ва олийжаноб инсонлар билан ҳамсуҳбат бўлиб, ҳаётни ўрганса фаросати ҳам шунга қараб сайқалланиб боради.

Инсоннинг уфқи, алоқа доираси ва илму маърифати кенгайгани сари фаросати ҳам кучайиб боради. Битта жойдан ҳеч қаёққа чиқмаган, китоб ўқимаган, кўпчиликка қўшилмаган одам бошқача мажлисларда, ўтиришларда, муомалада албатта нотўғри хатти-ҳаракат ё сўз айтиб қўйиш эҳтимоли катта. Кейин бу фаросатсизликка йўйилади.

Ўзбек тилида фаросат сўзи “дид” сўзи билан ҳамоҳанг ва маънодош сўз ҳисобланади. Шунинг учун ҳам “дид-фаросат” деган ибора пайдо бўлган. Араблар буни “завқ” ҳам дейишади. Баъзан эса фаросат сўзи “ақл”, “донолик” ва “зийраклик” маъноларида қўлланади. “Ақл-фаросат” ибораси шундан.

Аммо, арабларда фаросат (фиросат) сўзи бироз ўзгача маънода ишлатилади. Уларда фаросат илми (علم الفراسة) деган тушунча мавжуд бўлиб, мазкур билим кишиларнинг ташқи кўринишлари, юз бичимлари, физиологик шакл-шамойиллари орқали уларнинг ички оламига баҳо бериш, характерларини аниқлашни ўрганади.

Мазкур билим шарқда қадимдан мавжуд бўлиб, европада физиогномика номи билан юритилади. Бу билимнинг номи “тикилиш, яхшилик аломатларини топиш, диққат билан кузатиш, синчиклаш, мулоҳаза қилиш” маъноларини англатувчи арабча “тафарраса (تفرس)” сўзидан олинган.

Ҳамма ҳам кишиларнинг юз тузилишларига қараб, уларнинг феъл-атвори ва шахсиятларини аниқлай олмайди. Бунинг учун юқори даражада зийраклик лозим. Шу маънода бизнинг юртларда фаросат сўзи зийраклик ва донолик сўзларининг синоними сифатида муомалага кирган.

Демак, бизда фаросат икки хил маънода ишлатилади: бириси муомала маданияти, дид, қаерда қайси сўзни ишлатиш, қай ҳолатда қайси йўлни тутиш ўринли бўлишини ўргатадиган тажриба бўлса, иккинчиси зийраклик, донолик, одамларнинг ташқи кўринишлари ва ҳолатларига қараб ички оламлари, мақсадлари ва ботинларига баҳо бериш маъносида қўлланар экан.

Шу боис, фаросат ғайбни даъво қилиш эмас балки, Аллоҳ берган зийраклик ва зеҳну заковат орқали кишиларнинг шахсиятлари ва ички оламлари борасида тахминий хулоса қилишдир.

Шу маънодаги фаросат бир неча хил турларга бўлинади. Баъзиларда бу ҳолат муктасаб бўлса, бошқаларда ваҳбий бўлади. Касб этилган фаросат юқорида айтилганидек, “кўпни кўриш”, сафар-саёҳат қилиш, фозиллар билан ҳамсуҳбат бўлиш, кўп китоб ўқиш ва ҳоказолар орқали қўлга киритилади.

Ваҳбий фаросатга эга инсонларда эса бу қобилият сирф Аллоҳнинг туҳфаси ўлароқ мавжуд бўлади. Улар ўз ҳамсуҳбатларининг ички оламига қисқа суҳбат орқали осонлик билан чизгилар бера оладилар.

Фаросат илмини ўрганишда фойда бор. Аммо, уни мутлақ тушунча сифатида қабул қилмаслик керак. Зеро, бир инсоннинг табиати ҳақида хулоса қилиш фақат унинг ташқи кўринишига боғлиқ эмас. Балки, мутафаррисдаги фаросат нурининг нечоғли кучли ёхуд заифлигига ҳам боғлиқдир.

Киши табиблар ва файласуфлар томонидан баён қилинган халқий сабабларни ўрганиб чиқиши фаросатнинг бир томони холос. Уларнинг фикрича, кишидаги хилқий кўринишлар хулқий сифатларга ишорадир. Зеро, хилқатдаги мўътадиллик хулқдаги мўътадилликка долалат қилади. Хилқатдаги мўътадилликдан оғиш характерда ҳам оғиш борлигини англатади.

Аммо, юқорида айтилганидек, муайян кишининг руҳий кўринишига баҳо бериш учун бунинг ўзи кифоя қилмайди балки бу, мутафаррисдаги фаросат нури не қадар кучли ё кучсизлигига, зеҳнининг ўткирлигига ҳам бевосита боғлиқдир.

Экспериментал психологияда физиогномика сохта фанлар туркумига киритилган. Чунки, бунда қатъийлик ва мутлақлик йўқ. Аммо, бу дегани фаросат буткул йўқ нарса дегани эмас. Бу билим ёхуд қобилият инсонга қўшимча фойда келтириши мумкин. Аммо, у орқали одамларга ошкора баҳо беришдан сақланиш лозим.

Ривоят қилинишича, Умар ибн Хаттоб разияллоҳу анҳу, Али ибн Абу Толиб разияллоҳу анҳу, Ҳусайн ибн Али разияллоҳу анҳу, Шурайҳ қозий, Иёс ибн Муовия, Наим ибн Ҳаммод ва Аҳмад ибн Тулун каби кишилар ниҳоятда кучли фаросат соҳиби бўлган эканлар. Ибнул Қаййим ўзининг “мифтоҳу дорис саодат” номли асарида имом Шофеийнинг одамларнинг энг фаросатлиларидан бири бўлганликларини зикр қилади.

Фаросатнинг яна бир тури борки, у кишининг тақво даражаси, Аллоҳни таниш кўламига қараб берилади. Кишининг маърифати юксалиб, Аллоҳ билан бўлган иртиботи кучайиб боргани сари ундаги фаросат нури ҳам кучайиб боради. Иймон қувватига қараб, фаросати ўткирлашаверади.

Абу Саид Худрий разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Мўминнинг фаросатидан сақланинг, зеро, у (яъни мўмин) Аллоҳнинг нури ила боқур”, дедилар сўнгра Аллоҳ таолонинг “албатта бунда фаросатлилар учун оят-аломатлар бордир” (“Ҳижр” сураси75-оят), сўзини ўқидилар.

Мазкур ояти каримада “фаросатлилар” дея маъно берилган сўз “мутавассимийн” сўзи билан ифода этилган. Зотан, “тавассама” билан “тафарраса” сўзи айни маънони англатади.

Юқоридаги ҳадисда Набий алайҳиссалом “мўминнинг фаросатидан қўрқинг!”, дея энг кучли фаросатни энг кучли иймон соҳиби бўлган кишиларга нисбат бердилар. Ва бунинг сабаби ўлароқ, том маънодаги, истилоҳий маънодаги мўмин киши Аллоҳнинг нури ила назар солишини кўрсатдилар. Демак, мўминдаги фаросат манбаи унинг иймони экан. Унинг кучи бевосита иймон нуридан балқиб чиқар экан. Шундай экан, мўминнинг фаросатидан қўрқинг(!), зеро, у Аллоҳнинг нури ила назар солур.

Алишер Султонхўжаев

Qiziqarli malumotlar
Reja: O’zbek xalq pedagogikasining ijtimoiy g’oyalari