Rashk haqida
Rashk haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Shunday olijanob muhabbatlar borki, ular rashkka o‘rin qoldirmaydi.
F. LAROShFUKOChinakamiga sevgan odam rashk qilmaydi. Muhabbatning asl mohiyati — ishonch. Bordi-yu, muhabbatdan shu ishonchni tortib olingchi, unda siz uning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, davomiyligi, jamiki nurafshon tomonlari — binobarin, barcha ulug‘vorligini tortib olgan bo‘lasiz.
R. STILMuhabbatning rashkdan yaqinroq do‘sti bo‘lmaganidek, undan battarroq dushmani ham yo‘q: bu ayni temirning o‘zida paydo bo‘lib, keyin uning qattor dushmaniga aylanadigan zangning o‘zginasidir.
J. BRUNOEng kuchli nafrat — eng kuchli muhabbat mahsulidir.
T. FULLERRashk — bamisoli bir maxluq, u o‘zidan-o‘zi boshlanib,yo‘q gaplarni yuzaga chiqaradi.
V. ShEKSPIRRashkchilar bahona axtarib o‘tirishmaydi, ular shu sababsiz kasalga mubtalo bo‘lganliklari tufayli ham rashkchidirlar.
V. ShEKSPIRRashkchilar chumolini — fil, qumursqani — bahaybat maxluq, taxminni — rost qilib ko‘rsatadigan vahima oynagi orqali qaraydilar.
M. SERVANTESRashkka hammasi ravshan — ammo yo‘qdir isboti!
M. Yu. LERMONTOVRashk shubhalari qutqusi bilan mutlaqo gunohsiz odamni ham haqoratlab qo‘yish mumkin.
V. ShEKSPIRRashk oshiq uchun azob-uqubat, ma’shuqa uchun ranj-iztirob manbaidir.
K. GOLDONIRashk o‘zingga boshqalardan ko‘ra ko‘proq yomonlik tilab olish san’atidir.
A. DYuMA (o‘gli)Jazavali rashk manfaatparastlik va shuhratparastlik qilgandan ham battarroq jinoyatlarni yuzaga keltiradi.
F. VOLTERJazavali sevgidan xuddi nafratdan qo‘rqqanday qo‘rqish kerak. Muhabbatki mustahkammi, u hamisha beg‘ubor va osoyishtadir.
G. TOROKuchli muhabbat bilan yomon shubha murosa qilolmaydi.
P. ABELYaRYoqtirmaslik, hadik, shubha hamda rashk hurmat va ishonchning yetishmasligidan kelib chiqadi.
D. I. PISAREVErkaklar rashki ularning qon-qoniga singib ketgan shaxsiyatparastligi, vujudini tuyqusdan qoplab olgan izzattalabligi va soxta manmanligining qo‘zishidan paydo bo‘ladi.
O. BALZAKRashkni muhabbatga xos zarurat deb hisoblash kechirilmas anglashilmovchilikdir.
V. G. BELINSKIYTo‘la asossiz rashk na o‘zini, na o‘z mahbubiga ko‘ngil bog‘lashga doir huquqini hurmat qilolmagan ojiz odamlarga xos illatdir; bu «meniki» degan hayvoniy instinkt darajasida turgan jonzotning bachkana hukmronligini ko‘rsatadi.
V. G. BELINSKIYRashk — nimanidir yo‘qotishdan qo‘rqadigan ojiz, ochko‘z hayvon ehtirosidir. Bu hissiyot odamga munosib bo‘lmay, chirigan rasm-rusmlarimiz va mulkdorlik huquqining oqibatidirki, shu hissiyotni ta’sirchan fikrlovchi, xohishi bor, erkin zotga ham qo‘llamoqchi bo‘ladilar.
D. DIDRORashk sayoz aql illatidir.
I. BENTAMRashkning bir foizi muhabbat, to‘qson to‘qqiz foizi esa shaxsiyatparastlikdan iboratdir.
F. LAROShFUKORashk xususiy mulkchilik tuyg‘usining bir ko‘rinishidir.
P. LAFARGQachonki erkak kishi ayolning o‘zi bilan teng huquqligini tan olsa, unga xususiy mulk sifatida qarashdan voz kechadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYDunyoda inson yuragini jirkanch manzaralar bilan to‘ldirib, rashk kabi xo‘rlovchi kulfat bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman.
A. FRANSRashkchining muhabbati ko‘proq nafratga o‘xshab ketadi.
J. MOLERRashk muhabbatdan ko‘ra g‘arazgo‘ylikka yaqin turadi.
F. ZANDERSAyriliq, rashkdan tug‘iladigan ko‘z yoshini artib qo‘yish shart ham emas, lekin bu ko‘z yoshlar odamiy bir tarzda bo‘lishi, u na monaxlarcha zahar-zaqqumga ham, yirtqichning yovvoyiligiga ham, xususiy mulkchining dod-faryodiga ham mutlaqo o‘xshab qolmasligiga erishish mumkin va kerak.
A. I. GERSENKimniki sevmay qo‘yishibdimi, o‘zidan ko‘rsin, sababi, bu narsani uning o‘zi vaqtida payqamagan.
F. LAROShFUKOAyol muhabbatidan judo bo‘lgan odam bu sevgini saqlab qololmagani uchun faqat o‘zinp ayblashi lozim.
N. A. DOBROLYuBOVziyouz.uz
Rashk haqida