RASHID NURI GUNTEKIN“CHOLIQUSHI” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Do’stlaringiz bilan baham:
Rashod nuri guntekinning “Choliqushi” asari tahlili
Rashod nuri guntekinning “Choliqushi” asari tahlili
Rashod Nuri Guntekin
- Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Dastlabki asarlari („Eski oshna“, 1917; „Xanjar“, 1918; „Sirli qoʻl“, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri „Choliqushi“ (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda “Vaqt” gazetasida bo‘lim-bo‘lim e’lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o‘zgartirishlaridan keyin 1937-yilda “Choliqushi” romani mukammal holga keltirilgan. “Choliqushi” ishqiy mavzuda yozilgan asar bo‘lishi bilan birgalikda o‘sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. “Choliqushi” Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi.
Choliqushi
- Janri: roman
- Muallif ijodiy metodi: realizm
Asarning tematik tasnifi
Asar mavzusi
- Asarda bosh qahramon Feridening boshidan o`tkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo`lgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. G‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g`ururi tufayli ko`p yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o`tkazgani asosiga qurilgan.
Asarning asosiy g`oyasi va leytmotivi
- Asarda Feridening qaysarligi tufayli o`z muhabbatini tan olmasdan nafratini muhabbatidan ustun qo`yib, g`ururi va sevgisi o`rtasidagi jangi asosiy g`oya sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o`ziga ham bu haqida oshkor qilishga jur`at etolmasdan qalb og`riqlarini boshidan o`tkazadi. Mana shu kechinmalarga g`ururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
RASHID NURI GUNTEKIN“CHOLIQUSHI” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov, Nodira Djoxongirovna Xoliqova
Maqola yozuvchi Rashid Nuri Guntekin “Choluqushi” romani haqida bo‘lib ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati va har qanday qiyinchilikka dosh beraoladigan qiz,o‘qituvchi haqida soʻz yuritiladi.U umri davomida bormagan joylariga borib bolalarga saboq beradi va o‘quvchilarning ko‘nglidan joy oladi. Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov, Nodira Djoxongirovna Xoliqova
“OYBEGIM MENING” ASARIDA BOLALIK TASVIRLARI
TURK TILIDA XARAKTERNI BILDIRUVCHI ZOOFRAZEOLOGIZMLAR SEMANTIKASI
SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI
“TAASHSHUQNOMA”DA ISHQ, OSHIQ, MA’SHUQA TALQINI
SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF STUDYING HUMAN NEEDS IN SOCIETY
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
ARTISTIC AND PHILOSOPHICAL FEATURES OF RASHID NURI GUNTEKIN’S “CHOLIKUSHI”
The article was first published in 1922 by Rashid Nuri Guntekin’s novel Cholukushi. The play tells the story of a young teacher, Farida, and her love for Komron and a girl who can withstand any challenge. The novel was translated into Uzbek by Mirzakalon Ismaili. The work has been published several times in Uzbek.
Текст научной работы на тему «RASHID NURI GUNTEKIN“CHOLIQUSHI” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI»
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
RASHID NURI GUNTEKIN”CHOLIQUSHI” ASARI BADIIY-FALSAFIY
Bobur Yangiboy o’g’li Hakimov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xoliqova
Maqola yozuvchi Rashid Nuri Guntekin “Choluqushi” romani haqida bo’lib ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh o’qituvchi Farida va uning Komronga bo’lgan muhabbati va har qanday qiyinchilikka dosh beraoladigan qiz,o’qituvchi haqida so’z yuritiladi.U umri davomida bormagan joylariga borib bolalarga saboq beradi va o’quvchilarning ko’nglidan joy oladi. Romanni o’zbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar o’zbek tilida bir necha marta nashr qilingan.
Kalit so’zlar: Parta, Mudira, Deraza, Monastir, Akasiya, so’r, Bibi mariyam
ARTISTIC AND PHILOSOPHICAL FEATURES OF RASHID NURI
The article was first published in 1922 by Rashid Nuri Guntekin’s novel Cholukushi. The play tells the story of a young teacher, Farida, and her love for Komron and a girl who can withstand any challenge. The novel was translated into Uzbek by Mirzakalon Ismaili. The work has been published several times in Uzbek.
Keywords: Parta, Mudira, Deraza, Monastir, Acacia, Sor, Bibi Maryam
Inson adabiy sohaga kirib kelar ekan u insonda yovuzlikka nafrat,ezgulikka muhabbat orta boshlaydi,va siz kitobga mehr qo’yar ekansiz asta sekin qalbingizdagi g’uborlar yuvila boshlaydi.jamiyatda qancha yovuzliklar razilliklar bo’lishi mumkin lekin bu ishlarni she’riyatga adabiyodga mehr qo’ygan inson qilaolmaydi.Adabiyodni ham inson shunchaki tushinib qolmaydi,bu sohani tushinish va anglash uchun ustozlarimiz ko’magi va yordami zarur bo’ladi.
Muhabbatga qurilgan bu asar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Farida o’z xolasining o’g’li Komronni sevib qoladi. Kamron ham uni
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
sevadi, ammo oilaviy shartlarga ko’ra ular birga bo’la olmaydilar. Farida o’qituvchi bo’lib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar so’nggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi. Asar shunday jumlalar bilan boshlanadi: To’rtinchi sinfda edim. Yoshim o’n ikkilarda bo’lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko’raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo’ladi”, — degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi: sho’xligimdan, sergapligimdan bezor bo’lgan murabbiyalarim meni o’rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o’tqazib qo’yishgan edi. Mudira aytgandek, men “dars paytida qo’shnilarimni gapga tutmaslikni, o’qituvchimizning so’zlarini odob bilan tinglashni o’rgangunimga qadar” u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim. Bu asrni o’qiganingizda yoki kinosini ko’rganingizda (1966-yil „Choliqushi” asosida film suratga olingan. 1986-hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial “O’zbektelefilm” kinostudiyasida o’zbek tiliga dublyaj qilingan.) hotira daftarini tutganligiga guvohi bo’lasiz. Ferede o’zining boshidan o’tgan voqealarni yozib boradi.bizning yoshligimizda maktablarda ham shunday kundaliklar bo’lar edi.Bizga ham shu filimdan yoki kitobdan ko’rib yoki o’qib kirib kelgan bo’lsa ajab emas.Ferede o’ziga shunday tariff beradi. Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayrilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havorang ko’zli bo’lmaganini aniq bi- laman. Shunday bo’lgandan keyin, asl qiyofasini o’zgartirib tushuntirishga va bundan mamnun bo’lishga hech qanday kuch meni majbur qilolmaydi. “Nima yozsam ekan?” degan o’y meni qiynardi. Devorda Bibi Maryamning bo’yoqli surati tagiga osib qo’yilgan kakkuli soat tinmay yurib turibdi, men esa hali ham anqayib turibman. Boshim dagi lentani yechdim, sochlarimni sekin-asta ko’zimga tushira boshladim. Bir qo’lim bilan qalamni og’zimga tiqib, uni tilim bilan aylantirib o’tirdim. Faylasuflarning, shoirlarning bir narsa yozib turganda burun qashish, bag’baqalarini cho’zish kabi g’alati odatlari bor-da axir. Qalam tishlab sochimni ko’zimga tushirib o’tirishim ham mening chuqur xayol surayotganligimni bildirishi kerak Xayriyatki, menda xayolotga berilish paytlari juda kam bo’lardi. Aks holda, hayotim ertak- lardagi Chorshanba ayol o’choq onasining hayoti singari chigal-butal bo’lib o’tar edi.Ferede maktab vaqtida bir do’sti bo’lar edi.U bilan dadasi yo’qligida ot minar,ubilan birga o’ynar edi.Qahramonimiz shunday eslaydi: Romanlarda qayg’uga uchragan odamlar yelkasi cho’kkan, ko’zlari so’ngan, harakatsiz, unsiz, yana ham ochiqrog’i, g’arib qilib tasvirlanadi. Menda doimo buning aksi bo’ladi. Qachon og’ir qayg’uga cho’ksam, ko’zlarim porlaydi, chehram ochiladi, terimga sig’may ketaman. Dunyoni pisand qilmaganday, qahqaha urib kulaman, turli sho’xliklar, telbaliklar qilaman. Shu bilan birga ohu zorini yaqin odamiga, boshqalarga ayta-olmaydigan kishilar uchun buni juda yaxshi odat deb hisoblayman.Bu kitob sevgi
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
muhabbatga yo’g’rilgan kiribki,kitobni o’qib turib sevgi dunyosiga tushib qolganday his qilasiz o’zingizni.Kitob so’ngida Farida-shunday deydi Bizning butun sarguzashtlarimiz manashu yerda boshlangan.Bilaman,azizam,sening bu ko’zlarnig shunchlar jafo,shunchalar sargardonliklarni ko’rdiki gaplarimga dardlarimga,albatta tushinadi.Kamron ham yana bir bor unga yoshligida senga muhabbatim bore di sen unda yosh Choliqushi eding deydi.bu gaplarni gapirib kamron terga tushib ketadi.Dardim shu Farida men seni o’zimdan qizg’onaman degan ssexirli so’zlarni aytadi.va ayro ko’ngillar uzoq yillik ayriliqdan so’ng yana uchrashadi va birga hayot kechirishadi.
Birozdan keyin tin oldi:Farida uzoq chanqoqdan so’ng tiniq buloqda miriqib suv ichgan qush singari jonlangan edi.u tipirchilar,shovqin solar,Kamronga ko’rsatmaslik uchun ha deb yuzini uyoq-bu yoqqa tebratar:
-Qanday uyat ish bo’ldi,voy hudo! Sen sabab bo’lding hudo haqqi sen sabab bo’lding! Deb chinqirdi.Yonlaridagi bir darqaxt shoxida esa bir choliqusi tinimsiz sayrar edi.Asar shu jumlalar bilan yakun topadi ikki ayro ko’ngil bir birini visoliga hech ham to’ymas edi.
Xulosa qilib shuni aytisk kerakki, bu asarda sevgi qissasi yaqqol yoritilgan bir qiz taqdiri:O’z taqdiridan qochib uzoq uzoqdagi maktablarga borib dars beradi turli hil qiyinchiliklar,turlixildagi insonlar har xil sharoitlarni ko’radi lekin hayotdan nolimasdan yana olg’a harakatdan to’htamaydi.O’z shanini asrab qolish uchun bir keksa kishiga turmushga chiqadi,hamma uni eri bor ayol deb o’ylashi uchun.Lekin uning turmush o’rtog’i ham o’qimishli inson hayot tajribasiga ega odam bo’lib Faridaning Kamronga muhabbatini ota sifatida tushinadi va o’limi oldidan Kamronga xat yozadi.Bu xatni o’qigan Kamron Faridani topadi va baxtli hayot kechiradi.
• Asar qahramonlari Farida (Choliqushi) (turkcha: Feride (Çahkuçu)) – bosh qahramon
• Komron (turkcha: Kâmran) – Faridaning sevgilisi
• Basima (turkcha: Besime) – Faridaning xolasi, Komronning onasi
• Mujgon (turkcha: Müjgan) – Faridaning xolavachchasi
• Oysha (turkcha: Ay§e) – Faridaning xolasi, Mujgonning onasi
• Munisa (turkcha: Munise) – Faridaning boqib olgan qizi
• Xayrullo (turkcha: Hayrullah) – yoshi keksa doktor
• Sayfuddin (turkcha: Seyfettin) – Komronning otas
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1-Rashid Nuri Guntekin “Kamalak” nashriyoti.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2022
RASHOD NURI GUNTEKINNING CHOLIQUSHI ASARI TAHLILI. – презентация
Презентация на тему: ” RASHOD NURI GUNTEKINNING CHOLIQUSHI ASARI TAHLILI.” — Транскрипт:
1 RASHOD NURI GUNTEKINNING CHOLIQUSHI ASARI TAHLILI
2 Rashod Nuri Guntekin Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul 1956, London) turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Dastlabki asarlari (Eski oshna, 1917; Xanjar, 1918; Sirli qo ʻ l, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri Choliqushi (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. Yozuvchining eng mashhur asari hisoblangan ushbu roman 1922-yilda Vaqt gazetasida bolim-bolim elon qilina boshlangan. Asar birinchi marta yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining ozgartirishlaridan keyin 1937-yilda Choliqushi romani mukammal holga keltirilgan. Choliqushi ishqiy mavzuda yozilgan asar bolishi bilan birgalikda osha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. Choliqushi Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi.
3 Choliqushi Janri: roman Muallif ijodiy metodi: realizm
4 Asarning tematik tasnifi Ijtimoiy-psixologik
5 Asar mavzusi Asarda bosh qahramon Feridening boshidan o`tkazgan kechinmalari hamda Kamronga bo`lgan otashin muhabbati juda chiroyli qilib tasvirlab berilgan. Gururi va sevgisi orasida muntazam kurashni toxtatolmagan Feride uzoq yil gururining sevgisi ustidan qozongan galabasidan azoblanib yashaydi. Asar voqealari bosh qahramonning g`ururi tufayli ko`p yillarini safarda qiyinchiliklar orasida o`tkazgani asosiga qurilgan.
6 Asarning asosiy g`oyasi va leytmotivi Asarda Feridening qaysarligi tufayli o`z muhabbatini tan olmasdan nafratini muhabbatidan ustun qo`yib, g`ururi va sevgisi o`rtasidagi jangi asosiy g`oya sifatida olingan. U hattoki, muhabbatini qalbining tub-tubiga yashirib, o`ziga ham bu haqida oshkor qilishga jur`at etolmasdan qalb og`riqlarini boshidan o`tkazadi. Mana shu kechinmalarga g`ururi, nafrati, qaysarligi sabab qilib olingan.
7 Asar sarlavhasi Asarning bosh qahramoni bo`lmish Feride tabiatan ozod erkin bo`lib yashashni xohlaydigan mard, jasur obraz sifatida talqin qilingan. Shuning uchun ham yozuvchi ushbu asarni Choliqushi deb nomlagan.
8 Portret va personaj tasviri Ko`pchilik asarlardagi bosh qahramon qiz obrazi sodda, ko`ngilchan, muloyim qilib tasvirlanadi. Lekin Rashod Nuri Guntekin Feride obrazini buning aksi qilib yoritgan, ya`ni uni qat`iyatli, jur`atli, mard, o`zini xafa qildirib qo`ymaydigan, hayot qiyinchiliklariga chidamli va shu bilan birga ich ichidan o`zi ham tan ololmaydigan sevgisining asirasi sifatida gavdalantirgan. Kamron obrazini esa buing aksi, biroz bo`shroq, muloyim, qat`iyatsiz lekin shu bilan birga oliyjanob inson qilib tasvirlagan. Yozuvchi tomonidan bu ikki qarama-qarshi obrazlarning psixologiyasi juda kuchli va aniq qilib ochib berilgan. Asardagi voqealar rivojida muallif va bosh qahramon qiz o`rtasida kontrast holatlari ham berib o`tilgan. Ya`ni, Feridening og`ir va mashaqqatli safarlaridagi qiyinchiliklari bilan birga muallif tomonidan ba`zi so`lim joylarning chiroyli tabiati, go`zal bog`lari qushlarning dilga yoqar sayrashlari hamohangligida tasvirlab berilgan. Bu orqali yozuvchi hayot faqat qiyinchilik, kurash va sinovlardan iborat emasligini uning har bir lahzasidan zavq olish kerakligini bildirib o`tgan.
9 Muallif va personaj nutqining o`ziga xos xususiyatlari va badiiy asardagi xalq tili imkoniyatlari Asarda muallif so`z o`yinidan ustalik bilan foydalangan. Asar voqealari asosiy qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ushbu hikoyalariga juda ham ta`sirli, ma`noli bitiklarni bitadi. Misol tariqasida, xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto ozidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun osha bolib otgan noxushliklardan qati nazar, men sening bir parchang edim kabi jumlalarni keltirib o`tish mumkin. Shuningdek, asarda boshqa obrazlar tomonidan xalq tili ham keltirilgan. Ya`ni, harbiy doktor Xayrullohbeyning Ferideni husniga atab aytgan gaplari: Onang sut emizish o`rniga, yuzingni sutga chayganmi, qizim shunchalik ham chiroyli bo`lasanmi xuddi bir qultum suvdek yutib yuborgudek go`zal ekansan bundan tashqari, uning chiroyiga atab Gul ba shakar, ipak qurti kabi nomlarni qo`yishadi. Muallif sodda tilda kitobxonga tushunarli bo`lishi uchun asarni ushbu jumlalar orqali xalq tili bilan boyitgan.
10 Ichki monologning qahramon tuyg`u va kechinmalarini ochishdagi vazifasi Yozuvchi bosh qahramon Feridening holati, uning his-tuyg`ularini Feridening monologlari orqali ochib bergan. Feride koshkdan ayrilgach, salkam besh yil yaqinlaridan ayri yashaydi. Bu holatdan tez-tez shikoyat qilgan Feride musofirlik va yolgizlikdan ancha azoblanadi: Ufqda oqshomning xiralashgan moviyligi uzra sekingina tutayotgan tutunga oxshash toglarni tomosha qila boshladim. Choliqushiga bu toglardan yana musofirlik hidi kela boshladi. Musofirlik hidi, ya`ni asar voqealari Feridening musofirlikda o`tgan kechinmalari va qiyinchiliklari asosiga qurilganligi bois, shunday jumlalarni bitgan. Osha davrda talim sohasidagi tanqid qilingan yana bir jihat oqituvchi maoshining juda kamligi edi. Feride Onadoluda ishlab yurgan paytlarida onasidan qolgan qimmatli buyumlarini sotib kun koradi, puli tugaganda esa hatto och qolgan vaqtlari ham boladi: Men muallimlikni ochlikdan olmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim togri chiqmadi. Bu kasb bir kun ochlikdan oldirishi hech gap emas. Ushbu jumlalardan uning holatini bilib olish mumkin.
11 Ko`p ovozli (polifonik) tasvirning voqealar silsilasiga ta`siri Ushbu ishqiy mavzuda bitilgan romandagi barcha voqealar silsilasi muallif tomonidan emas, balki bosh qahramon Feridening tilidan aytilgan bo`lib, asarda hikoyachilik bosh o`rinda bo`lgan. Bu esa kitobxonni yanada o`sha muhitga tushib qolishi uchun zamin yaratgan, Ya`ni, asar qahramonlarining tashqi ko`rnishi, fe`l-atvori, xatti-harakatlaridan tortib boshidan o`tkazgan kechinmalarigacha va har bir aytib o`tilgan joylarning tasviri, holati juda ham chiroyli, aniq va durdona so`zlardan foydalanilgan holatda yozilgan. Shuning uchun ham bunday jumlalar o`quvchi uchun o`z ta`sirini ko`rsatishga xizmat qiladi.
12 Xronotop Choliqushi romanida bolib otgan voqealar XX asrning ilk choragiga tegishlidir. Feridening Qushadasida yashagan paytda Birinchi jahon urushi dahshatlari asarda ham korinish bermasdan qolmagan. Yozuvchi XX asr boshlaridagi turk xalqi hayotini kop jihatdan mohirona yoritib bera olgan. Roman hayotiy hikoyalarga tayanib yozilgan bolib, asarda tilga oligan qahramonning hayotiy ismi Feride Polatdir. Qushadasidagi uyi restavratsiya qilingan va bugungacha saqlanib qolgan;
13 Tarixiy haqiqat va badiiy to`qimaning asar syujetidagi o`rni Roman badiiy to`qimaga asosida yozilg bo`lib, muallif ushbu asarda o`zi haqida emas balki bir qizning boshidan o`tkazgan kechinmalarini badiiy to`qima obrazlari bilan qog`ozga tushirgan. Choliqushini shunchaki bir ishqiy roman bolib qolishidan qutqargan, ananaviy sevgi-muhabbat mavzusida yozilgan boshqa asarlardan farqi ayni paytda romanning osha davr ijtimoiy holatidan ham hikoya qilishidir. Romanning sotsial jihatini yoritib bergan keng manoli soz bu Onadoludir. Bu sozning mantiqiy dunyosi ichida ham shu hudud hamda shu hududda yashagan insonlar va ularga tegishli muammolar joy olgan. Asarda Onadolu va u yerda yashagan insonlar hayotiga nazar tashlaganimizda yoqsillik, jaholat, yashash zavqidan mahrumlik kabi holatlarga duch kelamiz. Feride bir muddat yashagan Zaynilar qishlogi tasvirlari nafaqat Onadolu, balki osha davrda hukumat tepasida bolgan Usmonli iqtidorining haqiqatlarini ham koz oldimizda qip-yalangoch namoyon qiladi. Zaynilar qishlogi tasvirida asosan yakkam- dukkam kulbalar, taxta uylar,choka boshlagan qop-qora vayronalar, u yer bu yerda tutab yotgan yongin xarobalari kabi ifodalar qollanilgan. U yerdagi oquvchilar ahvoli ham juda achinarli edi. Kitobxon uchun asar syujetida obrazlar timsolida o`sha davrdagi muhit juda aniqlik bilan keltirib o`tilgan.
14 Asardagi motivning badiiy- estetik vazifalari Romanning mahzun va romantik tarzda oziga xos hikoya qilinishiga olim va ayriliq tushunchalarining, ya`ni motivlarining tasiri kuchlidir. Kichik yoshda ota-onasini yoqotgan Feride toyi arafasida qattiq sevgan insoni Kamrondan ayriladi. Sal otib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride ogir xastalik sabab uni ham yoqotadi. Asar songida esa otasiday korgan insoni Xayrullohbey vafot yetadi. Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo konglim yaxshi korgan insonlarimning oliklari bilan liq tola. Feride tilidan aytilgan durdona bitiklar orqali asarda o`lim motivi juda ko`p uchraganligi yaqqol bilinadi. Hamda asar voqealari davomida safar, sinov, to`y xatar, xiyonat kabi motivlar ham o`z o`rnini egallagan.
15 Syujet unsurlari Asarda syujet unsurlaridan biri bo`lgan tugun Feridening xiyonat qurboni bo`lishi orqali ko`rsatilgan. Toyga uch kun qolganda Feride ozlari yashaydigan koshkka kelgan qop-qora yopinchiqli ayoldan Kamronning Yevropadagi ishqiy munosabatlari haqidagi xabari asarning kulminatsion nuqtasi hisoblanadi. Chunki to`y tayyorgarliklari boshlanib ketgan bir vaqtda Feridening kutilmaganda bunday zarbaga uchrashi va o`z uyini tark etishi asar voqealariga tub burilish yasagan. Ana shundan keyin esa voqealar rivoji jadallashib bosh qahramonni Kamrondan olislarga olib ketadi. Shuningdek, Kamron Feridening doktor Xayrullohbeyga aslida yolg`ondan turmushga chiqqanligini asar so`nggida xabar topadi. Asar yakunida esa ikki oshiq qalbning o`zaro topishishi asardagi barcha muammolarning yechimi qilib keltirilgan.
16 Badiiy asar kompozitsiyasi. Qistirma epizod Feridening Zaynilar qishlogida ogir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni oz qiziday suyib ardoqlaydi. Asarda muallif tomonidan qizaloq qistirma epizod sifatida gavdalangan. Ushbu epizod orqali yozuvchi og`ir musibatda qolgan Feridening qalbiga ozroq bo`lsada nur olib kirishni maqsad etgan. Sal otib Munisa bilan yangi hayot boshlagan Feride ogir xastalik sabab uni ham yoqotadi. Munisa asarning faqat ma`lum bir qismida paydo bo`lib yana g`oyib bo`lishi tufayli u asarda qistirma epizod hisoblanadi.
17 Asarning lingvistik tahlili: Frazeologizmlar. Sınıfa derin bir sükût çökmüstü, sinek uçsa işitilecekti – Pashsha uchsa eshitilar edi. Ya`ni, bu yerda sinf sukunatga cho`kdi, jim-jitlik ma`nosida qo`llanilgan. Bülbül gibi söylüyor Fransızcayı maşallah – Fransuzchani bulbulday sayraydi- ya, yo olloh! Bulbulday sayraydi iborasi tili biyron, gapga chechan ma`nosida aytilgan. Allah belanı versin, aslan gibi çocuğu berbat ettin, dedi – Xudo jazoingni bersin! Oyday qizni xarob qilding, – dedi Tarjimon bu orinda aslan gibi iborasini soglom manosini ochib berish uchun ozbekcha oyday qiz iborasini qollagan. Yolda hazırladığım kurt masalını okudum – Yolda bir yolgon toqib qoygan edim. Turk tilida kurt masalını okumak iborasi ishonchsiz bahonalar, yolgonlar bilan gapirmoq manosida qollaniladi.
18 Turnayı gözünden vurdu, dedi – Turnaning naq kozidan uribdi- ya! – dedi turk tilida kutilmaganda juda qimmatli biron narsani qolga kiritmoq manosida turnayı gözünden vurmak iborasidan foydalaniladi. Sabahtan akşama kadar durmadan söylenen geveze Çalıkuşu, dut yemiş bülbüle dönmüştü. – Ertadan-kechgacha tinmay gapiradigan mahmadana Choliqushi, tut yegan bulbuldek, ogzini ocholmay qoldi Keltirilgan parchada asliyat tilidagi dut yemiş bülbüle dönmek frazeologik birligidan avvallari juda kop gapiradigan, xushchaqchaq, mahmadana Choliqushining mutlaqo gapirmaydigan bolib qolish holatini tasvirlash uchun foydalanilgan. Tarjimon uni ozbek tiliga komparativ frazeologizm korinishida tut yegan bulbuldek deb sozma-soz tarjima qilgan va ibora manosiga aniqlik kiritish maqsadida tarjima matniga qoshimcha tarzda ogzini ocholmay qoldi frazeologizmini kiritgan.
19 Kasb-hunarga oid so`zlar Muallima Doktor Tarbiyachi Suvori mayor Askar Enaga Xizmatkor Bog`bon Tikuvchi Duradgor Bo`yoqchi Oshpaz
20 Toponimlar-Joy nomlari Istanbul Karbalo Diyorbakir Musulga Xonikin Bagdod Qalandar Onadolu Bursa Zaynilar Chanoqqala Izmir Qushadasi
21 Asardagi milliy kolorit Ushbu asarda milliy urf-odatlardan unashtiruv va to`y marosimlari haqida ham so`z borgan.Misol tariqasida asardan keltirilgan ushbu parchalarda unashtiruv va to`y haqida yozilgan: Холам менга атаб бир узук буюртирибди. Комрон билан унашилганимиз нишонаси қилиб тақиладиган бу узук менинг яра-чақа бармоғимга яқинлаштириб бўлмайдиган даражада ажойиб, кўз олғувчи эди. Чорбоғ бўёқчилар, дурадгорлар, бичиқчилар ва узоқ ерлардан ётадиган бўлиб келган қариндошлар билан гоҳ тўлиб, гоҳ бўшарди. Ҳар ким ўзига яраша бирон иш билан банд эди.Улар ҳозирдан таклифнома ёзиш, каму кўстларни сотиб олиш учун бозорга қатнаш, кийим тикиш билан машғул. Yuqoridagi gaplardan ma`lumki, muallif milliylik ruhini anglatuvchi to`y marosimlariga e`tiborini qaratgan.
22 Badiiy asardagi konflikt Choliqushi romanida konfliktning inson-inson ko`rinishidagi turi bosh qahramonlar talqinida juda ham aniq qilib ko`rsatib berilgan. Ya`ni Feride va Komron o`rtasida kelishmovchilikning boshqa asarlardan farqli tomoni shundaki, ular o`rtasida hech qanday urush, janjallar bo`lmaydi, aksincha Feride asar voqealari davomida undan qochib yuradi va ich-ichidan unga bo`lgan nafrati muhabbati ustidan qilayotgan g`alabasi Komronga bo`lgan konflikti qilib ko`rsatilgan. Shuningdek, asarda inson-tabiat va inson-jamiyat ko`rinishdagi konflikt turlari Feridening uzoq safarlari mobaynida ko`rsatilgan. Misol qilib, safarlaridan birida qabriston yonidagi uyda turganida va zimiston ko`chalarda boshqa joylarga qilgan safarlarida qo`rqishlarini keltirish mumkin. Inson-jamiyat konfliktini esa Feridega odamlar tomonidan qilingan tuxmatlar orqali bilish mumkin.
23 Folklor namunalari Muallif asarni yanada boyitish uchun turli xil maqol, afsona va hikmatli so`zlardan foydalangan. Misol qilib ushbu asar ichidagi rivoyatlarni keltirish mumkin: Ёш болалигимда бир эртак эшитганман. Билмайман, қайси бир ёш султонни олиб қочиш учун узоқ тоғ орқасидан бир лашкар йўлга чиқибди. Аскарлар кундузлари ғорларга кириб яширинар, кечалари йўл юрар эканлар. Қоронғида биров кўриб қолмасин, деб эгниларига қора кафан кийиб олишаркан. Шу тахлит ойларча йўл юришгандан кейин шаҳарни босмоқчи бўлиб туришган кечада ёш султонга худонинг раҳми келибди-ю, қоронғиликда яшириниб, пусиб келаётган бу қора кафанли тун қўшинини тошга айлантириб юборибди. Зайнилар аслида кимлар экан, Хатича хоним? деб сўрадим. Мен ҳам билмайман, қизим, бу қишлоқ азалдан ўшаларники эмиш. Ҳозир минораларидан бошқа ҳеч нарса қолмаган. Худо раҳмат қилсин уларни. Зайни ота уларнинг улуғи экан. Ҳеч ким тузата олмаган касалларни шу ерга келтиришади. Мен бу ерга битта шол хотинни кўтариб келганларини биламан. Қайтишда ўз оёғи билан юриб кетди. Зайни отанинг сағанаси қабристоннинг этагида, каттакон бир сарви дарахтининг тагида экан. Хатича хоним ҳар куни кечаси сағанага кириб, учта чироқ ёқиб чиқар экан: бирини дарахтнинг тагига, иккинчисини эшикнинг ичкари томонига, учинчисини эса қабрнинг бош томонига қўяр экан. Ushbu rivoyatlar orqali asar yanada qiziqarli va kitobxonni o`ziga jalb qilish uchun ishlatilgan.
24 Aforizm Inson ozi yashagan joylarda kongliga yaqin olgan insonlarga korinmas simlar bilan boglangan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholgu simlariday xazin ovoz chiqaradi. Ushbu aforizmda Feridening Komrondan ayriliqda o`tkazgan azobli kunlarining holati tasvirlangan. Inson kimnidir sevib qolsa, falokatga uchraganida asirga olinganday boladi. Ya`ni muallif ushbu so`zlar orqali bosh qahramoni uchun sevgi faqat azob-uqubat olib kelganini bildirmoqda. Odamzot eng kop sevgan kishisi bilan sinaladi; Haqiqiy muhabbat orada qanchalik tosiqlar bolishidan qati nazar aslo yoqolib ketmaydi. Ya`ni muallif chin muhabbat so`nmas, abadiydir demoqchi. Gamda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan kamroq zulmkor boladi. Ushbu hikmatli so`zlardan bosh qahramonning boshiga tushgan azob-uqubatlaridan saboq chiqarganini va shu kunlariga ham shukr qilayotganini bilish mumkin.
25 Asardan olingan taassurotlar Sof va so`nmas sevgini tarannum etuvchi Choliqushi asaridan men juda ham boy tassurotlarga ega bo`lganman. Ya`ni, ham sevgi-muhabbat, hamda bir mojaro romani sifatida etirof etishimiz mumkin bolgan Choliqushi romani oquvchiga yaqin sozlashuv tilida yozilgan va aynan shu sababga kora ham sevib oqiganman. Tasvirlarning rang-barangligi va kopligi uchun o`zimni xuddi voqealar orasida hayolon his qilganman. Ayniqsa ruhiy holatlarni mukammal oxshatishlar bilan ifodalagan yozuvchi tabiat hodisalari tasvirlaridan kop va orinli foydalangan. Bosh qahramonlarning o`ziga xos xarakteri, dunyoqarashi hamda o`zgaruvchan syujet meni o`ziga rom etibgina qolmay, balki bu asar qalbimda muhrlanib qoladigan sevimli asarlarim sirasiga kirgan. Shuningdek, ushbu asar har bir kitobxon uchun odob o`rganish mumkin bo`lgan durdona hamdir. Asarning baxtli yakuni esa yuqorida bo`lib o`tgan yomon kunlarga nuqta qo`yilgani bilan menga juda manzur bo`lgan. Xulosa o`rnida esa shuni aytishim mumkinki, Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub Choliqushi romani har bir kitobxonni qalbidan joy oladigan durdona asardir.
26 E`tiboringiz uchun rahmat
Qiziqarli malumotlar
RASHID NURI GUNTEKIN“CHOLIQUSHI” ASARI BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»