DO`STLARGA ULASHING:
Rangli soyabonlar kuni
Aytishlaricha, turli xil rangdagi soyabonlar Andersen ertagi qahramoni Ole Lukoyeda bo’lgan ekan. Ole Lukoye gapga quloq soladigan bolalar boshiga tutarkan, shunda bolalar yaxshi tushlar ko’rishar ekan. Biz esa soyabonlarni kuz faslida tutamiz, chunki boshimizni yomg’irdan asrash kerak. Qulupnoyli soyabon sho’x, yashil rangligi maysani anglatadi, havo rangligi osmon ramzidir, olovrangligi kuz faslini anglatadi. Biz azaldan soyabonlardan yomg’ir kunlari saqlanishga odatlanganmiz, lekin oldindan soyabonlar oftob nurlaridan saqlanish uchun mo’ljallangan edi. Soyabonlarning qachon va kim tomonidan kashf etilganligi ma’lum emas, lekin ularning tarixi juda uzundir, Ma’lumotlarga ko’ra soyabonni birinchi bo’lib xitoyliklar kashf etishgan, bu eramizdan avvalgi XI asrda bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha birinchi soyabonlar qadimgi Vavilon va Misrda quyoshdan himolovchi vosita sifatida foydalanilgan. Qadimda Uzoq Sharqda soyabondan faqatgina qirollik oilasiga mansub kishilar oliy martabi egalari foydalanishgan. Yevropada soyabondan birinchi bor Qadimgi Misr aholisi foydalangan. Ammo ayrim manbalarga ko’ra yomg’irda soyabondan foydalangan xalq rimliklar edi. O’rta asrlarda soyabon ishlatish ozgina susaydi, keyin u yana XVI da Italiyada paydo bo’ldi va soyabon hukmdorlar belgisi sanala boshlandi. 1680-yillarda soyabon Fransiyada keyinchalik Angliyada ham paydo bo’lgan. XVIII asrda soyabon yomg’irdan himoya sifatida butun Yevropada ishlatila boshlandi. Shu davrlar mobaynida soyabonning shakli uncha o’zgarmagan, faqatgina biroz yengilroq bo’ldi. Ayollarga xos bo’lgan turli rangdagi soyabonlar esa XX asrda chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda bahor va kuz oylarida soyabondan unumli foydalanish juda ommalashgan. Hozirda istagan paytda turli rang va shakldagi soyabonlar harid qilib, ulardan unumli foydalanish mumkin.
Shuningdek, 21-oktyabr Marshall orollari mustaqillikka erishgan kun