RAGʻBAT

RAGʻBAT

RAGʻBAT — inson histuygʻulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam beruvchi, uni faollikka undovchi psixik taʼsir. U javob reaksiyasi sifatida shaxsga taʼsir oʻtkazishning vositasi vazifasini bajaradi. Shu bois Ragʻbat ham sabab, ham oqibat rolini oʻynaydi. Bixeviorizmsz. Ragʻbat bilan reaksiya munosabati tashqi taʼsir (muhitdagi oʻzgarishlar), organizmning harakatlarga javob reaksiyasi sifatida talqin qilinadi. Ragʻbatni motiv (ichki turtki) bilan aynanlashtirish mumkin boʻlmasada, baʼzi holatlarda Ragʻbat ichki turtkiga aylanishi xam mumkin. Psixologiyada Ragʻbat inson ruhiyatiga, bilvosita dunyoqarashiga, hissiyotiga, kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga ijobiy taʼsir oʻtkazishdir. Ragʻbat moddiy va maʼnaviy mazmunga ega boʻlib, shaxsning faoliyat samaradorligi ortishiga xizmat qiladi.

Ensiklopediya.uz
RAGʻBAT