Qushcha bilan suv kalamushi

Qushcha bilan suv kalamushi

Qushcha bilan suv kalamushi

DO`STLARGA ULASHING:

Kunlardan bir kuni suv kalamushi bilan qushcha birga yashashga shartlashibdilar. Kalamush qishda qushchani o‘z uyasiga qo‘yishga, to‘plagan ovqatlari bilan uni qish bo‘yi boqishga va’da beribdi. Evaziga bahorda — kalamush uyasini suv bosganda unga o‘z inidan joy beradigan, turli qurt-qumursqalar bilan boqadigan bo‘libdi.
Qushcha o‘z so‘zida turib, bahor va hatto yozda kalamushni rosa boqibdi. Inidan joy beribdi. Kalamush shu qadar o‘zini erkin tutibdiki, bechora qushchaning olib kelgan taomlarini tanlab yeyishga o‘tibdi.
Bu orada qish kelibdi. Qor yog‘ibdi. Og‘aynilar kalamushning iniga ko‘chib o‘tishibdi. Ammo kalamush qushchani o‘lganining kunidan zo‘rg‘a, chala-chulpa boqa boshlabdi. Mezbon ko‘pincha daraxtlarning ildizini topib kelar ekan. Bunday taomni yeyishga o‘rganmagan bechora qushcha ozib ketganidan qimrlashga madori qolmabdi. Oxiri chiday olmasdan shunday debdi:
— Men seni rosa mehmon qildim. Xohishingga qarab yedirdim, ichirdim. Sen bo‘lsang meni sarqit bilan boqayapsan. Shu ham ish bo‘ldimi? Kelgusi yili sen bilan turmayman.
Bu gap Kalamushga yoqmabdi:
— He, firibgar, qallob! — deb baqiribdi Kalamush yoqimsiz ovoz bilan. — Qish bo‘yi menga kun bermading, shilib yotding. Rahmat deyish o‘rniga yana hasrat qilasan!
Kalamush tirnoqlari bilan qushchaning boshini timdalab ham olibdi. Shundan keyin qizil boshli Qushchalar paydo bo‘lgan ekan!

Qushcha bilan suv kalamushi