Quloq bitishi — sabablari, tashxislash va davolash usullari haqida malumot
Quloq bitishi – yoqimsiz va normal hayot tarziga halaqit beradigan holat. Quloqlarni toza holda saqlaganda ham quloq bitishi kuzatilsa, bu jiddiy kasallikdan dalolat beradi. Xo‘sh, bunday holatda nima qilish kerak? Shunchaki, ertaroq chora ko‘rish zarur.
Quloqlar murakkab tuzilgan a’zolardan biridir. Quloq bilan halqumni bog‘lab turgan Yevstaxiy nayi o‘rta quloqqa ochilgan bo‘ladi va u bosimni me’yorda ushlash uchun xizmat qiladi. Agar qandaydir sabab bilan ushbu nay berkilib qoladigan bo‘lsa, o‘rta quloq bosimga adaptatsiya qila olmay qoladi. Shuning uchun nog‘ora parda ichki tomonga qiyshayadi va quloq bitishi kelib chiqadi.
Nima uchun quloq bitadi?
Ko‘pincha quloq bitishiga sabab atrof muhit bosimi o‘zgarishi, masalan samalyotda uchganda yoki suv ostiga sho‘ng‘iganda. Ba’zida odatiy kichik ko‘rsatkichlardagi bosim o‘zgarishlarida ham quloq bitishi mumkin, masalan ko‘prikka tezlik bilan ko‘tarilganda yoki metroga tushganda.
Ko‘pchilik odamlarda quloqlar shamollaganda bitadi. Bunga sabab halqum yo‘llarining yallig‘lanishi va shishi natijasida Yevstaxiy nayining berkilib qolishidir.
Agar quloq bitsa va og‘risa, bunday belgi kelib chiqishiga asosiy sabab otit kasalligi bo‘la oladi. Tashqi otit tufayli quloqlar kam hollarda bitadi, ammo o‘rta va ichki otitlarda bu simptom yaqqol namoyon bo‘ladi.
Quloq bitishi sabablari
- Eng ko‘p uchraydigan holat, quloqning oltingugurt to‘planib qolishi tufayli bitib qolishi;
- Quloq bitishi arterial gipertenziyada ham kelib chiqadi. Qon bosimi oshishi qon tomirlarning torayishi (spazmi) ga olib keladi, bu esa quloq bitishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘iga olib keladi;
- Quloqdagi yot jismlar, masalan quloqni paxta bilan tozalayotganda ehtiyotkorsizlik, yoki quloq ichiga tasodifan hasharotlar kirib ketishi;
- Cho‘milgan paytda quloqlarga suv kirib qolishi va u yerda qolib ketishi sababli quloq bitishi;
- Ayrim dori preparatlarini qabul qilganda paydo bo‘ladigan quloq bitishi. Agar siz dori prepratlari qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, uning qo‘llanmasi bilan tanishib chiqing, ayniqsa nojo‘ya ta’sirlari haqida bilib oling;
- Adenoidit – burun halqum yo‘lidagi bodomchasimon bezlarning yallig‘lanishi, quloq nayiga o‘tib ketishidan quloqlar bitishi;
- Quloq bitishi eshitish qobiliyatining sustayishida ham kuzatiladi. Bunday holatda quloqlarning ovozni qabul qilish va o‘tkazishi qobiliyati buzilishi tufayli quloqlar bitishiga o‘xshash simptom beradi;
- Hayratlanarli jihati, homilador ayollarda ham quloq bitish holatlari kuzatilib turadi. Buni organizmda suyuqlikning ushlanib qolishi, a’zolarda qon bilan ta’minlanish oshishi, umumiy aylanayotgan qonning ko‘payishi va qon tomirlarning kengayishi bilan tushuntirsa bo‘ladi;
- Burun to‘sig‘i qiyshiqligini to‘g‘irlaganda kelib chiqadigan quloq bitishi.
Quloq bitishini tashxislash
Quloq bitsa nima qilish kerak? Avvalo shifokor-otolaringolog ko‘ruvidan o‘tish zarur. Ba’zi hollarda oddiy shifokor ko‘ruvi ham kasallik sababini aniqlab olishga imkon beradi. Shunday bo‘lsada, kasallik aniq sababini aniqlab olish uchun bir qator tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak. Masalan, burun-halqum yoki yevstaxiy nayidagi yallig‘lanishni aniqlash uchun rentgenografiya o‘tkaziladi. Bundan tashqari, timpanometriya va audiogramma tekshiruvlari ham samarali hisoblanadi.
Quloq bitganda nima qilish kerak?
Demak, quloq bitdi, nima qilish kerak? Davo choralari kasallikning asl sababini yo‘qotishga qaratiladi. Ular quyidagila bo‘lishi mumkin:
- Agar quloq bitishi shamollash asoratida kelib chiqqan bo‘lsa, barchaga ma’lum bo‘lgan oddiy burun tomirlarini toraytiruvchi tomchilardan foydalaniladi. Odatda tomchilar bitgan quloq tomonidagi burun teshigiga tomiziladi va shu yonboshga yotiladi, shunday yo‘l bilan tomchilar halqum orqali quloq nayiga yetib boradi, shishni kamaytirib quloq bitishidan halos etadi.
- Agar quloqlar bosim o‘zgarishi bilan bog‘liq holda bitsa, undan halos bo‘lish uchun bir necha usullar bor. Bulardan biri – aktiv “esnash”, ya’ni og‘izni katta ochish halqumni qisqartiradi. Burun bo‘shlig‘ini tozalash, ya’ni kuchli burunni qoqish. Yana bir usul burunni qo‘llar bilan berkitib nafas chiqarishga harakat qiling, shunda havo burundan chiqmay Yevstaxiy nayini kengaytiradi. Bundan tashqari, kuchli yutinish ham yordam berishi mumkin. Ba’zilarni saqich chaynash yoki shirinliklar so‘rish ham quloq bitishidan halos etadi.
- Agar quloqda oltingugurt to‘planib qolgan bo‘lsa, quloqni undan tozalash kerak. Ko‘pchilik uni yo‘qotish uchun vodorod peroksid eritmasidan foydalanadi, lekin bunda ehtiyotkorlik talab etiladi. Yaxshisi paxtaga bir necha tomchi eritmadan tomizib, quloq ichiga yarim soatga qoldirish kerak. Undan keyin paxtani olib tashlab, quloqdagi oltingugurt erib paxtaga so‘rilganini ko‘rishimiz mumkin. Ammo mutaxasislar maxsus tomchilardan foydalangan ma’qul deyishadi.
- Agar quloq ichida suv kirib qolib ketgan bo‘lsa, uni tezroq yo‘qotish kerak. Chunki u infeksiya ko‘payishi uchun sharoit bo‘lib hisoblanadi. Quloq ichiga quruq paxta joylashtiriladi va unga suv shimiladi. Paxtali tayoqchalardan foydalanayotganda ehtiyot bo‘lish kerak, ular chuqur kiritilganda nog‘ora pardani zararlab qo‘yishi mumkin.
Agar quloq bitsa va og‘risa nima qilish kerak?
Bunga sabab otit bo‘lsa, kasallikning darajasi va turiga, hamda uni chaqirgan sababni yo‘qotish kerak. Agar kasallikka sabab bakteriyalar bo‘lsa, shifokor ko‘pincha mahalliy antibiotik davo buyuradi. Kuchli og‘riq kuzatilsa, analgetiklar qabul qilsa ham bo‘ladi. Yallig‘lanishni yo‘qotish uchun yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolanadi. Har qanday dori preparatlarni qat’iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish shart. Chunki ba’zi preparatlar nog‘ora parda shikastlanishida qarshi ko‘rsatma bo‘ladi.
Qon bosim oshganda (gipertoniyada) shifokor buyurgan qon bosimini tushiruvchi preparatlarni qabul qilish tavsiya etiladi.
Agar quloqda yot jism turganligiga shubha qilsangiz, uni o‘zingiz mustaqil olishga harakat qila ko‘rmang! Siz nog‘ora pardani shikastlab qo‘yishingiz va yot jismni ichkariroqqa kirg‘azib yuborishingiz mumkin. Malakali shifokorga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Ba’zi holatlarda sizga: elektroforez, yevsataxiy nayini yuvish ham yordam beradi.
Esda saqlang, agar quloqlar bitganda hech qanday chora ko‘rmasangiz va shifokorga murojaat etmasangiz og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Salomat bo‘ling
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
1 ml Eritma tarkibida: faol modda: ksilometazolin gidroxloridi 1 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suvli, natriy xlorid, dinatriy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.tozalangan suv
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
Quloq bitishi — sabablari, tashxislash va davolash usullari