QORATANLILAR

QORATANLILAR

QORATANLILARqoʻngʻizlar oilasi. Uz. 2—50 mm, tanasi qoʻpincha qora, baʼzan metall ran-gida tovlanuvchan yoki alvon rang dogʻli boʻladi. Orqa qanotlari, odatda, boʻlmaydi; ustqanoti qoʻshilib oʻsgan. Koʻpchilik turlari oʻtkir hidli suyuqlik chiqaradi. Qurtlari (soxta simqurtlar) tanasi choʻziq, silindrsimon, qattiq, koʻpincha qorni ustida tikanlari boʻladi; qirsildoq qoʻngʻizlar qurtlari simqurtlarga oʻxshaydi. 15000 dan ortiq turi bor; keng tarqalgan, ayniqsa, qurgʻoqchilik min-taqalarida koʻp uchraydi. Oʻzbekiston faunasida 300 ga yaqin turi maʼlum. Qoratanlilar va ularning qurtlari, odatda, oʻsimlik qoldiqlari, ayrim turlari yashil oʻsimliklar toʻqimasi bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari oziq-ovqat zaxiralariga ziyon yetkazadi.

Ensiklopediya.uz
QORATANLILAR

Оставьте комментарий