QORASUV

QORASUV

QORASUVQashqadaryo viloyatidagi soy. Oqsuv daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 33 km, havzasi mayd. 139 km2. Mavsumiy qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,43 m3/sek. Koʻp suvli yillarda suv sarfi 2,85 m3/sek. (1969-y.), kam suvli yillarda 0,75 m3/sek. gacha oʻzgaradi (1965-y.). Eng koʻp suv sarfi (30,6 m3/sek.) 1954-y. 9 apr. da qayd etilgan. q. suvidan ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
QORASUV