QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

Annotatsiya: maqolada tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilishda Qizil kitobning ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

Kitob: kecha va bugun.

Menimcha, kitobning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida ko’p gapirishning hojati yo’q. Oldingi yozilgan maqolalarimda ham kitob haqida to’g’ridan to’g’ri bo’lmasa-da, ko’p gapirdim. Gapiramanamda! Axir bu kitobku!

Bugungi vazifam sal boshqacharoq: bugun KITOBning o’zi, ya’ni uning moddiy jihati haqida so’z yuritmoqchiman. Qalay? Ma’qulmi?

UNESCO tashkiloti bergan ta’rifga ko’ra, 48 va undan ko’p sahifaga ega bo’lgan bosma nashr sharafli KITOB degan nomga ega bo’la oladi. Bugunda biz kitob deganda ustiga matn bosilgan va bir jildga jamlangan qog’oz to’lamini tasavvur qilamiz (albatta, turli tuman muqovalar bilan). Kitob doimo shunday shaklga ega bo’lganmi, degan savolga Andijon shahar Xalq Ta’limi Boshqarmasiga qarashli 14-o’rta maktabning 5-sinf o’quvchisi ham “Yo’q!” deb javob bera oladi.

Insoniyat ixtiro qilgan ilk g’ildirak bilan hozirgi eng oxirgi rusmdagi avtomobil o’rtasida qanday farq bo’lsa, birinchi kitob va zamonaviy kitob o’rtasida ham shunchalik katta farq bor.

Biz bugun inson bolasi ko’z bilan ko’rib, qo’li bilan ushlay oladigan shakldagi kitoblar haqida so’z yuritamiz. Biroq, buni amalga oshirish uchun KITOB so’zining mag’zini chaqish lozim avvalo.

Hamma biladiki, o’zbek tilidagi KITOB so’zi arab tilidan kirib kelgan bo’lib, YOZUV degan ma’nini bildiradi. Axir, kitob bo’lgandan keyin, yoziladida, to’g’rimi?

Ingliz tilidagi BOOK so’zi qadimgi normand tilidagi “BӦKA” so’zidan olingan bo’lib, “HARF” degan ma’noga ega. Harf ham borib yozuvga taqaladi.

Rus tilidagi “КНИГА” so’zining kelib chiqishini o’rganib hayron qoldim. Bu so’z turkiy tildan kelib chiqqan bo’lib “KUIN BITIG” ya’ni “QOG’OZ O’RAMIGA YOZILGAN YOZUV” degan ma’noni bildirar ekan. Demak, ruscha so’z unchalik ham begona emas ekan bizga.

Eng birinchi kitob qanday shaklga ega? Menimcha ilk kitoblar qoya toshlai va g’or devorlari shakliga ega:

Aynan shu “kitoblar” orqali biz eng qadimgi insonlar haqida bilim olamiz. Aynan shu kitoblar ular tomonidan YOZIB qoldirilgan. Balki tarixchilar fikrimni rad qilishar, lekin menimcha bunday qoya toshlardagi kitoblar dunyo bo’ylab keng tarqalgan.

Insoniyat taraqqiyotida katta ahamiyat tutgan kitob (yozuv) turi bu mix-xatlar bitilgan tosh, sopol, loy lavhalar bo’lib, ular Mesopotamiyada yaratilgan. Ularning noyob namunalari Luvr va Britaniya muzeylarida saqlanadi, o’zim ko’rganman.

Eng qadimgi madaniyat egalari bo’lmish misrliklar papirusdan yozuv materiali sifatida foydalangani yaxshi ma’lum. Papirus Nil daryosida o’suvchi qamishdan olingan bo’lib, juda qimmatbaho bo’lgan. Shuning uchun ham qadimgi Misrda faqat boy odamlarning farzandlarigina o’qiy olgan. Bizchi. Arzon kitob va qulay sharoitlarda ham… a?

Kitobning yana bir mashhur shakllaridan biri bu qog’oz o’rami shaklidagi kitoblardir. Hozirda bunday kitob shakli yahudiy dinining muqaddas kitobi – Tavrotda o’z aksini topgan bo’lib, bu kitob qadim an’analarga muvofiq, odatda o’ram shaklidagi qog’ozga yozib kelinadi.

Kitob haqida so’z borar ekan, qadimgi Hitoyni eslamaslikning iloji yo’q. Chunki hozirgi kundagi ko’pchilik taraqqiyot omillari aynan shu ko’hna o’lkada kurtak otgan. Bunda albatta kitobning o’rni katta. Hitoyning qadimgi kitoblari sizu bizning kitob haqidagi tasavvurimizga zid tarzda qamish tahtachalarga yozilgan va ip bilan o’ralib, bir majmuaga jamlangan.

Vaqt o’tishi va taraqqiyot jadallashi barobarida kitob tobora bizga tanish shaklga yaqinlashib kelgan. Biroq, hali ham kitob chop etish uchun qog’ozdan foydalanishga ancha qovun pishig’i bor edi.

Muqaddas kitobimiz Qur’oni Karim avvalida teri, suyak kabi unsurlarga yozib borilgani ma’lumdir. Halifa Usmon tomonidan jamlangan Mus`haf – Qur’on ham garchi shaklan bizga tanish kitob bo’lsada, teriga yozilgan. Bu bebaho hazinaning aynan Vatanimizda ekanligi qanday yaxshi!

Qog’ozga yozilib, bugungi shaklga kelgan kitoblar uzoooq muddat qo’lda yozilgan. Bu juda katta mehnat va chidam talab qilgan. Shuning uchun ham tarixda kitoblar juda qimmatbaho matoh hisoblanib, ulardan faqat sanoqli odamlar foydalana olgan. Aytishlaricha, Ibn Sino hazratlari kitob yazsalar, 10-15 nafar xattotni ziyofatga chaqirar ekanlar. Ziyofatdan keyin, u zot aytib turar, xattotlar esa yozar ekanlar. Shunday qilib, bir kechada kitobning 10-15 nusxasi paydo bo’lar ekan.

Sizu biz odatlangan shakldagi bosma kitoblar 1440 yilgi Iogann Gutenberg ixtiro qilgan kitob bosish uskunasi ishga tushgach paydo bo’la boshlagan. Bu ixtiro kitobning tan narxini pasayishi va ko’proq odamlarning kitob o’qiy olishiga imkon yaratgan.

Bugungi kunga kelib esa, kitob nashr qilish texnologiyalari shu darajada taraqqiy etdiki, muallif o’z asarida eng aql bovar go’yalarni ham osonlik bilan ro’yobga chiqarishi mumkin. Eng asosiysi – kitob hamma yerda va kitob hamma uchun.

Mening nazarimda eng zamonaviy kitob shakllari bu electron va audio kitoblar bo’lib, ular faqat electron uskunangizda megabayt hajm egallaydi xolos. Kompyuteringizga ming minglab kitoblarni saqlab olishingiz mumkin shu tufayli. Shaxsan menda 5000 ta electron kitob bor. Audio kitoblarni sanamanganman.

Qarang-a, insoniyat o’zi to’plagan ilmni keyingi avlodlarga qoldirish uchun qanchalik mashaqqatli yo’lni bosib o’tgan! Shuning uchun ham, o’z insoniylik burchimizni ado etish uchun o’qishimiz kerak. O’qishdan bo’shagan chog’larimizda yana o’qishimiz kerak.

QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — To’Rayeva Barno Razzoqovna

Annotatsiya: maqolada tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilishda Qizil kitobning ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по искусствоведению , автор научной работы — To’Rayeva Barno Razzoqovna

ZOMIN MILLIY TABIAT BOG‘INING BIOLOGIK XILMAXILLIGI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI

TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH, EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
TUPROQNI SHO’RLANISH OLDINI OLISH VA UMUMDORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
TABIAT BERGAN KASALLIKLARNING DAVOSI TABIATNING O’ZIDA
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

To’rayeva Barno Razzoqovna Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, 65-maktabning biologiya fani o’qituvchisi

Annotatsiya: maqolada tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilishda Qizil kitobning ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so’zlar: tabiat, tabiiy fanlar, flora va fauna, Qizil kitob, muhofaza, ekologik bilim, turlar, o’simliklar, hayvonlar.

Ekologik ta’limni eng avvalo uzluksiz ta’lim tizimini barcha bo’g’inlarida ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarining ekologik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning zaruriy shartidir.

Umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarni tabiatga va atrof-muhitga munosabatini shakllantirish, dars va darsdan tashqari to’garak mashg’ulotlarida amalga oshirish, ya’ni yer shari flora va faunasini rivojlanish bosqichlari hamda o’zgarishi kabi masalalarni yechimini topishda muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiatda bo’layotgan salbiy va ijobiy o’zgarishlar va ularni kelib chiqish sabablari oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir.

O’quvchilarga yer sharida hayot paydo bo’lgandan to hozirgacha yashagan o’simlik va hayvonot dunyosini rivojlanish tarixi, qirilib ketgan hayvonlar turlari, ularni yo’q bo’lish sabablarini batafsil ochib berish zarur. Yer sharida hozirgacha qirilib ketgan hayvonlarni yo’q bo’lib ketishiga evolyutsion jarayonlar sabab bo’lsa, ya’ni iqlim va landshaftlarni o’zgarishi, XVII asrga kelib tabiatdagi salbiy o’zgarishlarni asosiy sababi insonlar sonini tinmay oshib borishi tufayli tabiiy resurslardan xo’jasizlarcha foydalanish, yerlarni o’zlashtirilishi, o’rmonlarni kesilishi, yer usti va yer osti tabiiy resurslaridan ayovsiz foydalanishning oshib borishi, hayvonlarni ov qilishning ko’payishi bilan bog’lash mumkin. Bunday holatning intensiv rivojlanishi hayvonlar yashash muhitini qisqarishi va ov jarayonlari ularni sonini keskin kamayib ketishiga olib keldi va natijada yovvoyi hayvonlar soni 80 % gacha qisqarib ketdi.

Yer shari hayvonot dunyosini himoya qilish va uni asl holicha saqlab qolish insoniyat oldida muhim dolzarb vazifa bo’lib qoldi, natijada milliy bog’lar, qo’riqxonalar tashkil etila

boshladi. Qo’riqxonalar tashkil etishda mashhur ekolog, biolog, geograf olimlarning hissasi katta bo’ldi. Hayvonlar soni va turini doimiy nazorat qilish kamayib qolgan, yo’qolib ketish xavfi bo’lgan turlarni saqlab qolish va himoyaga olish insoniyat oldida dolzarb masaladir.

Sayyoramizda hayvonlarni muhofaza qilish borasida tabiatshunos, ekolog olimlar tashabbusi bilan 1948 yilda ko’p davlatlar ishtirokida “tabiat va tabiiy resurslarni qo’llash xalqaro ittifoqi” tuzildi. 1949 yilga kelib bu ittifoq tashabbusi bilan “saqlab qolish komissiyasi” tuzildi.

Taniqli ekolog Piter Skot tashabbusi bilan Xalqaro “Qizil kitob” tashkil bo’ldi. “Qizil kitobni” birinchi nashri 14 yilda tayyorlandi va unda qizil-yo’qolish xavfi kuchli, areal yo’qolib borayotgan turlar-oq varaqlarda tasvirlanib, turlarni tarqalish kartalari ilova qilindi. Xalqaro “Qizil kitob”ni ikkinchi nashri 1966-1971 yillarda 3 tomdan iborat bo’lib, unda turlar yo’qolish darajasiga qarab 4 ga ajratildi.

– Yo’qolib ketishi xavfli darajada – qizil rangli varaqda;

– Kamayib borayotgan darajada – sariq rangli varaqda;

– Kam sonli darajada – oq rangli varaqda;

– Aniqlanmagan darajada – bo’z rangli varaqda tasvirlanib chop etildi.

Xalqaro “Qizil kitob”ni uchinchi nashri 1972 yildan chiqa boshladi. Bu nashrda sut emizuvchilarni 528 turi va kenja turi, qushlarni 619 turi, sut emizuvchilar, amfibiyalarni 153 turi kiritildi. “Qizil kitob”ning to’rtinchi nashri 1973-1980 yillarda chop qilindi. Bunda sut emizuvchilarni 226 turi va 79 kenja turi, qushlarni 186 turi va 77 kenja turi, sudraluvchilarni 77 turi va 21 kenja turi, anfibiyalarni 35 turi, 7 kenja turi, baliqlarni 168 turi, 25 kenja turi kiritildi. Xalqaro “Qizil kitob”ning 5 nashri 1982 yilda nashr etildi. “Qizil kitob” ustida ishlash hozirgi kunda ham davom etmoqda.

Juda ko’p turlar to’g’risida ma’lumotlar to’plash ishlari avj oldirildi. Tabiatshunos olimlar tashabbusi bilan quruqlik va okeanlarni tabiatini o’rganib, ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda va xalqaro ekskursiyalar tashkil etildi. Bu borada respublikamizda olib boriladigan ishlar diqqatga sazovor bo’lib, 2 ta milliy bog’ hamda o’ndan ortiq qo’riqxonalar va buyurtmaxonalar tashkil etilgan. Respublikamizda Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan o’simlik va hayvon turlari alohida belgilanib himoya ostiga olingan. Bular to’g’risidagi ma’lumotlar ta’lim muassasalarida tabiiy fanlarni o’qitish dasturlariga

kiritilgan. Aholi o’rtasida Qizil kitobni targ’ib etish va ekologik madaniyatni shakllantirish borasida ommaviy axborot vositalari jumladan vaqtli matbuot, radio televidenie, internet vositalari o’z hissalarini qo’shib kelmoqda.

Kitobning tashkil etilishi sayyoramiz tabiatida hayvonot dunyosini saqlab qolishga katta ahamiyatga ega. Dars jarayonida “Qizil kitob” haqida o’quvchilarga ma’lumot berish ularda tabiatga bo’lgan munosabatni o’zgarishiga olib kelib, ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatni asrash atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini ta’lim muassasalarida, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi bo’g’inlarida amalga oshirish ekologik barqarorlikni saqlashning garovidir.

1. Qodirov E . V va boshqalar.Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. Т., « O’zbekiston», 2018 yil.

2. Tursunov X. T . Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. Toshkent; 2017 yil.

Kitob ma’nosi

Kitob a bir varaq to’plamidan yoki boshqa materiallardan tashkil topgan, qopqoq yoki qopqoq bilan bog’langan va himoyalangan, hajm hosil qiluvchi ish. Bu so’z, lotincha liber, libri dan keladi.

Shunday deb hisoblanadigan kitoblar, kamida 49 bet bo’lishi kerakAks holda, agar sizda 48 tadan kam va beshtadan ko’p bo’lsa, u risola, beshdan kam bo’lsa, bo’shashgan choyshab hisoblanadi.

Tarix davomida kitoblar matbaa ixtirosi tufayli qo’lda yozilgan yoki bo’yalgan varaqlardan bosma nashrga aylantirilgan. Yoxannes gutenberg, taxminan 1440.

Ayni paytda, bundan tashqari, kitobda raqamli formatga o’tishda inqilob yuz bermoqda elektron kitob, yoki ovoz formatiga moslashishda, gap ketganda audiokitoblar ko’rlar uchun.

Kitoblar har qanday mavzu yoki mavzu bilan shug’ullanishi mumkin: fan, adabiyot, badiiy adabiyot, til, tarjimai hol va boshqalar yoki turli xil maqsadlarga ega, shuning uchun o’quv yoki darslik, ma’lumotnoma yoki maslahat, buxgalteriya yoki uslubiy kitob va boshqalar bo’lishi mumkin.

Shu ma’noda, kitob insoniyat uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki u bilim, e’tiqod va madaniyatni vaqt va makon orqali saqlash va uzatish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

O’z navbatida, kitob sifatida uni jildlar yoki jildlar tomonidan nashr etilgan katta hajmli asar deb ham atashadi. Xuddi shunday, asarga bo’linadigan qismlarning har biri, masalan, Muqaddas Kitobda bo’lgani kabi, bir xil hajmda bo’lsa ham, kitob sifatida belgilanishi mumkin.

Kitobning ba’zi qismlari

Kitoblar har xil qismlardan iborat bo’lib, ularning har biri turli xil maqsad va funktsiyalarga ega, ma’lumot beruvchi yoki amaliy yoki bir xil ish doirasida. Ularning ba’zilari, masalan, dekorativ turi, tarqatilishi mumkin, shuning uchun kitoblar har doim ham bir xil qismlarga ega emas.

  • Chang ko’ylagi: bu kitobning muqovasini himoya qiladigan qog’oz yoki kartondan o’ralgan narsadir. Hamma kitoblarda ham mavjud emas.
  • Muqova: u kitobning tashqi tomonini tashkil etadi, u qopqoq, orqa miya va orqa qopqoq orqali tarqaladi.
  • Loin: unda sarlavha, raqam yoki jild, muallif va nashriyot logotipi ma’lumotlari mavjud.
  • Siz saqlaysiz: bu muqovalarni kitobning qolgan qismi bilan birlashtirgan varaqlar.
  • Odob yoki hurmat varaqlari: bular kitobning boshida va oxirida topilgan bo’sh varaqlar.
  • Old qopqoq yoki oldingi sahifa: muqovadan oldin; unda kitobning nomi berilgan.
  • Orqa qopqoq: bu odatda bo’sh bo’lgan muqovadan keyingi tekis sahifa.
  • Mulk huquqlari yoki kreditlar sahifasi: muqovaning orqa tomonida joylashgan; unda mualliflik huquqi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki mualliflik huquqi, nashriyotchi, nashr qilingan sanalari, qayta nashr qilinganligi, qonuniy depozit, asl nomi (tarjimalar uchun), kreditlar va boshqalar.
  • Muqova sahifasi: sarlavha va muallifning ismi kabi kitob ma’lumotlari joylashgan joy.
  • Sahifa: old va orqa tomonlari bilan varaqlarning har biri raqamlangan.
  • Ishning asosiy qismi: asarning o’zi matnini tashkil etadigan varaqlar to’plami. Asar, o’z navbatida, quyidagi qismlarning hammasini yoki ayrimlarini o’z ichiga olishi mumkin: taqdimot, bag’ishlash, epigraf, prolog yoki kirish, indeks, boblar yoki qismlar, bibliografiya, kolofon va epilog.
  • Biografiya: Ba’zan muallifning tarjimai holi uchun kitobning bir sahifasidan foydalaniladi.
  • Tashqi yeng: asrab qolish uchun ba’zi kitoblarga qo’yiladigan astar.
  • Kitob qismlari.
  • Muqaddima.

Elektron kitob

Sifatida tanilgan elektron kitob elektron kitob yoki raqamli kitob, raqamli formatda bo’lgan kitob. Shunday qilib, bu kitobning qog’ozdagi elektron versiyasidir, faqat elektron qurilmani o’qish kerak.

Shuningdek, elektron kitobga qarang.

Qiziqarli malumotlar
QIZIL KITOBNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»