Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar
Rivoyat qilishlaricha, Chin Mochin (Xitoyda) Jen Shen ismli buyuk sarkarda o‘tgan.U Lyao ismli go‘zal singlisi bilan yashagan ekan. O‘sha davrda Xitoyga qarshi Son Shixo degan shaxs bosqinchilik urushla¬rini olib boradi. Jen Shen va Lyao toq¬qa ravona bo’lishadi va yo‘lda Son Shixoga duch kelishadi. Lyao butalar orasiga berkinadi.Jen Shen esa Son Shixo bilan jangga kirishadi. Jen Shen Son Shixoni yengishiga ozgina qolganda, Lyao oyoqlari ostida o‘rmalashib turgan ilon¬ni ko‘rib qoladi va baqirib yuboradi. U¬ning ovozini eshit¬gan Jen Shen singlisi tomon qaraganda, orqasidan Son Shixo xanjar uradi. Yerga yiqilgan Jen Shen jon beradi. Uning tepasida turgan singlisi Lyao¬ning achchiq ko‘z yoshlari Jen Shenning sovib borayotgan vujudi uzra to‘kiladi va u g‘aroyib, sehrli mehrigiyo – Jenshenga aylanib qoladi. Shuning uchun ham Jenshen ildizi odam tanasiga o‘xshaydi deyishadi. Xitoyliklar jenshenni «pantsey» ham deb atashadi. Forishlik tabiblarning e’tiroficha, mehrigiyo faqat ko‘ngli pok insonlargagina uchrarkan. Jenshen tunda nur sochib turarkan. Agar ana shu payt uni kov¬lab olish¬sa, bedavo dardlarga ham shifo bo‘lar ekan.
Qizil kitob va uning ahamiyati ☼
Автор: Bulokbayeva Sayyora Isaqovna
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil kitob va uning ahamiyati
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yoqolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, osimliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida soz yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan! Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda oz Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. Ozbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda kopgina osimlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, osimliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bolib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi osimlik turlari va hayvon zotlari toldirilib boradi.Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Yer sharida mavjud bo`lgan 500 ming o`simlik turining 6 ming turidan inson kundalik hayotida foydalanadi. O`zbekistonda 4148 tur o`simlik mavjud bo`lib, shundan 577 tasi dorivor o`simliklar, 103 turi bo`yoqdor o`simliklar, 560 turi efir moyli o`simliklar hisoblanadi. Tabiatni, uning boyliklarini, muhofaza qilish qadimdan malum. Tarixiy qo`lyozmalar, toshdagi bitiklar va eng muhim ko`rsatma va qoidalar, musulmonlarning Quron Karim tabarruk kitobida va boshqa diniy kitoblar Injil, Tavrot, Zaburda ham qayd qilingan. Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog`i, havosi, o`simlik va hayvonini muhofaza qilish bo`yicha qonun va qoidalar bor. O`zbekiston Respublikasi 9.12.1997 yil: Tabiatni muhofaza qilish qonunini qabul qildi. Insonning kundalik hayotida o`simliklarning ahamiyati juda katta. Shuningdek o`simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzidagi suv oqimiga bug`lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo`nalishiga, hayvonlarning hayotiga katta tasir etadi. O`simliklar jamiyati uchun behisob oziq-ovqat, homashyo, dori-darmon, qurilish materiallari va boshqa sohalarning asosiy manbaidir.O`simliklardan har xil kiyim bosh, ichimliklar tayyorlash uchun shuningdek chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai bo`lib hisoblanadi. Insonlarga zavq-shavq beradigan estetik lazzat sifatida ham ahamiyatga egadir. Qoriqxona nima? Qoriqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xojalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bolib hisoblanadi. Qoriqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bolib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari otqaziladi. Qoriqxonalarda ayrim hayvon zotlari va osimlik turlari organiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi. Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: 0 maqomi bolgan o’simlik turlari yoqolgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir. 1 maqomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir. Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan. 2 maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi. O’zbekistonda, birinchi Qoriqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. 1961 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoriqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qoriqxonasi deyiladi 1971 yilda respublikada 3 ta Qoriqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qoriqxonasi, Buhoroda- Qorakol va Qizilqum Qoriqxonasi tashkil qilingan. 1975 yilda yana 4 ta Qoriqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda). 1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, kopayishi, iiziologiyasi, tabiati organiladi. O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda qora ro`yxatni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.Jahon Qizil kitobi 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham Qizil kitob 1979 yilda chop etildi. Qizil kitob xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan. O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida. O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi Qizil kitobda esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.O`zbekistonning birinchi Qizil kitobi 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.Yangi Qizil kitob (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi
Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvovi gullar – bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Barqarоr tarakqiyot ta’limi. O`kuv uslubiy qo`llanma. A.A. Azizоv., N.G,Akinpshna. T., 2 007. -141 bеt.
2.Barkarоr taraqkiyo tta’pimi. Tоpshiriklar. A.A. Azizоv., L. Akinshina. T.,2007.-54bеt.
3.Birlashgan Millatlar Tashkilоtining Iqlim o`zgarishi O`zbеkistоn Rsspublikasining birinchi milliy aхbоrоti. T., 1999.
4.ValukоnisG.YU., MuradоvSH.О. Оsnоvnekоlоgii-T.T. Оbshaya ekоlоgiya Kn.1.-T.: Mехnat, 2001.-328s.
5.KоrоbkinV.I., PеrеdеlskiyL.V. Ekоlоgiya vоprоsax i оtvеtov..Rоstоv-na -Dоnu., “Fеniks” 2002 .
660075 , Красноярск ул. Маерчака 31А,пом. 15. каб. 48 119049 , Москва 1-й Добрынинский переулок, 6 РЕЖИМ РАБОТЫ: ПН – СБ с 9:00 до 20:00 org.komitet@solncesvet.ru 8 (800) 350-54-64
Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar
Men Nekkulov Rasulman Xalqaro biologiya olimpiadasiga qatnashib 25talik jamoaga kirdim.
Sherzod Rajabov
Sherzod Rajabov
Ajoyib maqola bo‘libdi.
Maftuna Yo’ldosheva
Assalomu alaykum. Yaxshimisiz, h index haqida ham ma’lumot bera olasizmi.
Kayhon Atoev
Saytdagi malumotlar ajoyib sayt tashkilotchilariga kattakon rahmat ishlariga rivoj men.
Oxirgi galeriya
Saytdan toping
Telegram kanalimizga aʻzo boʻling!
So‘nggi maqolalar
Bryus effekti
Aprel 2, 2022 Izohlar yp’q
Morj, tyulen, dengiz mushugi kabi kurakoyoqli hayvonlar qaysi turkumga kiradi?
Mart 11, 2022 Izohlar yp’q
O’simlik hujayrasida sitokinez qanday kechadi?
Mart 19, 2021 Izohlar yp’q
Quruqlikda uxlovchi o’pkali baliqlar
Mart 7, 2021 Izohlar yp’q
Fenogramma qanday quriladi?
Mart 1, 2021 Izohlar yp’q
Bilasizmi?
Batipelagial hudud – 1000 metrdan 4000 metr chuqurlikkacha bo’lgan hudud. Bu hududda faqat biolyumnissent organizmlar va ayrim dengiz shaytonlari deb atalmish maxsus yoritkich organi bo’lgan baliqlar uchraydi. Ushbu hududda biror turdagi o’simliklar uchramaydi. “Dengiz qori” degan hodisa xuddi mana shu hududda sodir bo’ladi. Boshqa organizmlarda ushbu hududda yirik boshoyoqli molluskalar va ayrim kashalotlar uchraydi.
Arxivlar
© 2018 – 2023 Hujayra.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.
Sayt Hujayra.uz.
Qizil kitobi
Mavzuning dolzarbligi: “Kizil kitob — bu xujjat bo‘lib u Insonning vijdonidir. Xar kaysi millat dunyo oldida o‘zining tabiat boyliklarini asrash ma’suliyatini olgan”.
Tabiat o‘zining go‘zalligi bilan o‘ziga insoniyatni jalb etadi. Xar bir kishini maftunkor toglarni koplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo‘y gullar, dorivor o‘simliklar, xayvon turlari, toza xavo, sho‘x sharsharalari, muz chukkilari, koyalari bilan rom etadi. Bularning xammasidan zavk olish kerak, xar bir narsaning o‘z kadriga etish,tabiatdagi mo‘‘jazgina bir jonli mavjudotni xam asray-avaylashlozim.
Ma’lumotlarga karaganda, Er yuzida xayvonot va o‘simlik turlarining yo‘kolib ketishiga ikkita sabab bor bo‘lib, ulardan birinchisi – bu tabiiy sharoitning o‘zgarishi (tabiiy sabab) natijasida bo‘lsa, ikkinchisi esa – (antropogen) inson xarakatlarinatijasidir.
Dunyoda umumiy kushlar va xayvonlarning to‘rtdan bir kismi tabiiy sabablar natijasida yo‘kolgan bo‘lsa, to‘rtdan uch kismi esa inson ta’sirida yo‘kolganligi aniklangan. Bunday rakamlarni yana ko‘plab keltirish mumkin, afsuski, ularning deyarli barchasi insoniyatning bilib-bilmay tabiatga nisbatan olib borayotgan beayov kilmishlarini ko‘rsatib beradi. Aslini olganda, bu rakamlar aynan bo‘lmasada ko‘pchiligimizga ma’lum, bu rakamlar okibatida yuzaga keladigan fojealar xam ma’lum.
Ishning maqsadi: Asosiy maqsad Qizil kitobga kirgizilgan o’simliklar bilan tanishish. Noyob va o’ziga xos bo’lgan o’simliklarni o’rganib chiqish.
Ishning vazifalari: Qizil kitobdagi osimliklarni o’rganish ularni asrab avaylash va shu qatorda ularni ko’paytirib kelasi avlodga yetkazish.
Adabiyotlar sharhi.
Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning talablari bilan bog’liq holda rivojlangan. Shuning uchun o’simliklarni o’rganish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Dastlab o’simliklar faqat oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o’simliklardan eramizdan awalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo’lgan. Dorivor o’simliklarni ilmiy asosda o’rganishga Gippokrat, kcyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo’shishgan.
- asrning o’rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf ctilishi o’simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o’rganishga qo’shilgan katta hissa bo’ldi.
- asrda botaniklarning e’tibori o’simlik turlarini o’rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shvcd tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko’plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma’lum bo’lgan barcha o’simlik turlarini 24 ta sinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o’simliklarni qo’sh nom (binar) bilan, ya’ni turni turkumga qo’shib nomlashni taklif qildi.
O’rta Osiyo hududida ham tabiiy o’simliklarni o’rganish qadim zamonlardan boshlangan. O’rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O’zbekiston o’simliklariga oid ma’lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973—1048) tabobatga bag’ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb” nomli asarida diyorimizda o’sadigan juda ko’p dorivor o’simliklar haqida ma’lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari” va „Kitob ush-shifo” nomli asarlarida O’rta Osiyoda o’sadigan ko’pgina dorivor o’simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to’liq ko’rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg’ariyning „Devonu lug’atit turk” nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o’simlik turlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o’rganishga bag’ishlagan rus olimi B.A. Fcdchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro’yxati” deb nomlangan ko’p qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o’simlik borligini ko’rsatgan.
O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda tarqalgan o’simliklarni ilmiy asosda har tomonlama o’rganish o’tgan asrning 20-yillaridan boshlangan.
1920-yillarda O’rta Osiyo Davlat univcrsitcti (hozirgi O’zbckiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O’zbckiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O’zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo’ldi. O’zbckiston botaniklarining O’rta Osiyo bo’ylab uyushtirilgan ckspeditsiyalari mobaynida ko’plab gerbariylar (o’simliklar kolleksiyasi) to’plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazi—O’zR FA „Botanika IIChM) „O’zbckiston markaziy gerbariysi” tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko’proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o’simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o’simlik nusxalarini o’rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941 — 1962- yillarda 6 tomli „O’zbckiston florasi” kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o’simlik turlari borligi aniqlandi. 1963—1993- yillarda O’zbckiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O’rta Osiyo o’simliklari aniqlagichi” yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O’rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o’simlik turlari borligi aniqlandi.
Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o’simliklari” (2 tomli), akad. Y.P.Korovin „O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston o’simliklari qoplami” (2 tomli), prof. I.I.Granitov „G’arbiy-Janubiy Qizilqum o’simliklari qoplami” (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg’ona vodiysi o’simliklari” (2 tomli) nomli asarlari bilan O’rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdilar.
Mashhur botanik olim P.A.Baranov (1882—1962) O’zbekistonda o’simliklar anatomiyasi va cmbriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909—1999) csa o’simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdilar.
Akad. A.M.Muzaffarov (1909—1997) O’zbckiston tuban o’simliklarini o’rganish va ulardan xalq xo’jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Akad. F.N.Rusanov rahbarligida Botanika bog’ida chct cllardan olib kclingan o’simliklarni o’rganish bo’yicha juda kalta ishlar qilinmoqda.
„Botanika” IIChM xodimlari tomonidan botanika ianining turli sohalari bo’yicha ko’plab monografiya va to’plamlar yaratildi. Bular orasida 4 tomli „O’zbckiston o’simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish”, „O’zbckiston paleobotanikasi”, O’zbckiston Rcspub- likasining „Qizil kitob”i kabi yirik asarlar bor.
1.O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitob” i
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo’lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta”sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo’lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo’lishi va ularning yo’qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo’lib, yerda geologik sharoitlarning o’zgarishiga ham bog’liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o’simliklarning antropogcn (inson faoliyati) ta”sirlari natijasida yo’qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi yorlarning, orollarning va kontinentlarning o’zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O’n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug’ular, g’or arsloni va ayiqlari, o’rta asrlarda Yevropa turi, Stellcr sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo’qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlaming 74 turi yo’qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va ltadan o’simlik turlari yo’qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko’p o’simliklar turlari butunlay yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O’simlik va hayvon turlarining tobora yo’qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug’dirmoqda.
1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro’yxat»ni chop etdi, unda batamom yo’qolib kotgan hayvonot turlari ro’yxati keltirilgan.
«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo’qolib ketayotgan o’simlik va hayvonlarning turlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan
O’zbekistonda o’simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo’lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o’simliklar, zamburug’lar va suv o’tlari esa 11000 atrofida. O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va rHikt lurlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.
O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur o’simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O’zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O’zbekistonning birinchi «Oizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo’lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo’lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo’g’imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o’simliklar va hayvonlar ro’yxati yildan-yilga aniqroq bo’lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo’lamiz.
O’zbekiston Respublikasi «Qiz.il kitob»ida o’simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo’yicha ro’yxatga olingan va har bir o’simlik ko’rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o’z navbatida noyob va yo’golib borayotgan o’simlik va hayvonot turlari to’g’risida keng omma tomonidan anig tasawurga ega bo’lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, go’rigxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yowoyi o’simliklar bilan savdo-sotiqni lartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo’yadi.
Umuman, bu kitob barcha o’simlik va hayvonotni muhofaza qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o’simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan: «0» maqomi borilgan o’simlik turlari yo’golgan yoki yo’qolish arafasida turgan o’simliklardir.
«1» magomidagi o’simliklar turlari esa yo’qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo’qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o’simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o’ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o’simlik turlari kamayib borayotgan o’simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o’simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob va yo’qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o’simlik va hayvon turlari to’g’risidagi ma”lumotlar matnlari o’zgartirishlarsiz kiritildi.
O’zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho’llar, adirlar, o’rmonlar, madaniy landshaftlar) bo’lganligi tufayli o’simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.
Respublikamizda o’simliklar va hayvonot dunyosini asrab-avaylash borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 1997-yilning 26-dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Orsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish» va «Hayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foyda!anish» qonunlari qabul qilindi.
2.”QIZIL KITOB”GA KIRITILGAN O’SIMLIKLAR.
Tabiat — bitmas-tuganmas xazina. Uning sirlaridan voqif bo‘lishga intilayotgan odamzot uchun tabiat boyliklari azal-azaldan xizmat qilib keladi. Tabiiy resurslardan oqilona va ehtiyotkorona foydalanmaslik oqibatida o‘simlik va hayvonot dunyosidagi ayrim turlar yo‘qolib ketayotganligidan ko‘z yumolmaymiz.
Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi hamda tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqdaki, buning asosiy salbiy oqibati o‘simlik va hayvon turlarining kamayishida ko‘rinadi. Ana shu xavfdan keng jamoatchilikni ogoh etish, mumkin qadar kamayib ketayotgan turlarni saqlab qolish, ularni ko‘paytirish maqsadida mutaxassis olimlar O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob»ini uch marta nashr ettirishdi.
«Qizil kitob» yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfi ostida turgan noyob o‘simlik va hayvon turlarini qayd etuvchi davlat miqyosidagi hujjat hisoblanadi. Unda kamyob o‘simlik va hayvonla tarqalish hudud (areal)lari, kamayish sabablari ko‘rsatilib, ularni tezlikda muhofaza qilish uchun tavsiyalar beriladi. Ushbu kitobga kirgan flora va fauna turlari o‘zining tabiatda saqlanish darajasiga qarab uchta guruhga bo‘linadi: mutlaqo yo‘qolish arafasidagi turlar, yo‘qolish xavfi ostidagi turlar, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik maydonlarda kamdan kam saqlanib qolgan nodir turlar.
«Qizil kitob»ning birinchi nashri 1983 yili bosilgan bo‘lib, unda kamayib ketgan umurtqali hayvonlar
(1-jild) jamlangan. Noyob o‘simliklarga bag‘ishlangan (2-jild) nashri esa 1984 yili chop etilgan. Birinchi jildga yurtimizda hayot kechirayotgan 650dan ortiq umurtqali hayvon turlaridan 63tasi kiritilgan. O‘zbekiston florasida 4500ga yaqin turning 163tasi birinchi nashrdan o‘rin olgan. O‘simlik turlarining ko‘plab yo‘qolib ketishi flora olamidagi genofondning kamayishiga sabab bo‘ladi. Har qanday turning yo‘qolishi tiklab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib keladi, binobarin, yovvoyi o‘simliklar qishloq xo‘jaligida ekiladigan madaniy navlardan hosil olishda juda katta rol o‘ynaydi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlar 400dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10—12 foizini tashkil etadi. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish barchamizning asosiy burchimizdir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasidan yana 138ta o‘simlik turini «Qizil kitob»ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. Xususan, dunyoga dong‘i ketgan lola, sallagullilar, qimmatbaho o‘simlik — yetmak, shirach turlari, dorivor o‘simlik — bozulbog, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan anzur va piskom piyozlari butunlay kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. «Qizil kitob»ning so‘nggi nashri 2006 yili chop etilgan bo‘lib, baliqlarning 17 turi (kenja turlari bilan 18ta), sudralib yuruvchilarning 16 turi, qushlarning 48 turi (kenja turlari bilan 51ta), sutemizuvchilarning 23 turi (kenja turlari bilan 24ta) undan o‘rin olgan. Solishtirilganda, 2003 yildagi
nashrda umurtqali va umurtqasiz hayvon turlari 177ta tur va 7ta kenja turni tashkil qilgan. Demak, o‘tgan uch yil mobaynida kamayib ketayotgan turlar soni ko‘paygan.
Kitobning oldingi avlodlaridan farqi shundaki, har bir turning qaysi toifaga mansubligi izohi bilan berilgan. Masalan, yo‘q bo‘lib ketganlari — EX, mamlakatda yo‘qolib ketganlari — EW, yo‘qolish xavfi ostida turganlari — EN belgilari bilan ko‘rsatilgan. Kitobda har bir tur uchun alohida sahifalar mavjud bo‘lib, unda hayvon turlarining respublikamizda tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi umumiy soni, ko‘payishi, tarqalish chegaralaridagi o‘zgarish sabablari, muhofaza qilish yo‘llari batafsil bayon etilgan.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish, bu kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar, o‘simliklar muhofazasini kuchaytirishga hamda sonini tiklashga xizmat qilishi kerak. Respublikamizda tashkil etilgan oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho‘l-to‘qay (Qizilqum, Baday-To‘qay, Zarafshon) qo‘riqxonasi, ikkita milliy bog‘ (Zomin, Ugom-Chotqol), to‘qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘l, Qarnabcho‘l, Qo‘shrabot, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudoche) va ikkita tabiiy yodgorlikdan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining kompleks muhofazasiga va uning resurs¬laridan oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.
Atrof-muhitni ekologik jihatdan sog‘lomlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish va biologik resurslarni muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza kilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Biologik xilma-xillikni saqlashning milliy strategiya-si va harakat rejasi»ni ishlab chiqish tashabbusini o‘z zimmasiga olgan. Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham ma’qullanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.
O‘zbekiston tabiatining rang-barangligi, uning hududida uchraydigan o‘simlik turlaridagi o‘ziga xoslik har qanday kishini hayratga soladi. O‘zbekiston «Qizil kitob»i esa kamayib borayotgan flora va fauna turlariga munosabatni o‘zgartirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Zoologlar, o‘simlikshunos olimlar ushbu kitobning yangi nashrini tayyorlashga kirishganlar. Ushbu kitob materiallarini maktab, litsey, kollej o‘quvchilariga va oliy o‘quv yurtlari talabalariga tegishli fanlar orqali yetkazish pedagog-murabbiylarning asosiy vazifasi bo‘lsa, ayni muddaodir.
Biz tabiatdan o‘rganamiz va undan olgan saboq¬larimizni boshqalarga o‘rgatamiz.Dard borki, o’simlik – giyohlarsiz yengib o’tish mushkul. Shunday noyob va shifobaxsh o‘simliklardan biri bu jenshendir.
Jenshen, ya’ni mehrigiyo bizga eramizdan oldingi I asrlardan beri ma’lum.
Rivoyat qilishlaricha, Chin Mochin (Xitoyda) Jen Shen ismli buyuk sarkarda o‘tgan.U Lyao ismli go‘zal singlisi bilan yashagan ekan. O‘sha davrda Xitoyga qarshi Son Shixo degan shaxs bosqinchilik urushla¬rini olib boradi. Jen Shen va Lyao toq¬qa ravona bo’lishadi va yo‘lda Son Shixoga duch kelishadi. Lyao butalar orasiga berkinadi.Jen Shen esa Son Shixo bilan jangga kirishadi. Jen Shen Son Shixoni yengishiga ozgina qolganda, Lyao oyoqlari ostida o‘rmalashib turgan ilon¬ni ko‘rib qoladi va baqirib yuboradi. U¬ning ovozini eshit¬gan Jen Shen singlisi tomon qaraganda, orqasidan Son Shixo xanjar uradi. Yerga yiqilgan Jen Shen jon beradi. Uning tepasida turgan singlisi Lyao¬ning achchiq ko‘z yoshlari Jen Shenning sovib borayotgan vujudi uzra to‘kiladi va u g‘aroyib, sehrli mehrigiyo – Jenshenga aylanib qoladi. Shuning uchun ham Jenshen ildizi odam tanasiga o‘xshaydi deyishadi. Xitoyliklar jenshenni «pantsey» ham deb atashadi. Forishlik tabiblarning e’tiroficha, mehrigiyo faqat ko‘ngli pok insonlargagina uchrarkan. Jenshen tunda nur sochib turarkan. Agar ana shu payt uni kov¬lab olish¬sa, bedavo dardlarga ham shifo bo‘lar ekan.
Bu kabi afsonalar odamlarni vasvasaga solib qo’ygan.Jenshenni topgan tabib tizzasi bilan cho‘kkalab sehrli duoni o‘qiydi.Uning atrofini yaxshilab o‘rganib, suyakdan yasalgan maxsus belkurakda juda ehtiyotkorlik bilan kovlab olib, tuzi¬lishiga, ildiziga e’tibor beradi. Ildiz shakli odam qiyofasiga o‘xshash bo‘lsa, bu o‘simlikni g‘oyibdan kelgan kuchlar yaratgan deb hisoblab, juda qadrlashgan. Hozirgi vaqtda ham ayrim Xitoy tabiblari aynan shunday deb hisoblaydilar.
Aytishlaricha, o‘zimizning forishlik tabiblar mehrigiyo o‘simligini maxsus o‘rgatilgan kuchuklar yordamida kovlab olishar ekan.Forishda yashovchi mahalliy aholi ham mehrigiyoning sehrli kuchiga isho¬nadi. Mehrigiyo ruhiy va jismoniy toliqishda, zaiflikni oldini olishda, balg‘am yig‘ilishi va ko‘chishiga, ovqat hazmini yaxshilashga, yurak va o‘pka faoliyatini yo’lga solishga, tan va ruhni baquvvat qilishga, ko‘rish qobiliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Zamonaviy tibbiyot jenshenga nospetsifik dori – ya’ni butun organizmni davolovchi o‘simlik sifatida qaraydi. Uni damlama, qaynatma shaklida organizm o‘ta charchaganda, kamqonlikda, mehnat qobiliyati pasayganda, diabet, sil kabi kasalliklarda, organizm zaiflashganda, tez charchash, toliqish kabi holatlarda, yurak-qon tomir kasalliklarida keng qo‘llashadi.
Mehrigiyo ko‘p yillik afsonaviy o‘simlik hisoblanadi. Million yillar ilgari neogen va paleogen davrlarida ham bu o‘simlik o‘sgan degan taxminlar mavjud. Hozir mehrigiyoni Tyonshon, Pomir, Nurota tog‘larida uchratish mumkin.Farmatsevtika sanoati rivojlangan ayrim davlatlarda mehrigiyo madaniy holda o’stiriladi.Bundan ming yillar ilgari Koreyada ilk jenshen plantatsiyasi barpo etilgan. Xitoyda XVII asrdan, Yaponiyada XIX asrdan, AQSHda esa XIX asrning o‘rtalaridan boshlab mehrigiyo o‘stirila boshlandi. Koreya hozirgacha jahon bozorini jenshen bilan ta’minlovchi asosiy davlat bo‘lib qolmoqda.
Tabiatning o‘zi sehrgar. Uning qudrati esa biz uni asrashimizdadir!
Qiziqarli malumotlar
Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar