QIRGʻOQ haqida
QIRGʻOQ
QIRGʻOQ — suv havzalari (okean, dengiz, koʻl va suv omborlari) va oqar suvlar (daryo, vaqtli oqar suvlar) bilan quruqlik tutashgan hamda oʻzaro taʼsir roʻy berib turadigan kambar yer. Qirgʻoq larning quruqlik tomondagi chegarasi — qirgʻoq chizigʻi deyiladi. Qirgʻoqning tarkib topishi va xususiyatlari toʻlqinlarga, oqar suvlarda oqim harakatiga bogʻliq. Qirgʻoqning oʻzgarishiga tektonik harakatlar ham taʼsir koʻrsatadi. Qirgʻoq koʻrinishi, tuzilishi, oʻzgarishi va holatiga koʻra xilmaxil boʻladi. Dengiz Q. lari balandligi, parchalanganligi, geologik tuzilishi, shakli, yoshi va b. ga koʻra turlarga ajratiladi:
1) endogen va ekzogen jarayonlar natijasida paydo boʻlgan yosh Qirgʻoq lar. Ularga dastlab tekis boʻlib, keyin parchalangan tektonik va erozion-tektonik, erozion, muzlik, shamol taʼsirida paydo boʻlgan hamda vulkanik Qirgʻoqlar kiradi; 2) toʻlqindan boshqa jarayonlar taʼsirida paydo boʻlgan Qirgʻoqlar dengiz suvi koʻtarilib qaytganda hosil boʻlgan, denudatsion, organik qoldiqlardan hosil boʻlgan Qirgʻoq lardan iborat; 3) toʻlqinlar taʼsirida vujudga kelgan Qirgʻoq lar. Ular abraziya va akkumulyatsiya taʼsirida, yaʼni dengiz toʻlqinlari taʼsirida vujudga keladi va juda koʻp uchraydi. Yirik daryolarning quy-ilish joylarida delta q. shakllanadi (q. Delta). q. tiplari shakllani-shida va tarqalishida tabiiy geografik zonallik aniq koʻrinadi. Mas, termoabraziv Qirgʻoqlar qutbiy zonalarga, marjonli va mangrali Qirgʻoqlar tropik va ekvatorial mintaqalarga xos. Hoz. zamon tektonik harakatlari ham dengiz Qirgʻoq larining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Muzlik davridan keyingi transgressiya koʻtarilgan maydonlardagiga nisbatan tektonik choʻkayotgan sohilboʻyi r-nlarda quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan. Uchchala guruhdagi Qirgʻoqlar fyord, shxera, dalmatsiya, rias, panjasimon, liman, orol, dengiz tipli, marjonli, fitogen, abrazion-buxtali, lagunali, qum tilli kabi tiplarga boʻlinadi. Oqar suvlarning Qlari rivojlani-shida oʻzan oqimi muhim omil hisoblanadi. Daryo Qlari togʻ va tekisliklarda bir-biridan keskin farq qiladi. Daryolardagi oqim faoliyati Qlarning eroziyasi, oʻzanning alohida joylarida oqiziqlarning toʻplanishida namoyon boʻladi. Katta daryolar Qlarining shakllanishda gravitatsiya jarayonlari (surilma, koʻchki, sochilma) muhim ahamiyatga ega. Suv bosadigan (qayirli) va suv bosmaydigan (tub, terrasali) daryo Qirgʻoqlari farq qilinadi (q. Vodiy, Terrassa). Qirgʻoq larning kelib chiqishi, oʻzgarishi, morfologiyasini oʻrganish port va koʻpriklar qurilishi, Qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarida, kema qatnovida, rekreatsiya zonalari tashkil etish, foydali qazilma konlarini oʻrganishda, suv omborlari qurishda katta ahamiyatga ega.
Ensiklopediya.uz
QIRGʻOQ