QAMISH

QAMISH

QAMISH — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimlik turkumi. Oʻzbekistonda oddiy Qamish (R. sottishz Tpp.) turi tarqalgan. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 3—5 m gacha yetadi, silliq, shoxlamaydi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, uzun nashtarsimon, chetlari oʻtkir gʻadirbudir. Gullari qoʻngʻirbinafsha, chochoq roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi kulrang doncha. Iyulyokt. da gullab, mevalaydi. Bir toʻpguli roʻvaqda 50—100 mingta don (meva) tugadi, urugʻi shamol va suv orqali tarqaladi. Urugʻi 1415° haroratda sernam joyda unib chiqadi. Asosan, ildizpoyalaridan, baʼzan urugʻidan koʻpayadi. Sizot suv lar sathi yaqin (2—3 m gacha) tuproqlarda, don, sholi, gʻoʻza, beda va boshqalar orasida uchraydi. Shuningdek, botqoqlashgan zax joylarda, hovuz, toʻqaylar, koʻl, sugʻorish shoxobchalarida oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
QAMISH