Qadr-qimmat to‘g‘risida
Qadr-qimmat to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
Avvalo o‘zingni hurmat qila bil!
PIFAGORBoshqalar huzurida ham, pinhona tarzda ham isnod keltiradigan ish qilma. O‘zingga nisbatan hurmat birinchi darajali qonuning bo‘lmog‘i kerak.
PIFAGORInson o‘zini hurmat qilishi lozim.
M. GORKIY
Izzattalablik o‘z holicha ehtimol nuqsondir, biroq u ko‘p hollarda qadr-qimmat manbaidir.
KVINTILIANNafsoniyati yo‘q kishi nochor odamdir. Nafsoniyat bamisoli yerni joyidan siljitish mumkin bo‘lgan Arximed dastagidir.
I. S. TURGENEVShaxsiyatparastlik o‘z-o‘zini nobud etishdir. Shaxsiyatparast odam tikkaygan mevasiz daraxtday qurib boradi, biroq izzat-nafs mukammallik sari faol intilishda qudratli kuch manbaidir.
I. S. TURGENEVO‘zidan xotirjamlik ajib bir narsaki, zero bu o‘z qobi-liyati nimalarga qodirligini biladigan kishi fazilatidir.
T. GOBBSO‘z kuchingni his etishing kuchingga kuch qo‘shadi.
L. VOVENARGHar bir odam o‘ziga qanday baho qo‘ysa, uning qimmati o‘shanga to‘g‘ri keladi.
F. RABLEInson o‘z kuchiga ishongan joydagina biror narsaga erisha oladi.
L. FEYERBAXO‘z-o‘zingga ishonch buyuk ishlarning eng birinchi zarur shartidir.
S. JONSONIshonch — eng qudratli ijodiy kuch.
M. GORKIYO‘ziga ishongan odamning qo‘lidan ko‘p narsa keladi.
A. GUMBOLTO‘zishta ishonmay turib, daho bo‘lishing mumkin emas.
O. BALZAKEng dahshatli ishonchsizlik o‘z-o‘zingga ishonmaslikdir.
T. KARLEYLAksari muvaffaqiyatsizliklarimizning sababi o‘zimizga ishonmasligimizdir.
K. BOUVIAql o‘ziga ishonmasligi aqlni hayron qoldiradi.
B. PASKALShubha — xoin: u bizni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishimiz mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan ko‘n hollarda mahrum etadi.
V. ShEKSPIRO‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz o‘zgalarga ishonchimizning‘ asosini tashkil etadi.
F. LAROShFUKOSamoviy olam bilan kishining ichki dunyosi o‘rtasidagi tafovut kuchayib ketgan taqdirda biz o‘ylab ko‘rishimiz va o‘z-o‘zimizdan: ayrim narsalar hatto o‘zingga iqror bo‘lishdan uyalsang, qanday odamsan? — deb so‘rashimiz lozim.
N. A. OSTROVSKIYKishilar o‘zgalarning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilmasalar, insonparvarlik tuyg‘usi haqoratlanadi, odam o‘z qadriga yetmasa, insonnarvar-lik tuyg‘usi yana battarroq haqoratlanadi va aziyat chekadi.
V. G. BELINSKIYBezbet maqtanchoq jirkanchlidir, biroq biror kuchga inonmaydigan, biror fazilatga ega bo‘lmagan kishi jirkanchlikda undan qolishmaydi.
V. G. BELINSKIYO‘z qadr-qimmatini anglash aqlli odamni yanada kamtarin, shuning bilan birga yanada ustivor qiladi.
F. ChESTERFILDO‘z-o‘zidan nafratlanish hech qachon tinchlik bermay bir umrga yurakni ezib, hayotimizdagi har qanday quvonchni zaharlab, qalbni insonga nafrat va umidsizlik og‘usi bilan to‘ldiruvchi ilondir.
K. MARKSO‘zini hurmat qilgan odam boshqalarni ham izzat-ehtiromga o‘rgatadi.
L. VOVENARGO‘zini arzimagan narsa uchun ulug‘laydigan kishi boshqalarni sira hurmat qilolmaydi, har ikkala holda ham u qabih fikrlarini namoyon etadi.
N. I. NOVIKOVAsli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak, o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. Moslashib olish va pinhon tutish san’ati ko‘p hollarda o‘z kamchiliklarini indamay turib tan olishdan boshqa narsa emas.
J. MASSIYONNafsoniyatdan ko‘ra o‘zini hurmat qila olmaslik ko‘proq tanbehga loyiq.
V. ShEKSPIRO‘zini hurmat qilish hech qachon o‘zini kamsitishdek tubanlikka aylanmaydi.
V. ShEKSPIRO‘zingni o‘z qobiliyatingdan ustun qo‘yishing ham, o‘zingni kamsitishing ham yaramaydi.
I. GYoTEO‘z fazilatlarini o‘zi gapirgan odam kulgiga loyiqdir, ularni anglamagan esa — tentak.
F. ChESTERFILDO‘zini yetarli hurmat qilmaslikdan ham o‘ziga bino qo‘ygandagidek nuqsonlar kelib chiqadi.
M. MONTENSeni hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil.
B. GRASIANO‘zini hurmat qilmagan odamni boshqalar ham izzatlamasligi aniq.
N. M. KARAMZINO‘zini hurmat qilmagan hech bir kishi baxtli bo‘la olmaydi.
J. J. RUSSOHamma ham o‘zini-o‘zi sevish huquqiga ega emasmi? Nahotki, ishtiyoq bilan qilgan ishimiz noo‘rin bo‘lib tuyulsa?
L. VOVENARGSen haqingda qanday fikrda bo‘lishlaridan qat’i nazar, o‘zing to‘g‘ri deb bilgan ishingni qil. Tanbehga ham, maqtovga ham birdek beparvo bo‘l.
PIFAGORO‘zligicha qola bilgan odam baxtlidir.
F. GAGEDORNOdamlar nima desa deyaversinlar, o‘z yo‘lingdan qolma.
A. DANTEO‘z qiyofasini yo‘qotmaslikka harakat qilish muvaffaqiyat qozonishning yagona vositasidir.
STENDALSeni kim deb hisoblashlari emas, aslida kimliging muhimdir.
PUBLILIY SIRYaxshi nom qoldirishdan o‘tadigani yo‘q, bu nomni esa hech narsa qadr-qimmatchalik mustahkam qilib yaratmaydi.
L. VOVENARGOdam pulsiz, uysiz, yer-mulksiz qolsa sadqayi sar — bularning hammasi unga tegigali emas. Insonning o‘z haqiqiy mulki — insoniy qadr-qimmatini yo‘qotishi achinarlidir.
EPIKTETQadr-qimmat insonni eng yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, butun intilishlariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
K. MARKSYaxshi fazilatlarga ega bo‘la turib, jamiyatda yuksak mavqega orishmaslik mumkin, biroq jilla qursa qandaydir fazilatga ega bo‘lmay turib, bunday mav-qega erishish mumkin emas.
F. LAROShFUKONuqsonsiz odam emas, balki fazilatli odam hurmatlidir.
V. O. KLYuChEVSKIYHaqiqiy fazilat daryoga o‘xshaydi, qanchalik chuqur bo‘lsa, shunchalik sokin oqadi.
M. MONTENInsonning fazilati favqulodda jasoratlar bilan emas, balki uning kundalik ishlari bilan o‘lchanadi.
B. PASKALInsonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, hatto uni hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar.
F. LAROShFUKOErkak kishining shani xususan shundan iboratki, u tekinxo‘r, haromtomoq bo‘lmasligi kerak.
V. A. SUXOMLINSKIYInsonning qadr-qimmati to‘g‘risida uning yaxshi fazilatlariga qarab emas, balki uning shu fazilatlaridan qanday foydalanishiga qarab fikr yuritish lozim.
F. LAROShFUKOBuyuk fazilatlarga ega bo‘lish yetarli emas, ulardan foydalana bilish ham kerak.
F. LAROShFUKOShuichaki yaxshi bo‘lmay, nimadir yaxshilik qiling.
G. TOROziyouz.uz
Qadr-qimmat to‘g‘risida