PUL EMISSIYASI
PUL EMISSIYASI (lot. emisio, ing. emision — chiqarish) — davlat tomonidan muomalaga jami turdagi pul belgilarni chiqarish. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarish bilan birga muomaladagi nakd va nakd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildi-radi. Pul emissiyasining asosiy shakllari kredit pullar — banknotlar va depozit-cheklar emissiyasi.
Ensiklopediya.uz
PUL EMISSIYASI