PSIXOGENIYALAR
PSIXOGENIYALAR (psixo… va gen) — ruhiy iztirob beruvchi omillar oqiba-tida kelib chiqadigan psixik kasalliklar guruhi. Psixogeniyalar nevrozlar va reaktiv psi-xozlarga boʻlinadi. Ruhiy iztirob beruvchi omillarning kuchiga va davomliligiga qarab har kanday kishilarda ham Psixogeniyalar uchrashi mumkin, lekin ularning kelib chiqishiga, albatta, qoʻshimcha omillar: ruhiy holatlar, jumladan, aql-idrok darajasi, ishonuvchanlik, hissiyotlar xususiyati va b. kasalliklar oqibati (miyaning shikastlanishi, ichki aʼzolar xastaliklari, alkogolizm) ham sabab boʻladi. Kuchli dara-jadagi taʼsirotlar oqibatida reaktiv psixozlar kelib chiqadi. Reaktiv psi-xozlarning 3 ta asosiy mohiyati bor: 1) reaktiv psixozlar hamma vaqt ru-hiy iztiroblar oqibatida kelib chiqadi;
Ensiklopediya.uz
PSIXOGENIYALAR