POYABZAL
POYABZAL — oyoq kiyimi. Oyoqni is-siq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi. Ibtidoiy odamlarni tabiat noqulayliklari (issiqsovuq, yomgʻir-qor, chang-toʻzon, tikanak kirishi, chagʻir tosh botishi, ilonchayon chaqishi va b.) oyoqlarini biron-bir narsa bilan himoya qilishga majbur qilgan. Ular qayerda (issiq yoki sovuq oʻlkalarda, seryogʻin yoki qurgʻoqchil joylarda, pasttekisliklar va togʻli joylar-da) yashashlariga qarab, yalang oyoq yurishgan, chipta kavush, choriq, yogʻoch, kigiz, charm yoki moʻyna P. kiyishgan. Ularni toʻqish, yoʻnish va tikish usullari asta-sekin takomillashtirilib borilgan. Mas, ilgari Oʻrta Osiyo xalqlari, asosan, etik, maxsi, kavush kiyishgan. Poyabzal, asosan, qoʻlda tikilgan. Ke-yinchalik (19-a. oʻrtalaridan), botinka, tufli, sandal, shippak, piyma, kalish, sport P. i, tibbiy, harbiy va maxsus ish Poyabzal lari kiyish rasm boʻddi. Erkaklar Poyabzali — mardona, ayollar Poyabzali zaifona, bolalar Poyabzali — bachkana deb atalgan. Hozir Poyabzal tikishga oid deyarli barcha jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan, lekin qoʻlda tikish usullari ham sakdanib qolgan.
Ensiklopediya.uz
POYABZAL