POLISOMALAR

POLISOMALAR

POLISOMALAR (poli… va yun. soma — tana) , poliribosomalar — oqsil sintezining translyatsiya bos-qichida informatsion RNK (iRNK) molekulasida ketma-ket joylashib olgan ribosomalr majmui. Polisomalar dagi xar bir ribosoma bitta oqsil molekulasini sintezlaydi. Shuning uchun Polisomalar soni xujayrada oqsil biosintezi jadalligining koʻrsatkichi hisoblanadi. Polisomalar en-doplazmatik toʻr naychalari membranalari bilan bogʻlangan boʻlishi (bogʻlangan ribosomalar) yoki gialoplazmada erkin joylashishi (erkin ribosomalar) mumkin. Bogʻlangan ribosomalarda hujayradan tashqariga chiqariladigan oqsillar, erkin ribosomalarda esa hujayraning oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi tugallanga-nidan keyin Polisomalar iRNK molekulasidan ajralib, sitoplazmaga tushadi (yana q. Ribosomalar, Biosintez).

Ensiklopediya.uz
POLISOMALAR