POLINEZIYALIKLAR

POLINEZIYALIKLAR

POLINEZIYALIKLAR, polinezlar — Polineziya — Sharqiy Mela-neziyaning baʼzi kichik orollari, Taiti o., Kapingamarangi, Nukuoro va Mikroneziya o. larida yashovchi bir-bi-riga yaqin qardosh xalklar guruhi; tonga, samoa, uvean, futuna, tuvalu, tokelau, niue, pukapuka, rarotonga,man-gay, tongareva, manixik, rakaxanga, taiti, tubuai, rapa, paumotu, tuamo, napukan, mangareva, markizliklar, rapanui, gavayyaliklar, maori, tiko-pia va b. Umumiy soni 1120 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Polinez tilida soʻzlashadi. Dindorlarining koʻpchiligi katolik va protestantlar, shuningdek, ibtidoiy diniy tasavvurlarning qam taʼsiri ancha kuchli. Polineziyaliklarning Poli-neziyaga joylashuvi mil. av. 2-ming yillikning oxirgi choragida boshlangan. Polineziyaliklarning etnogeiyezida Jan. Amerika indeyslarining ham taʼsiri borligi haqida mulohazalar mavjud. Asosiy mashgʻuloti — qoʻl mehnatiga asoslangan tropik tipdagi dehqonchilik (taro, yams, batat, banan, shakarqamish, non daraxti va b.) va baliq ovlash.

Ensiklopediya.uz
POLINEZIYALIKLAR