POʻSTLOQXOʻRLAR

POʻSTLOQXOʻRLAR

POʻSTLOQXOʻRLAR (Ipidae, Scolytidae) , poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. 3000 dan ortiq turi bor, keng tarqalgan. Poʻstloqxoʻrlar chin P., lubxoʻrlar va zabolonniklar (poʻstloq osti qoʻngʻizlari) guruxlariga boʻlinadi. Ularning ayrim turlari poʻstloq ostida, baʼzilari poʻstlokda, boshqalari yogʻochda yoki ildizda, oʻtsimon oʻsimliklar poyasida, ayrim tropik turlari meva va urugʻlarda yashaydi. Tanasi kichik (0,8— 3,5 mm), qoʻngʻir yoki qora, moʻylovi ilgaksimon, oyoklari 4 boʻgʻimli. Oʻzbekiston sharoitida, asosan, burishgan poʻstloq osti qoʻngʻizi (Scolytus ragulosus Ratz.) va gʻarb togʻ poʻstloqxoʻri (Xyleborus dispar F.) turlari keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
POʻSTLOQXOʻRLAR