PARVANA
PARVANA — oʻrtapishar xoʻraki kishmish uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. in-tida Kattaqoʻrgʻon va Xishrov kishmishi navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan, V. I. Yegizaryan). Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, osti tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari yirik, choʻziq-tuxumsimon, sargʻimtir, gʻubor b-n qoplangan. Kurtak ochganidan keyin 140 — 145 kunda, faol qarorat yigʻindisi 3290—3345° da pishib yetiladi. Tupi oʻrtacha usadi. X,osildorligi 160—170 s/ ga va undan ortiq. Kasallik va zararkunandalarga chidamli oʻrtacha, sovuqqa chidamli past. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi.
Ensiklopediya.uz
PARVANA