PARODIYA
PARODIYA (yun. parodia — zid qoʻshiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi sanʼati, hajv va hazil turlaridan biri. Oʻziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yoʻnalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b. ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondashish maqsadini koʻzlab qilingan ongli takdid. Biror sanʼatkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid qilish yoʻli bilan yaratilgan kulgili asar. Ijtimoiy-siyosiy, maishiy hayotdagi ayrim voqealar ham Parodiyaga mavzu boʻlishi mumkin. Parodiya komediya sanʼatining, satiraning oʻziga xos yoʻnalishi hamdir. Parodiya koʻpincha boʻrttirilgan boʻla-di, unda aks ettirilayotgan voqeaning shakli bilan mazmuni bir-biriga zid qilib koʻrsatiladi. Parodiya Yunoniston dramaturgiyasi va teatrida paydo boʻlgan. Aristofan «Bulutlar» komediyasida Sokrat ustidan kulgan boʻlsa, «Qurbaqalar»da Yevripid tragediyalarini Parodiya qilgan. Angliyada 17—18-a. larda Parodiya shaklidagi bir qator sahna asarlari yaratilgan. Fransiyada «Komedi Italyenn» va yarmarka teatrlarida koʻplab Parodiya tomoshalari yuzagakelgan. 19-a. ningoʻrtalarida F. Erve bilan J. Offenbaxning Parodiya li operettalari shuxrat qozongan. 20-a. da Parodiya janri «qiyshiq oyna», «koʻrsha-palak» nomli maxsus teatrlar tomo-nidan rivojlantirilgan. Parodiya sirkda, qoʻgʻirchoq teatrida va estradada keng oʻrin egallab keladi.
Ensiklopediya.uz
PARODIYA